ICRKI SEKRETSIYA BEZLARI
 
Bosh sahifa
Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezJari haqida umumiy tushuncha

Odam organizmida ueh xii bez bo'ladi:
1. Tashqi sekretsiya bezlariga tetidagi ter, yog', sut, so'lak (quloq oldi, til osti va jag' osti) hamda me'da va ichak shilliq qavatidagi shira ajratuvehi bezlar kiradi. Bularda ishlab ehiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uehun bu bezlar tashqi sekretsiya bez/ari deb ataladi. Ba'zi olimlaming fikrieha, jigar ham eng katta tashqi sekretsiya bezi hisoblanadi, ya'ni ishlab ehiqariladigan o't suyuqlig'i iehakka quyiladi va najas bilan tashqariga ehiqariladi.
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lib, ularda ish lab ehiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bez/ari deb ataladi. lehki sekretsiya bezlariga gi pofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.
 
Nerv sistemasi
 
Sezgi a`zolar
 
Ovqat hazim qilish
 
Nafas olish
 
Qon aylanish sistemasi
 
Tayanch - harakatlanish sistemasi (muskul, suyak)
 
Ayirish
 
Ko`payish va rivojlanish
 
Ichki sekretsiya bezlari
Teri
Mehmonxona
   

 

3. Aralash bezlar. Bularning to'qimasi ikki qismdan iborat.
. bo'lib, bir qismida ishlab ehiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlariga o'xshab tashqi muhitga ehiqariladi, ikkinehi qismida ishlab ehiqariladigan suyuqlik esa xuddi iehki sekretsiya bezlari singari organizmning iehki muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga oshqozon osti va jinsiy bezlar kiradi (1-rasm)
1-rasm. Odam lanasidagi icbki sekrelsiya bezlarining jaylasbuvi:
1- epiftz; 2- gipoftz; 3- qaiqon oldi bezi; 4- jigar; 5- o'n ikki barmoq ichak; 6¬ buyrakning po'st qismi; 7- moyak; 8-qalqonsimon bez; 9- ayrisimon bez; 10- me'da (oshqozon); 11- buyrak usti bezi; 12- me'da osti bezi; 13- tuxumdon.

Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati
Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joy¬lashgan bo'lib, ularda ishlab ehiqariladigan suyuqlik gormon deb ataladi. Bezlarda ishlab ehiqariladigan gormon bevosita bezning to'qimasidan o'tayotgan qon va limfaga quyiladi.
lehki sekretsiya bezlarida ishlab ehiqariladigan gormonlar ni¬hoyatda oz miqdorda, ya'ni grammning milliard qismiga teng. Ammo shunga qaramay, ular odam organizmidagi bareha moddalar almashinuvi jarayonlarida, to'qima va organlar funk¬sivasininl! boshaarilishida. bolalar hamda o'smirlar organizmining o'sishi va rivojlanishida, ular balog'atga yetishida, odam nasi qol¬dirishida muhim ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo'shilgan holda organizmning endokrin sistemasini tashkil etadi. Bu bezlar odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lsa ham, ularning funksiyasi bir-biriga chambarchas bog'liq. Shuning uchun odam organizmining endokrin sistemasini orke¬strga o'xshatish mumkin, ya'ni har qaysi bezning ish faoliyati boshqa bezlarning funksiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni gipofiz bezi boshqaradi, ya'ni uni «orkestr»ning dirijyoriga o'xshatish mumkin.
Gipofiz va epifiz bezlari
Gipofiz bezi. Bu no'xatsimon, massasi 0,5-0,6 g ga teng bo'lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz uch bo'lakdan iborat: 01¬dingi, oraliq va orqa bo'laklar (2- rasm).
Gipofizning oldingi bo'lagidan olti xil: somatotrop, adreno¬kortikotrop, tireotrop, gonodotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi.
Somatotrop gormon (STG) bolalar va o'smirlaming o'sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko'ra bolalar va o'smirlarda bu gormon ko'p ishlab chiqarilsa, bo'y normadan ortiq o'sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bun day odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo'y o'sishi sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi (3- rasm). Bunday bo'yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo'yi past bo'lsa ham aqliy faoliyati normal bo'ladi. Bo'y o'sishi to'xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko'p isWab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo'ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo'l va oyoq panja¬larining hajmi kattalashadi.
. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining ishini bosh¬qaradi, ya'ni kortikosteroid gormon ishlab chiqarilishini tartibga soladi.
 

2-rasm. Gipofiz bezi: J- gipofizning arqa ba'lagi; 2- gipofizning aldingi ba'Jagi; 3- miyaning qadoqsimon tanasi; 4-epifiz.

    3-rasm. Gipofiz bezidan somalo¬lrop; gormon ko'p isblanib cbiqqanda odam bo'yining normadan ortiqcha o'sishi - gigantizm, bu gormon kam bosh bo'lganda bo'y o'smay qolisbi ¬nanizm holatining ko'rinishi.
Tireotrop gormon qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi.
Gonadotrop gormon erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o'smirlarda esa balog'atga yetish belgilari paydo bo'lishida ishtirok etadi.
Laktotrop gormon ayollarda sut bezlarining funksiyasini bosh qaradi.
Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi.
Gipofizning oraliq bo'lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi.
Gi pofizning orqa bo'lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bacha¬don Ihuskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug'ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (AD G) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5¬99% i qonga qayta so'rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo'lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so'rilish jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo'ladi. Bu kasallikda odam ko'p suv iste'mol qiladi va ko'p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko'p).
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi bar¬cha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo'lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadajoylashgan gipotalamusdan aj¬raladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.
Epifiz bezi. Epifiz bosh miyaning asosida, ya'ni o'rta miya sohasida joylashgan bo'lib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon gi pofizning oraliq bo'lagidan ajraladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, epifizdan ajraladigan gormon gi pofizning gonadotrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog'atga yetish jarayonini susaytiradi.
Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib bora¬di, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog'atga yet ish davri oldidan butunlay to'xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa, gi pofizning gonadotrop funksiyasi kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog'atga yet ish belgilari paydo bo'ladi.
Qalqonsimon, qalqonsimon bez oldi va ayrisimon bezlar
Qalqonsimon bez. Bu bez bo'yinning oldingi qismida joylash¬gan bo'lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kat¬talarda 25-30 g gacha bo'ladi (4- rasm).
Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Tiroksinning 65% dan ko'prog'i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida muhim rol o'ynaydi. U yurak ishining gumoral yo'l bilan boshqari¬lishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o'sishi va rivojlanishida, nerv sistemasi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega.
Qalqonsimon bez funksiyasining susayishi gipotireoz deb ata¬ladi. U yosh bolalarda ham, kattalarda ham og'ir kasallikka sabab bo'ladi.
Gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug'ilgandan keyin turli yosWarda va, hatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Bunday odamda terining quruqlashganligi, ich qotishi, hatto issiq vaqtda ham sovqotish, doimo bo'shashganlik, kunduzlari ham uyqusirash kabi belgilarni aniqlash mumkin. Kasallikning og'ir ko'rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, ya'ni esda saqlash, o'zlashtirish qobiliyati pasayadi.
Bolalar va kattalarda kasallikning yuqorida qayd etilgan belgi¬lari sezilsa, endokrinolog shifokorga murojaat etish zarur.
Endemik buqoq. Ba'zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo 'Iadi.
Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o'rtasida endemik buqoq ko'p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, bo'yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil bo'ladi.
Uning hajmi yong'oqdan to katta choynakkacha bo'lishi mumkin.
Ural, Kavkaz, Tyanshan va Pomir tog'lari, Farg'ona vodiy¬sining ayrim tumanlarida ilgarilari endemik buqoq ko'p tarqalgan edi. Ichiladigan suvga va tuzga kaliy yodid qo'shilishi va maktab o'quvchilariga antistrumin dorisi berilishi natijasida keyingi yillarda buqoq kasalligi kamaydi.
Tireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining oshishi, tiroksin gormoni normadan ko'p sintezlanishi natijasida sodir bo'ladigan kasallikdir. Uni aniqlagan olimning nomi bilan Bazedov kasalligi deb ham yuritiladi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, ba'zan bo'yinning oldingi sohasi bo'rtib chi¬qadi. Bemorda ko'zning chaqchayishi, ko'p terlash, asabiylashish, uyqusizlik, ozish, yurak o'ynash holatlari sodir bo'ladi (5- rasm).
Kasallik o'z vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda ozib ketadi. Kasallikning og'ir turida bemor jarrohlik yo'li bilan davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).
 
4-rasm. 1- qalqonsimon bel; 2- ayrisimon bez.   5-rasm.
8 yoshli o'g'it bolada tireotoksikol (Baledov) kasalligining ko'rinishi; kO'llari chaqchay¬gan, qalqonsimon beli kattalashgan, o'zi ozg'in.
Qizlar balog'atga yetishi davrida (12-15 yoshda) qalqonsimon bezning funksiyasi ma'lum darajada kuchayadi. Shuning uchun ularda tireotoksikoz holatining yengil ko'rinishlari yuzaga kelishi murnkin, ya'ni tez jaW chiqishi, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi, terlash, ayniqsa, qo'l kaftining ko'p terlashi va hokazo. Bunday vaqtda ko'proq ochiq havoda sayr qilish, aqliy mehnatni kamay¬tirish tavsiya etiladi, bu holat dorisiz asta-sekin o'tib ketadi.
Qalqonsimon bez oldi bezi. Bu bez to'rtta bo'lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ulaming umumiy og'irligi 10-12 mg ni tashkil qiladi.
Qalqonsimon bez oldi bezidan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqaril¬sa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo'llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to'kiladi, suyaklar yumshab, egiluv¬chan, mo'rt bo'lib qoladi, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (Ietaniya) holati yuzaga keladi.
Qalqonsimon bez oldi bezlarining funksiyasi ortib, paratgor¬mon ish lab chiqarilishi ko'paysa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo'shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez. Bu bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetish dav¬rigacha - 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So'ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi va II yog' moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning og'irligi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo'ladi.
Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolada balog'atga yetishni susaytiradi. Bundan tashqari, timozin limfositlar hosil bo'lishini kuchaytirib, organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.
Balog'atga et ish davridan (14-15 yosh) bosh lab jinsiy bez¬laming funksiyasi kuchayadi, ayrisimon bezning funksiyasi esa susaya boshlaydi. Ba'zi sabablarga ko'ra, ayrisimon bezning funksiyasi balog'atga yet ish davridan oldin pasaysa, jinsiy bez¬laming funksiyasi kuchayadi va balog'at yoshiga yetmagan bolada vaqtidan ilgari balog'atga yetish belgilari paydo bo'ladi, ya'ni 8¬ 10 yoshli bolaning soqoli chiqadi, qizlarning ko'krak bezi kattalashadi va hokazo. Bunday holatlarda zudlik bilan endokrinolog shifokorga murojaat qilish kerak.
Buyrak usti, me'da osti va jinsi bezlar
Buyrak us!i bezlari. Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (6- rasm). Ularning birgalikdagi og'irligi 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki - po'slloq va ichki - miya qavatdan iborat Buyrak usti bezlarining ustki po'stloq qavatida uch guruh kortiko¬steroid gormonlar ish lab chiqariladi:
I. Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashi¬nuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
2. Glyukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashi¬nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Bundan tashqari bu gormonJar odamda aller¬gik reaksiya va yallig'lanish jarayoni yuzaga kelishini susaytiradi. Shuning uchun bu gormonlardan tayyorlangan dorilar (prednizolon, gidrokortizon va boshqalar) allergiya kasalliklarida hamda og'ir o'tadigan turli xii xastaliklami davolashda ishlatiladi.
3. Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollaming jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrak usti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rq¬qanda katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bun¬day holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi. Odam qattiq ta'sirlanib, stress holati yuzaga kelganda buyrak usti bezlari¬ning funksiyasi kuchayadi, uning po'stloq va miya qismlarida gormonlar ko'p hosil bo'ladi.
Buning natijasida organizmning noqulay ta'sirga nisbatan chidamliligi ortadi. Shunday qilib, buyrak usti bezlari organizmni himoya qilishda ishtirok etadi.
Buyrak usti bezining ichki qavatida adrenalin ishlanib chiqi¬shi kamaysa, Addison, ya'ni bronza kasalligi yuzaga keladi. Bu ka¬sallikka chalingan odam terisi bronza rangiga o'xshab qoladi, muskullari bo'shashadi, ozadi, qon bosimi pasayadi, tez charchaydi, jismoniy ish qobiliyati pasayadi.
Buyrak usti bezining shish kasalligida (gipernefroma), uning tashqi - po'stloq qavatida ishlab chiqariladigan androgen gor¬moni ko'p hosil bo'ladi. Natijada yosh bolada balog'atga yetish bel¬gilari paydo bo'ladi. Ba'zan keksaygan ayollaming bu bezida shish paydo bo'lsa, ularning iyagida soqol o'sadi, ovozi erkakJarnikiga o'xshab qoladi. Bemor jarrohlik yo'li bilan davolanadi.
Me'da osti bezi. Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida bi¬rinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunJigi 16¬20 sm, massasi 70-80 g. Me'da osti bezi aralash bez bo'lib, to'qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqara¬di. Bez to'qimasining 1-2% i, ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.Bezning Langergans orolchasida glyukagon, insulin, gastrin gormonlari ishlab chiqariladi. Glyukagon gormoni jigar va mus¬kullarda zahira holda to'plangan glikogen moddasini parchalab, glyukozaga aylantiradi va u qonga o'tib miya, yurak hamda boshqa organlarning hujayralariga oziq modda sifatida o'zlashtiriladi.
6-rasm.
1- buyrak us!; bez;; 2-buyrak.
In¬sulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to'qimalarida glikogen moddasi sifatida zahira holda to'planishini ta'minlaydi. Gastrin gormoni qon orqali me'daning ferment ajratish funksiyasini boshqarishda ishtirok etadi.
Me'da osti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko'p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bu surunkali kasallik bo'lib, uzoq yillar, aksariyat hollarda umr bo'yi davom etadi. Bu kasallikda me'da osti bezining insulin ishJab chiqarish funksiyasi buzilishi tufayli, organizmga kerakli bo'lgan insulin gormoni bezdan qonga o'tmay qoladi. Buning oqibatida organizmda uglevodlar almashinuvi buziladi, ya'ni ovqat bilan iste'mol qilingan uglevodlarning parchalanishidan hosil bo'lgan qand (glyukoza) insulin ta'sirida glikogenga aylanmay, uning qondagi miqdori ortib ketadi. Sog'lom odam qonida qandning normal miqdori 80-120 mg % bo'ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150-250 mg % ga ko'tariJib, undan ham ortib ketishi mumkin.
Qondagi qandning miqdori normal bo'lganda, u buyrak or¬qali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya'ni sog'lom odamning siydigida qand mutlaqo bo'lmaydi. Qonda qandning miqdori 140¬150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila bosh laydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko'p suv iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to'qi¬malarda o'zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste'mol qilishga majbur bo'ladi. Aks holda teri ostidagi zahira yog' moddalari par¬chalanib, glyukozaga aylanadi, hatto hujayra va to'qimalar tarki¬bidagi oqsil, yog' moddalari ham glyukozaga aylanib, qonga o'tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.
1921-1922-yillarda kanadalik olimlar Banting va Best sigir va cho'chqaning me'da osti bezidagi Langergans orolchalari hujay¬ralaridan maxsus preparat tayyorlab, uni insulin deb atadilar. Insulin hozirgi paytda qandli diabet kasalligiga uchragan bemorlami davolashda keng qo'llanilmoqda
Jinsiy bezlar. Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft moyaklar (urug'don), moyak ortig'i, prostata bezi kiradi. Moyaklar elli ps¬simon bo'lib, massasi katta odamda 20-36 g bo'ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu fun¬ksiyasi o'smirlik davrida (12-15 yosh) boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi.
..aestosteron gormoni o'smirlarda balog'atga yetish belgilari yuza¬ga kelishiga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni soqol-mo'ylov o'sishi, qo'ltiq osti va qov sohasida jun chiqishi, ovozning o'zgarishi kabilar...
Ba'zi kasalliklar (tepki, gri pp, angina kabilar) oqibatida moyak yallig'lanishi mumkin. Buni o'z vaqtida davolamaslik moyaklar¬ning spermatozoid va testosteron ishlab chiqarish funksiyasi buzi¬lishiga sabab bo'ladi. Bu kasallik bolalik davrida sodir bo'lsa, o'smir¬lik davrida balog'atga yetish belgilari yuzaga kelishini kechiktiradi va hatto kelajakda farzand ko'rish qobiliyati yo'qolishi mumkin.
Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi. Tuxum¬donlar kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan bo'lib, katta yoshli ayollarda ularning massasi 5-6 g bo'ladi. Tuxumdon bacha¬donning orqa qismiga yopishib turadi. Tuxumdonda jinsiy gormonlar (progesteron, esteron, estereol, estradiol) ishlab chi¬qariladi. Bu gormonlar bevosita qonga quyiladi. Ular qiz bolaning o'smirlik davridan ish lab chiqarila boshlaydi va unda ikkilamchi, ya'ni ayollik jinsiy belgilari hosil bo'lishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, tuxumdonlarda pufakchalar to'plami - follikulalar bo'ladi. Ularda jinsiy hujayralar (tuxum hujayralar) paydo bo'ladi va yetiladi. Follikulalar qiz bola tug'iImasdan uning embrional rivojlanish davridayoq paydo bo'ladi. Qizning tug'ilish paytida uning tUXUmdonidagi follikulalarning soni yuz mingdan ortiqroq, lekin yetil¬magan holda bo'ladi. Ular qiz bola balog'atga yetishi davridan boshlab keksalik davrigacha (o'rtacha 50 yoshgacha) birin-ketin yetiladi. Ayolning butun umri davomida uning tuxumdonidagi yuz ming follikuladan o'rtacha 500 tasi yetiladi.
 
 
 
 
Tuxum hujayra odam organizmidagi barcha hujayralaming eng kattasi. U yumaIoq bo'lib, diametri 0,2 rnm(fuxum hujayra qiz bolaning 12-13 yoshida yetila boshlaydi. Har oyda tuxumdondagi bitta follikula yetilib yoriladi va undan tuxum hujayra chiqadi. Bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi:7Tuxum hujayra bachadon naychasiga, undan bachadon bo'shlig'iga o'tadi. Bachadon ichki gavati galinlashadi (Agar tuhum uruglanmasa u yoriladi. Bacha donning galinlashgan ichki qarat to'gimasi titilib gon ogish, ya'ni hayz ko'rish yuzaga keladi. Hayz ko'rish har 21-24-28-30 kunlarda takrorlanib, 3-5 kun.davom etadi. Hayz ko'rish 12-13 yoshdan boshIab to keksayguncha, ya'ni klimaks davrigacha (50 yosh atrofida) davom etadi.)
Tez-tez shamollasll, angina, gripp kabi kasalliklar tuxum¬donning yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Kasallik o'z vaqtida davo¬lanmasa, tuxumdonning funksiyasi buziladi, ayolda farzand ko'rish xususiyati yo'qolishiga sabab bo'ladi.
   
   
 

Hosted by uCoz