|
|
1-rasm. Terining tuzilishi:
I - terining epidermis qavali: 1- epidermisning sirtqi qavatidagi
o'lik hujayralar; 2- epidermisning ichki qismidagi lirik hujayralar
qatlami.
11- derma-chin (as!) leri qavali: 3- leridagi retseplorlar; 4-
yag' bezlari; 5- ler bezlari; 6- jun (Iuk) xallachalari: III-
gipoderma - leri osti yog' qavali.
|
turli joylarida
turlicha, ya'ni 0,1 mm dan to 1,5 mm gacha bo'ladi. Tananing
ko'p ishqalanadigan joylarida, ya'ni qo'lning kafti, oyoqning
tovoni - kaft, panja yuzasida epidermis qalin bo'ladi. Yosh
bolalarda epidermis kattalarnikiga nisbatan yupqa (nozik) bo'ladi.
Derma epidermisning tagida joylashgan bo'lib, biriktiruvchi
to'qimadan tashkil topgan. Unda juda ko'p mayda qon va limfa
tomirlari, nerv tolalarining uchlari, retseptorlar, soch va
tuk ildizlari, ter va yog' bezlari, mayda muskul tolalari bo'ladi.
Bu teri qavatining qalinligi ham epidermisga o'xshab tananing
turli joylarida har xil bo'ladi. Ko'p ishqalanadigan joylarda,
ya'ni qo'l va oyoq kafti, dumba, tirsak sohalarida qalin, bo'yin,
qo'l-oyoq bo'g'imlarining bukilish sohalarida yupqa bo'ladi.
Gipoderma asl teri qavatining tagidajoylashgan bo'lib, u yumshoq
biriktiruvchi to'qima va yog' moddasidan tashki1 topgan. Terining
bu qavati qorin devorida, dumba sohasida, ayollarda ko'krak
bezi sohasida qalin, bo'yin, yelka, bel, qo'l-oyoqlar sohalarida
yupqa bo'ladi. Yog' qavati ayollarda erkaklarga nisbatan qalinroc
bo'ladi. Ko'pchilik odamda yoshi keksaygan sari terining yog'
qavati qalinlashib boradi, chunki harakatlanish, jismoniy istbajarish
kamayganligi, moddalar almashinuvining sekinlashuv natijasida
teri ostida yog' ko'proq to'planadi.
Bolalarda va yosh odamlarda teri yumshoq, elastik va silliq
bo'la. di. Yosh ulg'aygan sari terining elastiklik va silliqlik
xususiyat yo'qola boradi, ya'ni u salqi bo'lib qoladi, ajin
tushadi, rangi. ning tiniqligi pasayadi.
AsI teri qavatida soch va tuk tolalarining ildizi joylashgan
Teridagi tuklar har 50 kunda, kipriklar har 3-5 oydaalma shinadi.
Boshdagi sochlar bir necha yil saqlanadi. Sog'lon odamning sochi
bir kecha-kunduzda 0,4 mm o'sadi. Keks: odamlarda sochning o'sishi
sekinlashadi, uning tolalari ingich kalashadi. Sog'lom odamning
sochi ancha baquvvat bo'lib, bitt tolasi 100 g gacha yukni ko'tarishi
mumkin, xotin-qizlarnin o'rilgan soch tutami 20 t yukni ko'tarishi
mumkjn. Soch mustah kamligiga ko'ra misdan keyinda, temirdan
oldinda turadi. Odamning sochi 35-40 yoshdan asta-sekin oqara
boshlaydi bu normal fiziologik holat bo'lib, sochga rang beruvchi
pigment larning parchalanishi natijasida sodir bo'ladi. Ammo
og'ir qayg`u, asabiylashish oqibatida ham soch birdaniga oqarishi
mumkin.Tirnoqlar terining tashqi epidermis qavatidan hosil bo'ladi.
Ular barmoq uchlarini tashqi muhit ta'sirlaridan himoya qiladi.
Shu bilan birga, o'sgan tirnoqlar orasida ko'plab mikroblar
to'planishi mumkin, bu esa odamning har xil yuqumli kasallik¬larga
chalinishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun doimo tirnoqlarni
o'z vaqtida olib, ularni toza saqlash kerak.
|
Terining
funksiyasi |
Teri organizmda
xilma-xil: himoya, sezish, ayirish, nafas olish va chiqarish,
tana haroratining doimiyligini ta'minlash kabi funksiyalarni
bajaradi.
Terining himoya funksiyasi. Teri odam tanasining
ustki qismini qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha
to'qimalarni tashqi muhitning noqulay (kimyoviy, fizik, mexanik)
ta'siridan hamda mikroblar kirishidan himoya qiladi.
Terining sezish funksiyasi. Terida to'rt xil
ta'sirni sezuvchi retseptorlar joylashgan: ular og'riqni, issiqni,
sovuqni sezuvchi va taktil retseptorlardir. Teri retseptorlari
tashqi muhitning turli xii ta'siriga moslashish xususiyatiga
ega. Shundan foydalangan holda organizmni tashqi muhitning issiq
va sovuq ta'siriga chiniqtirish mumkin. Bundan tashqari, bokschilar
uzoq muddat davomida mashg'ulot o'tkazishi natijasida ular terisidagi
retseptorJarning og'riq sezish xususiyati pasayadi. Retseptorlarning
tashqi muhit ta'siriga bunday moslashishi adaplalsiya deb ataladi.
Ana shu adaptatsiya xususiyati odamning har xii (issiq, sovuq)
sharoitga moslashishini ta'minlaydi.
Terining ayirish funksiyasi. Yuqorida aytilganidek,
asl teri qavatida ter bezlari joylashgan bo'lib, ularning soni
tananing turli sohalarida har xil bo'ladi. Ter bezlari ayirish
funksiyasini bajaradi. Bir kecha¬kunduzda katta odamda o'ttacha
500 ml ter ajraladi va uning tarkibida 2 gosh tuzi, I g atrofida
azot qoJdig'i ajraladi. Tashqi muhit harorati yuqori bo'lgan
sharoitda ter ajralishi kuchayadi. Bundan tashqari, odam tanasining
harorati ko'tarilganda, jismoniy mehnat, sport mashqlarini bajarganda,
ruhiy (emotsional) ta'sirJanish vaqtida ter ajralishi ko'payadi.
Ter ajralishini boshqaruvchi nerv markazIari orqa miyaning bo'yin,
ko'krak, bel segmentlarida, uzunchoq miyada, oraliq miyaning
gipotalamiksohasida hamda bosh miya yarim shar¬larining
po'stloq qismida joylashgan.Terida yog' bezlari bo'lib, ulardan
ajraladigan yog' terini, soch¬ni yumshatadi.
Ayollar terisining ko'krak sohasida bir juft sut bezlari joylash¬gan.
Bu bezlardan ajraladigan sut tarkibida 1,5% oqsil, 4,5% yog',
6,5% uglevodlar, 0,3% har xii mineral tuzlar, 87% suv hamda
vitaminlar va har xii fermentlar bo'ladi. Ona suti bola bir
yoshga kirguncha unga asosiy va muhim oziq bo'lib hisoblanadi.
Ona su¬tida antitelalar bo'lib, ular bolani har xii yuqumli
kasalliklar¬dan himoya qiladi, ya'ni immunitet vazifasini
bajaradi. Sog'lom ayolning ko'krak bezlaridan bir kecha-kunduzda
1-1,51 va undan ko'proq sut ajraladi.
Terining nafas olish funksiyasi. Teri organizmda gazlar alma¬shinuvida
ishtirok etadi. Hujayra va to'qimalarda moddalar almashinuvi
natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazining 2% i teri
orqali tashqi muhitga, qariyb 98% i nafas organlari orqali ajratiladi.
Odam organizmiga bir kecha-kunduzda zarur bo'lgan kislorodning
1% i teri orqali, 99% i nafas organlari orqali qabul qilinadi.
Odam hammomda yuvingandan so'ng o'zini juda yengil sezishi terining
nafas olishda ishtirok etishidan dalolat beradi, ya'ni toza
teri orqali nafas olish yaxshilanadi.
Terining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi.
Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli doimiy bir
xil saqlanadi, ya'ni 36,2-36,8' atrofida bo'ladi. Tashqi muhit¬ning
ob-havosi o'zgarishidan qat'i nazar, sog'lom odamning tana harorati
yuqorida ko'rsatilgan darajada saqlanadi. Tana harorati¬ning
doimiyligi fizik va kimyoviy yo'llar bilan boshqariladi.
Kimyoviy lermoregulyalsiya organizmda issiqlik energiyasi hosil
bo'lishining ko'payishi yoki kamayishi, ya'ni organizmda moddalar
almashinuvining kuchayishi yoki susayishi orqali amalga oshadi.
Tashqi muhit harorati yuqori bo'lganda, organizmda moddalar
almashinuvi pasayadi va issiqlik energiyasi hosil bo'lishi kamayadi.
Tashqi muhit harorati past bo'lganda esa organizmda moddalar
almashinuvi kuchayadi va issiqlik energiyasi hosil bo'lishi
ko'payadi. Fizik lermoregulyalsiya organizmdapissiqlik energiyasi
ajrali shining ko'payishi yoki kamayishi orqali amalga oshadi.
Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo'lgan issiqlik
energiyasi teri, nafas organlari va siydik orqali tashqariga
ajratiladi. Tana harorati doimiyliginig fizik usulda boshqarilishida
teri muhim o'rin tutadi. Moddalar almashinuvi jarayonida organizmda
hosil bo'lgan issiqlik energiyasining 70-80% i teri orqali tashqi
muhitga ajratiladi. Qolgan 20-30% i nafas a'zolari, siydik va
axIat orqali chiqariladi.
Teri orqali issiqlik uch usulda: nurlanish, bug'lanish va o'tka¬zish
(kiyimlarga, tashqi muhit havosiga o'tkazish) yo'li bilan aj¬raladi.
Tashqi muhit harorati odam tanasining haroratidan past bo'lgan
vaqtda organizmdan issiqlik nurlanish va o'tkazish yo'li bilan
ajratiladi. Agar tashqi muhit harorati tana harorati bilan teng
va undan yuqori bo'lsa, organizmda issiqlik energiyasi bug'lanish
yo'li bilan ajratiladi, ya'ni ter bezlaridan ajraladigan ter
bug'lanishi uchun issiqlik energiyasi sarflanadi. I ml ter bug'lanishiga
0,58 kkal issiqlik energiyasi sarflanadi.
Tashqi muhit harorati 15-20' atrofida bo'lganida tinch holatda
o'tirgan odamda moddalar almashinuvidan hosil bo'lgan ortiqcha
issiqlik energiyasining 45% i teridan nurlanish, 30% i o'tkazish
va 25% i bug'lanish orqali tashqariga ajratiladi. Tashqi muhit
harorati past bo'lgan vaqtda teridagi sovuqni sezuvchi retseptorlar
qo'zg'aIib, undagi qon tomirlami toraytiradi. Shuning uchun
sovuqda odamning terisi oqaradi, natijada ter ajralishi va u
orqali issiqlikning tashqi muhitga chiqariIishi kamayadi. Demak,
sovuq vaqtda flZik termore¬gulyatsiya yo'li bilan teri orqali
issiqlikning tashqariga ajralishi kamayishi hisobiga tana haroratining
doimiyligi saqlanadi.
Ob-havo issiq bo'lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi retsep¬torlar
qo'zg'alib, undagi qon tomirlarni kengaytiradi. Shuning uchun
bunday vaqtda odamning terisi qizaradi. Odam ko'p terlaydi va
teri orqali issiqlik ajralishi ko'payadi. |
Organizmni
chiniqtirish |
Ma'lumki, odamning
hayoti doim tashqi muhit bilan cham¬barchas bog'langan.
Tashqi muhitning har xiI omillari odamga doimo ta'sir ko'rsatib
turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay ta'siriga (issiq, sovuq,
namlik, bosim kabilarga) organizmni chiniqtirish odamning sog'lom
bo'lishiga, ish qobiliyatining orti¬shiga olib keladi.
Kundalik hayotda odam organizmini issiq-sovuq ta'siriga chiniqtirish
muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sovuq havoga, suvga chiniqtirish
har xii shamollash kasalliklarining oldini olishga imkon beradi.
Organizmni chiniqtirishda quyidagi gigiyena qoida¬lariga
amal qilish lozim:
l. Chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak. Sovuq
havo¬da yoki sovuq suv ta'sirida chiniqtirilganda ularning
harorati av¬val 25' bo'lib, har ikki-uch kunda + 1' ga pasaytirib
boriladi va 10+8' gacha yetkaziladi.
2. Chiniqtirishning izchillik prinsi pi shundan iboratki, orga¬nizmga
ta'sir etilayotgan chiniqtiruvchi omil (havo va suv) uz¬luksiz
har kuni yoki kunora takrorlanishi zarur.
3. Chiniqtirishda har qaysi odam organizmining individual xu¬susiyatlari,
ya'ni yoshi, jismoniy rivojlanganligi, sog'lomligi e'tiborga
olinishi kerak.
4. Chiniqtirishda o'z-o'zini nazorat qilish zarur, ya'ni chini¬qayotgan
odam muntazam ravishda o'z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va ish
qobiliyati qanday o'zgarayotganini kuzatib borishi lozim.
Agar noxush belgilar sezilsa, chiniqish tartibini o'zgartirishi
yoki shifokorga murojaat etishi zarur. Ayniqsa, kasalmand odamlar
albatta shifokor maslahatiga asosan chiniqishi kerak.
Chiniqtirish turlari. Kundalik hayotda ko'proq havoda, suvda,
quyoshda chiniqtirish qo'llaniladi.
Havoda chiniqtirish bahor yoki yoz oylarida uch bosqichda o'tkaziladi:
- birinchi bosqichda yupqa ko'ylakda, mayka yoki yalang'och
holda havo harorati +25+20' bo'lganda 10 minut ochiq havoda
bo'linadi yoki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Asta-sekin
vaqt uzaytirilib, bir soatga yetkaziladi. Hu davr ikki hafta
davom etadi;
- ikkinchi bosqichda havo harorati +20+ 10' bo'lgan vaqtda ochiq
havoda 15-20 minut bo'linadi. Hu davr ham ikki hafta davom etadi,
- uchinchi bosqichda havo harorati + 15+ 10' va undan past bo'lgan
vaqtda ochiq havoda 5-10 minut sport mashg'ulotlari o'tkaziladi,
ya'ni badantarbiya, yugurish, sport o'yinlari kabilar. Hu bosqich
organizmning imkoniyatiga qarab, hafta, oy, yil mobaynida davom
etaveradi. Chiniqish mustahkamlangan sari havoning harorati
noldan past bo'lganda ham odam ochiq havoda sport mashg'ulotlari
o'tkazish, piyoda sayr qilish imkoniga ega bo'ladi.
. Suvda chiniqtirish. Suv odam organizmiga harorati, tarkibida
erigan kimyoviy moddalar bilan hamda mexanik ta' sir ko'rsatadi.
Suvda chiniqtirish oldiniga mahalliy, so'ngra umumiy bo'ladi.
Mahalliy chiniqtirishda tananing ayrim sohalari har xii harorat¬dagi
suvda chiniqtiriladi. Umumiy chiniqtirish tananing ustidan har
xii haroratdagi suv quyish, dush qabul qilish yoki suv manbalarida
(hovuz, ariq, kanal, suv havzasida) cho'milishdan iborat.
Quyoshda chiniqtirish. Buning uchun quyosh vannalari qabul qilinadi.
Maykada, yalang'och holda bosh ustiga soyabon tutib yoki oq
qalpoq kiyib, quyoshda bo'linadi. Respublikamizning issiq iqlim
sharoitida quyosh vannasi qabul qilish uchun yoz oylarida ertalab
soat 7-8, bahor va kuz oylarida soat 9-10 eng qulay vaqt hisoblanadi.
Quyosh vannasi qabul qilish muddati dastlab 10 minut bo'lib,
har kuni ]-2 minut uzaytirilib, 1-2 soatgacha yetkazish mumkin.
Vannadan so'ng dush qabul qilish yoki ochiq suvda cho'milish
mumkin. Shuni esda tutish zarurki, quyosh vannasi qabul qilish
vaqtida odam o'zini-o'zi nazorat qilishi kerak. Ba'zan issiq
urishi yoki teri quyoshda kuyishi mumkin.
|
Teri gigiyenasi |
Donishmand xalqimiz
teri sog'liq oynasi deydi. Uning funk siyalari normal o'tishi
uchun teri doim toza bo'lishi zarur.
Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz
po'st tasWab, yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida
10-15 g epidermis hujayralari chiqindisi hosil bo'ladi. Agar
odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terisining ustki qavatidan
ajralgan po'st chiqindilari ter va yog' bezlari suyuqligi bilan
qo'shilib, teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi
moddalar bilan qoplanib, ter va yog' bezlari suyuqlik chiqaradigan
naychalar berkilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas
olish, ayirish, tana harorati doimiyligini ta'minlash funksiyalari
buziladi. Bundan tashqari, teri kirlanishida kasallik qo'zg'atuvchi
mikroblar yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Ma'lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli u
jarohatlanadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara
hosil
,qiladi. Shuningdek, terini qashigan vaqtda undagi mikroblar
timoq ostiga kirib qoladi va qo'l sovunlab yuvilmasa, ovqat
iste'mol qilganda ular hazm a'zolariga kirib, oshqozon-ichak
kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Terini toza saqlash odam madaniyatining asosiy ko'rinishlari
dan biri hisoblanadi:
- bolani yoshligidan qo'] yuvishga o'rgatish lozim. Qo'lni ov
qatlanishdan oldin albatta yuvish kerak;
- yuz, bo'yin sohalarini har kuni ikki marta - ertaiab va kechqurun
uxlash oldidan yuvish lozim;
- haftada ]-2 marta hammomga tushish yoki issiq dush qabul qilish
lozim. Cho'milganda o'quvchilar maxsus "Bolalar»
sovunidan foydalanganlari ma'qul, chunki uning tarkibidagi lanolin
moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblami
yo'qotadi.
Ba'zi joylarda suv tarkibida kalsiy tuzlari ko'p bo'lganligi
uchun bunday suv qattiq suv deb ata]adi. Bunday suvda yuvinish
va cho'milish terini, sochni qotirib qo'yadi, uning kiri yaxshi
ketmaydi. Qattiq suvni yumshatish uchun uni qaynatish yoki har
bir litriga bir choy qoshiq soda qo'shish kerak.
Kiyim va poyabzalga bo'lgan gigiyena talablari. Odamning ki¬yimi
va poyabzali yil fasliga mos bo'lib, havoni yaxshi o'tkazadigan
bo'lishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim, rezinadan
tayyorlangan poyabzallar havo o'tkazmaydi. Shuning uchun ter
bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug'lanmaydi. Buning oqibatida
ichki kiyim, paypoq ho'l bo'lib, odam shamollab qolishiga sabab
bo'ladi. Shunga ko'ra, ayniqsa, respublikamizning issiq iqlim
sharoitida sintetik materiallardan tikilgan kiyim, paypoq va
rezina poyabzal kiyish gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi.
Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni
faqat mashg'ulot vaqtida kiyish mumkin.
Bizning issiq iqlim sharoitimizda yoz oylarida i p gazlamadan
tikilgan kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan
tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Poshnasiz poyabzal (kalish, shi ppak, slans, keda, krossovka
kabilar)ni kun bo'yi kiyish yaramaydi, chunki bu yassioyoqlik
yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ularni qisqa vaqt kiyish mumkin.
Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassi¬oyoqlik
yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. O'quvchi qizlar uzoq vaqt baland
poshnali poyabzal kiyishi natijasida ularning umurtqa pog'onasi
va chanoq suyaklari egrilanib qolishi va yassioyoqlik yuzaga
kelishi mumkfn. Qizlar poyabzalining poshnasi enliroq balandligi
2-3 srn d!lnoshmasligi lozim. Tor poyabzal oyoqda qon aylanishini
qiyihlashtiradi, shuning uchun odam tez charchaydi, qish vaqtida
bunday poyabzal oyoqning sovuq olishiga sabab bo'ladi. |
Teri shikastlanganda
birinchi tubbiy yordam |
Terining timdalanishi,
qirilishi, tilinishi. Bunda jarohat toza sovuq suv bilan, keyin
kaliy permanganatning och pushti rangli
(1:1000) eritmasi bilan yuviladi; so'ngra atrofiga yod eritmasi
yoki yashildori (zelyonka) surtib, sterillangan bint bilan bog'lab
qo'yiladi. Agar jarohat kattaroq bo'lsa, yuqoridagi birinchi
yor¬dam berilgandan so'ng jarroh yoki travmatolog shifokorga
mu rojaat qilinishi kerak. Jarohatga tuproq, qozonkuya kabilarni
sepish mutIaqo mumkin emas, chunki ularda har xii mikroblar
bo'lib, jarohat yiringlashi mum kin.
Terining turli sohalaridan qon ketganda birinchi tubbiy yordam
Ilgari aytilganidek, tana terisining bosh, peshana, chakka,
yuz, gavda sohalari jarohatlanganda qon ketishini to'xtatish
uchun qon oqayotgan tomirni topib, uni barmoq bilan qattiq bosib
turiladi (10-15 minut); bosib turgan barmoq ustidan sovuq suvga
ho'llan gan sochiq yoki ro'mol qo'yiladi; qon oqishi to'xtagandan
keyin, jarohat yuqorida ko'rsatilgan tartibda tozalanadi va
bog'lab qo'yiladi.
Agar qon ketishi 10-15 minut davomida to'xtamasa, tez yordam
chaqiriladi yoki tomirni barmoq bilan bosgan holda jarohatlangan
odam jarroh yoki travmatologga yuboriladi.
Teri kuyganda birinchi tubbiy yordam. Terining kuygan joyiga
tezlik bilan toza sovuq suv quyiladi. Qo'l yoki oyoq terisi
kuygan bo'lsa, oqar suv tagida tutib turiladi (2-3 minut); agar
teri faqat qizargan bo'lsa (birinchi darajali kuyish), shu joyga
spirt yoki odekolon surtiladi (bog'lash shart emas). Kun davomida
terining kuygan joyiga «levian», «vinizoh>,
«oksitsiklozoh>, «pantinoh> kabi aerozol eritmalar
sepiladi (bu eritmalar dorixonada retseptsiz sotiladi); terining
kuygan joyida pufakchalar paydo bo'lsa (ikkinchi darajali kuyish),
sovuq suv bilan yuvilgandan keyin va yorilmagan pufakchalar
atrofiga spirt yoki odekolon surtilgach, sterillangan bint yoki
dazmollangan oddiy bint (ro'mol) bilan bo'shgina bog'lanadi
va tezlikda travmatolog shifokorga yuboriladi (pufak¬chalarni
teshish, yog', vazelin, namakob kabi eritmalarni surtish mum
kin emas).
Teriga kislota to'kilganida birinchi tubbiy yordam. Terining
kislota to'kilgan joyiga qo'l tekkuzmasdan sovuq suv quyib yuviladi
(20-30 minut davomida); so'ngra soda eritmasi bilan yuviladi
(bir choy qoshiq sodani bir stakan suvda eritib).
Issiq va oftob urganda birinchi tubbiy yordam. Odam issiq, dim
xonada bo'lganida, issiq hammomda uzoq vaqt yuvinganida, yozning
issiq kunlari ochiq havoda uzoq vaqt ish bajarganda issiq urishi
mumkin. Buning belgilari: odamning tanasi qiziydi, terisi qizaradi,
ko'p terlaydi, umumiy quvvatsizlik, bosh aylanishi, ko'ngil
aynishi, yurak o'ynashi, nafas qisishi kabi noxush holatIar
yuz beradi. Yosh bolalarda tana harorati ko'tarilib, hushidan
ketadi yoki tirishib qoladi.
Odam quyoshda uzoq vaqt bo'lsa, oftob urishi mumkin. Bunday
hodisa sodir bo'lganida bemor salqin joyga o'tkaziladi. Xonaning
de¬razalarini ochib, havosi yangilanadi; bemorning boshini
past, oyoqlarini bir oz baland qilib yotqiziladi; sochiqni sovuq
suvda ho'llab, bemoming boshiga qo'yiladi. Sovuq suvda ho'llangan
sochiq yoki doka yelka, bilak, qo'ltiq, son, tizza osti sohalariga
ham qo'yiladi.
Bemorning umumiy holatiga qarab, uning ustidan sovuqroq suv
(dush) quyish mumkin; ko'proq sovuq choy, mineral suv ichiriladi;
agar bemorning ahvoli og'ir bo'lsa, tez yordam cha¬qiriladi.
Sovqotganda va sovuq urganda birinchi tubbiy yordam. Odam uzoq
vaqt davomida sovuqda bo'lishi natijasida u sovqotishi yoki
uni sovuq urishi mumkin. Odam sovqotganda uning rangi oqaradi,
lablari, barmoqlari ko'karadi, tana harorati normadan pasayishi
mumkin, ayrim hollarda nafas olishi qiyinlashadi, yurak urishi
susayadi, hushini yo'qotadi.Bunday holatda bemor issiq xonaga
o'tkaziladi, uning ustida¬gi nam kiyimlar yechib olinadi,
ustiga issiq ko'rpa yopiladi, issiq shirin choy, sut yoki kofe
ichiriladi.
|
|
|
|