KO`PAYISH VA RIVOJLANISH
 
Bosh sahifa
Ko'payishning ahamiyati

Kishilik jamiyati asrdan-asrga rivojlanib, davom etadi. Jamiyatda yashovchi avlodlar uzluksiz almashinib turadi. Avlodlarning almashinuvi ko'payish bilan bog'liq. Ko'payish esa barcha tirik mavjudotlar uchun xosdir. Ko'payish orqali o'simliklar, hayvon¬lar va odam o'z turini saqlab qoladi hamda hayotni davom ettiradi. Ko'payish jinssiz va jinsiy yo'l bilan amalga oshadi. Jinsiy yo'l bilan ko'payishning biologik jihatdan ustunligi shundaki, undan bunyod bo'lgan bola organizmida ota-onaning eng afzal nasi belgilarini mujassamlashtirish imkoniyati mavjud. Bu esa yangi avlod ota-onaning har qaysisiga nisbatan yanada hayotchanroqbo'lishini ta'minlaydi. Bunyod bo'lgan bola organizmida ota-ona organizmining ma'lum belgilari mujassamlashadi.
 
Nerv sistemasi
 
Sezgi a`zolar
 
Ovqat hazim qilish
 
Nafas olish
 
Qon aylanish sistemasi
 
Tayanch - harakatlanish sistemasi (muskul, suyak)
 
Ayirish
 
Ko`payish va rivojlanish
 
Ichki sekretsiya bezlari
Teri
Mehmonxona
   

 

Shu bilan birga, bola organizmi ota-ona organizmidan ma'lum darajada farq qiladi. Bundan tashqari, bola organizmiga ota va ona jinsiy hujayralari¬ning qo'shilishi vaqtidan boshlab, to tug'ilgunicha hamda tug'ilgandan keyingi o'sish va rivojlanish davrida atrof-muhit omillari uzluksiz ta'sir etib turadi. Atrof-muhitning noqulay ta'siri oqibatida bola organizmida noxush o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin.Ko'payish erkak va ayollar o'rtasidagi jinsiy hayot orqali sodir bo'ladi. Jinsiy hayot murakkab jismoniy, ruhiy, ijtimoiy jarayonlar kompleksidir. Jinsiy hayot avlodni davom ettirish uchun xizmat qilishi bilan birga erkak va ayol o'rtasidagi ma'naviy yaqinlikni ham ifodalaydi. Har bir jamiyatda o'ziga xos jinsiy axloq normalari bor. Shu bilan birga, jinsiy hayot har bir odamning o'zida xos xususiyatlari, tarbiyasi va shaxsiy madaniyati kabilar bilan ifodalanadi.
Ko'payish a'zolarining tuzilishi
Organizmning nasi qoldirish va irsiy belgilarni avloddan¬avlodga o'tkazishni ta'minlaydigan barcha belgi va xususiyatlarijins deb ataladi. Od am ayrim jinsli organizmdir. Erkak va ayol organizmida o'ziga xos maxsus jinsiy a'zolar bo'lib, ular mazkurjinsga taaJluqli maxsus erkak va ayol jinsiy hujayralari (spermatozoid va tuxum hujayra)ni isWab chiqaradi. Bu hujayralaming bir-biriga qo'shiIishi yangi organizm bunyod bo'lishiga olib keladi.
Jinsiy a'zolar - ko'payish a'zolari ichki va tashqi qismga bo'linadi. Ichki jinsiy a'zolarga jinsiy bezlar kirib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar bevosita qonga quyilib, muayyan jinsga xos ikkilamchi jinsiy belgilar o'z vaqtida namoyon bo'lishini ta'¬minlaydi.
Erkaklamingjinsiy a 'zolari. ErkakIarning ichki jinsiy a'zolariga yorg'oqqa joylashgan moyak va uning ortig'i, urug' yo'/i, urug' pujakchasi, prostata bezi kiradi. MoyakIar bir juft bo'lib, ular erkakIik jinsiy bezi hisoblanadi. U nda erkak jinsiy hujayralari spermatozoidlar va jinsiy gormonlar (testosteron, androsteron)
ishlab chiqariladi. Spermatozoidlar, ya'ni erkak jinsiy hujayralari ayolning tuxum hujayrasi bilan qo'shilib, yangi organizm hosil qiladi. Erkak jinsiy gormonlari esa bevosita qonga quyilib, ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo'lishini ta'minlaydi.
Ayo//arning jinsiy a 'zolari. Ayollarning ichki jinsiy a'zolariga tuxumdon, tuxum yo'li (bachadon nayi), bachadon va qin kiradi (1-rasm). Tuxumdon bir juft bo'lib, ayol jinsiy bezi hisoblanadi. Unda ayol jinsiy hujayralari (tuxum hujayralar) va jinsiy gormon - esterogen ish lab chiqariladi.
1-rasm. Ayolning jinsiy a'zolari: .
1- tuxurndon; 2- tuxurn yo'li; 3- bachadon; 4- Qin; 5- jinsiy. lablar; 6- qovuq (siydik pufagi); 7- tashqi siydik yo'li; 8- qov suyagi; 9- to'g'ri ichak.
Tuxumdonning po'stloq qismida ko'plab yosh jinsiy hujayralar bo'lib, ularning yetilgani tuxumdon to'qimasini yirib, undan bachadon nayiga o'tadi. U mabodo erkak jinsiy hujayrasi bilan qo'shilsa (urug'lansa), yangi organizm paydo bo'ladi. Urug'lan¬magan tuxum hujayra esa bachadonga o'tib yoriladi va qin orqali tashqariga chiqib ketadi. Bu vaqtda ayolda hayz ko'rish yuzaga keladi. Shundan so'ng tuxumdonda navbatdagi tuxum hujayra yetiladi.
2-rasm. Erkak jinsiy azosi.
1-Qovuq pufagi; 2-qov suyagi; 3-11-qovuq siydik yo`li; 4-jinsiy xivchin; 5-6-xivchin siydik yo`li; 7-9-urig`; 8-xivchin boshi; 10-anal yo`li; 12-to`g`ri ichak.
Urug'lanish va homilaning rivojlanishi
Odamning hayoti ona organizmida ikkita jinsiy hujayraning, ya'ni tuxum hujayra bilan spermatozoidlling qo'shilishidan boshlanadi. Bu ikki hujayraning go'shilishidan bitta yangi hujayra, ya'ni yangi organizm bunyod bo'ladi.
Ayol va erkak jinsiy hujayralarining har birida 23 tadan xromosoma bo'lib, ulaming 22 tasi ota va ona organizmining irsiy belgilarini bolaga o'tkazadi. Bu ikkala jinsiy hujayralardagi jami xromosomalarda 100 ming atrofida gen bo'lib, ular yangi bunyod bo'lgan organizmning har xii tuzilishini va funksional xususiyat
larini belgilaydi.
Bunyod bo'lgan bolaning jinsi ayol va erkak jinsiy hujayrala¬rining 23-xromosomasiga bog'liq. Ayol jinsiy hujayralaridagi 23 -xromosoma iks-iks (XX) bo'lib, erkak jinsiy hujayrasidagi 23¬xromosoma iks-igrik (XU) bo'ladi. Erkak hujayrasining iks (X) xromosomasi ayol hujayrasi bilan qo'shilganda bola qiz bo'ladi, erkak hujayrasidagi igrik (U) xromosoma ayol hujayrasi bilan qo'shilganda bola o'g'il bo'ladi. Shunday qilib, bunyodga kelgan bolaning jinsi otaning jinsiy hujayrasiga bog'liq, ammo bu uning ixtiyoriga yoki xohishiga bog'liq emas.
Ayol va erkak jinsiy hujayralari tuxum yo'lida qo'shilishidan bitta hujayra, ya'ni yangi organizm hosil bo'ladi, unda 46 ta xromosoma bo'ladi. Bu hujayra paydo bo'lgandan bosWab bir hafta davomida tuxum yo'lida bo'linib ko'paya boshlaydi va asta-sekin tuxum yo'lidan siljib bachadon bo'sWig'iga o'tadi, uning devoriga birikib rivojlana boshlaydi.
Bachadon bo'shlig'iga o'tgan homilaning tashqi qismidan qon tomirlariga boy bo'lgan maxsus hujayralar birikmasi (yo'ldosh) hosil bo'lib, u orqali homila bachadon devoriga birikadi (3-rasm). Mazkur hujayralardan kindik shakllanib, undagi arteriya va vena qon tomirlari orqali bola ona organizmining qon tomirlari bilan tutashadi. Yo'ldosh homilani oziqlantirish bilan birga uni ona
 
3-rasm. Homilaning bachadonda amnion suyuqligi ichida joylashishi: 1- bachadon; 2- yo'ldosh; 3- amnion parda; 4- amnion suyuqligi.   4 -rasm. Ona qornidagi etti oylik homila. Bo'yining uzunligi 35 srn, tanasining vazni 1000-1300 g atrofida bo'ladi.
 
organizmidagi zararli kimyoviy moddalar, mikroblar ta'siridan ma'lum darajada himoya qilib turadi. Yo'ldoshning shikastla¬nishi, uning bachadon devo ridan ajralishi homilani xavf ostida qoldirishi mumkin.
Homila usti yupqa (amnion) parda bilan qoplanib, uning bo'shlig'i amnion suyuqligi bilan to'la bo'ladi. Bu suyuqlik homila organizmida moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida, uning erkin harakat¬lanishida va tashqi noqulay ta'sirlardan himoyalanishida muhim rol o'ynaydi (4-rasm).
Shunday qilib, ota va onaning jinsiy hujayralari qo'shilishidan bunyod bo'lgan yangi organizm (homila) bir hafta davomida tUxum yo'lida, ikkinchi haftadan boshlab bachadonda 9 oy rivojlanadi.
Homila vujudga kelganining uchinchi haftasida uning hujayralari uch qavatga ajraladi. Tashqi qavat - ektoderma, ichki qavat endoderma va o'rta qavat - mezoderma. Bu qavatlarning har biridan homilaning har xil to'qima va a'zolari shakllanadi. Tashqi qavatdan terining ustki epiteliy qismi, sezgi a'zolari, nerv sistemasi hosil bo'ladi. Ichki qavatdan ovqat hazm qilish, nafas olish a'zolarining ichki yuzasini qoplab turadigan epiteliy qavat, umurtqa pog'onasi shakllanadi. O'rta qavatdan muskullar, suyak¬lar, qon va limfa tomirlari hosil bo'ladi.
Homila rivojlanishining 23-kunidan boshlab uning yuragi va katta qon aylanish doirasi ishlay boshlaydi. Ammo uning o'pkasi va kichik qon aylanish doirasi embrional rivojlanish davrida ishlamaydi, u kindik qon tomirlari orqali ona organizmi hisobidan kislorod bilan ta'minlanadi. Bola tug'ilgan zahoti kindigi kesilib, u ona organizmidan ajratiladi va shu vaqtdan boshlab uning o'pkasi va kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi.
Bolaning o'sishi va rivojlanishi

Bolaning o'sishi va rivojlanishi Odam tug'ilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o'smirlik davri hisoblanadi. Buning o'zi bir necha davrga: chaqaloqlik davri (tug'ilganidan - I oylikkacha); emadigan davri (ikki oylikdan - I yoshgacha); maktabgacha tarbiya yoshi (2-6 yosh); kichik maktab yoshi (7-11 yosh); o'rta maktab yoshi (12-14 yosh); katta maktab yoshi (15-18 yosh) ga bo'linadi. 12-18 yosh o'smirlik davrudir.
Chaqaloqlik davri. Bola tug'ilishi bilanoq uning kindigi kesilib, ona organizmidan ajratiladi. Shu vaqtdan u mustaqil yashay boshJaydi. Bola bir oylik bo'lguncha chaqaloq hisoblanadi. Bu davr bola uchun eng murakkab davr bo'lib, u tashqi muhitga moslasha boshlaydi. Ma'lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi, buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a'zolari, nerv sistemasi va boshqalar u tug'ilgunigacha ishlab turadi, ba'zi a'zo]ari esa (nafas, ovqat hazm qilish, kichik qon aylanish doirasi) tug'ilgandan keyin ishlay boshlaydi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo'lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko'ra, chaqaloq 40 kunlik bo'lguncha chilla davri deb ataladi. Bu davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xii kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o'rni bitgunicha (8-12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo'lish zarur. Kindik yarasiga briliant yashili surib turiladi.
Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo'lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak. Yo'rgaklari toza, dazmollangan bo'lishi, parvarish qiluvchi kishi qo'lini sovunlab yuvib turishi va og'iz-burniga to'rt qavatli doka niqob tutishi kerak.
Chaqaloqning hazm a'zolari juda nozik bo'lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e'tibor berish kerak. U onasini emib o'sa boshJaydi. Ona suti bo'lmasa yoki yetishmasa, sun'iy sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir kecha-kunduzda 7 marta, kechasi 6 soat tanaffus) emizish kerak.
Agar chaqaloq yaxshi parvarish qilinsa, ovqatlantirish qoida¬lariga amal qilinsa, u normal rivojlanadi, bezovta bo'lmaydi, bir kecha-kunduzda 22 soat uxlaydi, ya'ni faqat ovqatlanish vaqtida uyg'onadi.
Emadigan davri.Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Emadigan bolalarda me'da-ichak, nafas a'zolari, tomoq-quloq kasalliklari ko'proq uchraydi. Shuning uchun ularni shamollashdan, gripp va shunga o'xshash kasalliklardan asrash kelak. Ayniqsa, me'da-ichak kasalliklari oldini olishda idish¬tovoqlarning tozaligi, ovqatlantirish tartibiga rioya qilish mu¬himdir.
Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 800 ml sut qabul qilishi kerak. Undan keyin har oyda bir kecha-kunduzda qabul qilinadigan sutning miqdori 50 ml ga ko'paytirib boriladi. Lekin I yoshgacha bo'lgan bolaning bir kecha-kunduzda qabul qiladigan suti I litrdan oshmasligi kerak.
Bola o'sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi a'zolari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko'rish a'zosining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya'ni u o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi. Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 20 soat, uch oylik bola 18-19 so at uxlaydi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo'llari bilan o'yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o'ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi; 7 oylikda bemalol o'tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushJab o'rnidan tura boshlaydi; I1 oylikda oddiy so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta oladi.
Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to'lganida 8 ta sut tishi bo'lishi kerak. Bola boshining ensa va tepa suyaklari o'rtasida kichik liqildoq (bo'sh joy), peshona va tepa suyaklari o'rtasida katta liqildoq bo'ladi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak (5-rasm).
5-rasm. Emadigan bola kalla suyagining tutashish joyidagi bo'shliqlar va Iiqildoqlar.
D vitamini yetishmasa bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining ehiqishi keehikadi. Suyaklar yumshab egiluvehan bo'lib qoladi. Chaqaloqning umurtqa pog'onasi tekis bo'ladi, ya'ni unda fiziologik egriliklar bo'lmaydi. V 8- 10 haftalik bo'lganda, boshini tikka !Uta boshlaydi va umurtqa pog'onasining bo'yin qismida oldinga egi!ish h05il bo'ladi. Bola 5 oyligida o'tira boshJaydi va ulling umurtqa po'gonasi ko'krak qismida egilma hosil bo'ladi. Bir yoshga kirgan bola yura boshJaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon egilmaj hosil bo'ladi (6-rasm). Xalqimiz qadimdan ko'krak yoshidagi bolani besrukda boqqan. Buning ijobiy tomonlari shundaki, bola beshikda yotsa o'rni, kiyimi quruq, toza saqlanadi. Bu esa uni shamollashdan saqlaydi. Vning qo'l-oyoqlari va tanasini bog'lab qo'yish suyaklari, ayniqsa umurtqa pog'onasi to'g'ri o'sishi va shakllanishiga imkon beradi. Aromo shuni ta'kidlash kerakki, ayrim yosh, tajribasiz onalar
6-rasm. Emadigan bolaning umurtqa pog'onasida anatomik
bolani beshikka noto'g'ri belaydi. Vlar bolani juda qisib bog'lashi natijasida uning nafas olishi qiyinlashadi, qo'l va oyoqlari og'riydi, tagi nam bo'ladi va hokazo. Shuning uehun tajribali on alar va buvilar yosh juvonlarga bolani parvarish qilish, beshik¬ka belash qoidalarini o'rgatishlari kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og'irligi har oyda 200-250 g dan ortib boradi, bo'yi I srn dan o'sadi. Veh yoshli bola tana.~ining massasi 1 yilda 2-2,8 kg, bo'yi 7-8 smga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3-yosh oxirida so'z boyligi 1000-1200 taga yetadi. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatehan, tinib¬tinehimas bo'ladi. Shuning uehup. bu yoshdagi bolalarda shikastlanish, har xii kimyoviy moddalar, kattalar iste'mol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez uehrab turadi. Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaslik kerak.
4-5 yoshli bolalarning o'girligi har yili 1,5-2 kg ga ortadi, bo'yining o'sishi bir oz sekjnlashib, 4-6 sm ni tashkil etadi; 6¬7 yoshda bo'yining o'sishi tezlashib, bir yilda 8- 10 srn ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.
Maktabgaeha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko'p qismi tog'aydan iborat bo'lib, ular yumshoq, egiluvehan bo'ladi. Shuning uehun bolaning noqulay vaziyatda bo'lishi, ya'ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o'tirishi, stol-stulning bo'yiga mos kelmasligi, to'shagining juda yumshoq, bo'lishi, og'ir , yuk ko'tarishi kabilar uning umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, ehanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining buzilishiga sabab bo'ladi. Bunday bolalar jismoniy jihatdan kamquvvat bo'lib, kelajakda ular o'zi sevgan kasbni egallay olmasligi mumkin.
Maktab yoshi davri. Ma'lumki, har bir odam umrining o'n bir yilini maktabda o'tkazadi. Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu davrda bola va o'smir organizmi uzluksiz o'sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta'sirlariga jUda beriluvehan bo'ladi. Boshqaeha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o'qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o'sishi va rivojlanishiga, sog'lig'iga salmoqli ta'sir ko'rsatadi. Binobarin, bu sharoitning qulay yokj noqulay tashkjl qilinisruga ko'ra, bolalar va o'smirlarning o'sishi va rivojlanishi nonmal yoki nonom1al bo'lishi mumkin.
 
 
 
 
O'quvchilar jismonan va aqliy barkamol bo'lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena taJablariga rioya qilishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan aImashtirib turish, ovqatlanish tartibi, o'quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug'lik yetarli bo'lishi, stolstullar bo'yga mos bo'lishi, o'quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to'g'ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
   
   
 

Hosted by uCoz