|
3. Aralash
bezlar. Bularning to'qimasi ikki qismdan iborat.
. bo'lib, bir qismida ishlab ehiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi
sekretsiya bezlariga o'xshab tashqi muhitga ehiqariladi, ikkinehi
qismida ishlab ehiqariladigan suyuqlik esa xuddi iehki sekretsiya
bezlari singari organizmning iehki muhitiga, ya'ni qon va limfaga
quyiladi. Aralash bezlarga oshqozon osti va jinsiy bezlar kiradi
(1-rasm) |
|
1-rasm. Odam lanasidagi icbki sekrelsiya
bezlarining jaylasbuvi:
1- epiftz; 2- gipoftz; 3- qaiqon oldi bezi; 4- jigar; 5- o'n ikki
barmoq ichak; 6¬ buyrakning po'st qismi; 7- moyak; 8-qalqonsimon
bez; 9- ayrisimon bez; 10- me'da (oshqozon); 11- buyrak usti bezi;
12- me'da osti bezi; 13- tuxumdon.
|
Ichki sekretsiya
bezlarining ahamiyati |
Ichki sekretsiya
bezlari odam tanasining turli qismlarida joy¬lashgan bo'lib,
ularda ishlab ehiqariladigan suyuqlik gormon deb ataladi. Bezlarda
ishlab ehiqariladigan gormon bevosita bezning to'qimasidan o'tayotgan
qon va limfaga quyiladi.
lehki sekretsiya bezlarida ishlab ehiqariladigan gormonlar ni¬hoyatda
oz miqdorda, ya'ni grammning milliard qismiga teng. Ammo shunga
qaramay, ular odam organizmidagi bareha moddalar almashinuvi
jarayonlarida, to'qima va organlar funk¬sivasininl! boshaarilishida.
bolalar hamda o'smirlar organizmining o'sishi va rivojlanishida,
ular balog'atga yetishida, odam nasi qol¬dirishida muhim
ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo'shilgan
holda organizmning endokrin sistemasini tashkil etadi. Bu bezlar
odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lsa ham, ularning
funksiyasi bir-biriga chambarchas bog'liq. Shuning uchun odam
organizmining endokrin sistemasini orke¬strga o'xshatish
mumkin, ya'ni har qaysi bezning ish faoliyati boshqa bezlarning
funksiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni gipofiz
bezi boshqaradi, ya'ni uni «orkestr»ning dirijyoriga
o'xshatish mumkin. |
Gipofiz
va epifiz bezlari |
Gipofiz bezi.
Bu no'xatsimon, massasi 0,5-0,6 g ga teng bo'lib, bosh miyaning
ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan
qismida joylashgan. Gipofiz uch bo'lakdan iborat: 01¬dingi,
oraliq va orqa bo'laklar (2- rasm).
Gipofizning oldingi bo'lagidan olti xil: somatotrop, adreno¬kortikotrop,
tireotrop, gonodotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi.
Somatotrop gormon (STG) bolalar va o'smirlaming o'sishini, rivojlanishini,
organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga
ko'ra bolalar va o'smirlarda bu gormon ko'p ishlab chiqarilsa,
bo'y normadan ortiq o'sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bun
day odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab
chiqarilsa, bo'y o'sishi sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi
(3- rasm). Bunday bo'yi past odam gipofizar pakana deyiladi.
Ularning bo'yi past bo'lsa ham aqliy faoliyati normal bo'ladi.
Bo'y o'sishi to'xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko'p
isWab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo'ladi. Bunda
odamning burni, labi, iyagi, tili, qo'l va oyoq panja¬larining
hajmi kattalashadi.
. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining ishini bosh¬qaradi,
ya'ni kortikosteroid gormon ishlab chiqarilishini tartibga soladi.
|
|
2-rasm. Gipofiz bezi: J- gipofizning arqa ba'lagi; 2- gipofizning
aldingi ba'Jagi; 3- miyaning qadoqsimon tanasi; 4-epifiz.
|
|
|
|
3-rasm. Gipofiz bezidan somalo¬lrop;
gormon ko'p isblanib cbiqqanda odam bo'yining normadan ortiqcha
o'sishi - gigantizm, bu gormon kam bosh bo'lganda bo'y o'smay
qolisbi ¬nanizm holatining ko'rinishi. |
Tireotrop gormon
qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan tiroksin gormoni ishlab
chiqarilishini boshqaradi.
Gonadotrop gormon erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini
boshqaradi, o'smirlarda esa balog'atga yetish belgilari paydo
bo'lishida ishtirok etadi.
Laktotrop gormon ayollarda sut bezlarining funksiyasini bosh
qaradi.
Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini
boshqaradi.
Gipofizning oraliq bo'lagidan intermedin gormoni ajraladi. U
terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi.
Gi pofizning orqa bo'lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin
va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bacha¬don
Ihuskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug'ish jarayonini
osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (AD G)
organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning
egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5¬99%
i qonga qayta so'rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi.
Bu gormon kam hosil bo'lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi
siydikning qonga so'rilish jarayoni buziladi. Natijada qandsiz
diabet kasalligi sodir bo'ladi. Bu kasallikda odam ko'p suv
iste'mol qiladi va ko'p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda
5-10 l va undan ko'p).
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi bar¬cha
ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron
bez bo'lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv sistemasi
tomonidan, ya'ni oraliq miyadajoylashgan gipotalamusdan aj¬raladigan
neyrogormonlar orqali boshqariladi.
Epifiz bezi. Epifiz bosh miyaning asosida, ya'ni o'rta miya
sohasida joylashgan bo'lib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin
gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon gi pofizning oraliq bo'lagidan
ajraladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment
almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari,
epifizdan ajraladigan gormon gi pofizning gonadotrop funksiyasini
tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog'atga yetish jarayonini
susaytiradi.
Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib bora¬di,
undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog'atga yet
ish davri oldidan butunlay to'xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi
oldinroq pasaysa, gi pofizning gonadotrop funksiyasi kuchayib
ketib, bolada vaqtidan ilgari balog'atga yet ish belgilari paydo
bo'ladi. |
Qalqonsimon,
qalqonsimon bez oldi va ayrisimon bezlar |
Qalqonsimon bez.
Bu bez bo'yinning oldingi qismida joylash¬gan bo'lib, hiqildoqni
oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda
1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kat¬talarda 25-30 g gacha
bo'ladi (4- rasm).
Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Tiroksinning
65% dan ko'prog'i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda
moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida muhim rol o'ynaydi.
U yurak ishining gumoral yo'l bilan boshqari¬lishida ishtirok
etadi. Tiroksin bolalarning o'sishi va rivojlanishida, nerv
sistemasi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga
ega.
Qalqonsimon bez funksiyasining susayishi gipotireoz deb ata¬ladi.
U yosh bolalarda ham, kattalarda ham og'ir kasallikka sabab
bo'ladi.
Gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola
tug'ilgandan keyin turli yosWarda va, hatto, katta odamda ham
ayrim sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Bunday odamda
terining quruqlashganligi, ich qotishi, hatto issiq vaqtda ham
sovqotish, doimo bo'shashganlik, kunduzlari ham uyqusirash kabi
belgilarni aniqlash mumkin. Kasallikning og'ir ko'rinishlarida
bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, ya'ni
esda saqlash, o'zlashtirish qobiliyati pasayadi.
Bolalar va kattalarda kasallikning yuqorida qayd etilgan belgi¬lari
sezilsa, endokrinolog shifokorga murojaat etish zarur.
Endemik buqoq. Ba'zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan
joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo 'Iadi.
Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o'rtasida endemik
buqoq ko'p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi
kattalashib, bo'yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil
bo'ladi.
Uning hajmi yong'oqdan to katta choynakkacha bo'lishi mumkin.
Ural, Kavkaz, Tyanshan va Pomir tog'lari, Farg'ona vodiy¬sining
ayrim tumanlarida ilgarilari endemik buqoq ko'p tarqalgan edi.
Ichiladigan suvga va tuzga kaliy yodid qo'shilishi va maktab
o'quvchilariga antistrumin dorisi berilishi natijasida keyingi
yillarda buqoq kasalligi kamaydi.
Tireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining oshishi, tiroksin
gormoni normadan ko'p sintezlanishi natijasida sodir bo'ladigan
kasallikdir. Uni aniqlagan olimning nomi bilan Bazedov kasalligi
deb ham yuritiladi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi
kattalashib, ba'zan bo'yinning oldingi sohasi bo'rtib chi¬qadi.
Bemorda ko'zning chaqchayishi, ko'p terlash, asabiylashish,
uyqusizlik, ozish, yurak o'ynash holatlari sodir bo'ladi (5-
rasm).
Kasallik o'z vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda
ozib ketadi. Kasallikning og'ir turida bemor jarrohlik yo'li
bilan davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).
|
|
|
|
4-rasm. 1- qalqonsimon bel; 2- ayrisimon
bez. |
|
5-rasm.
8 yoshli o'g'it bolada tireotoksikol (Baledov) kasalligining ko'rinishi;
kO'llari chaqchay¬gan, qalqonsimon beli kattalashgan, o'zi
ozg'in. |
Qizlar balog'atga
yetishi davrida (12-15 yoshda) qalqonsimon bezning funksiyasi
ma'lum darajada kuchayadi. Shuning uchun ularda tireotoksikoz
holatining yengil ko'rinishlari yuzaga kelishi murnkin, ya'ni
tez jaW chiqishi, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi,
terlash, ayniqsa, qo'l kaftining ko'p terlashi va hokazo. Bunday
vaqtda ko'proq ochiq havoda sayr qilish, aqliy mehnatni kamay¬tirish
tavsiya etiladi, bu holat dorisiz asta-sekin o'tib ketadi.
Qalqonsimon bez oldi bezi. Bu bez to'rtta bo'lib, qalqonsimon
bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ulaming umumiy og'irligi
10-12 mg ni tashkil qiladi.
Qalqonsimon bez oldi bezidan paratireoidin yoki paratgormon
ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini
tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqaril¬sa, nerv-muskul
sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari,
lablari pirpirab uchadi, qo'llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib
ketsa, soch to'kiladi, suyaklar yumshab, egiluv¬chan, mo'rt
bo'lib qoladi, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi
ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq
(Ietaniya) holati yuzaga keladi.
Qalqonsimon bez oldi bezlarining funksiyasi ortib, paratgor¬mon
ish lab chiqarilishi ko'paysa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi
pasayib, tana muskullari bo'shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi,
tez charchaydi.
Ayrisimon bez. Bu bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan.
Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetish
dav¬rigacha - 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi.
So'ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi va II yog'
moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning og'irligi 25 g gacha kamayadi,
60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo'ladi.
Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning
o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jinsiy bezlar funksiyasini
pasaytirib, bolada balog'atga yetishni susaytiradi. Bundan tashqari,
timozin limfositlar hosil bo'lishini kuchaytirib, organizmning
immunitet xususiyatini oshiradi.
Balog'atga et ish davridan (14-15 yosh) bosh lab jinsiy bez¬laming
funksiyasi kuchayadi, ayrisimon bezning funksiyasi esa susaya
boshlaydi. Ba'zi sabablarga ko'ra, ayrisimon bezning funksiyasi
balog'atga yet ish davridan oldin pasaysa, jinsiy bez¬laming
funksiyasi kuchayadi va balog'at yoshiga yetmagan bolada vaqtidan
ilgari balog'atga yetish belgilari paydo bo'ladi, ya'ni 8¬
10 yoshli bolaning soqoli chiqadi, qizlarning ko'krak bezi kattalashadi
va hokazo. Bunday holatlarda zudlik bilan endokrinolog shifokorga
murojaat qilish kerak.
|
Buyrak usti,
me'da osti va jinsi bezlar |
Buyrak us!i bezlari.
Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning
ustki qismida joylashadi (6- rasm). Ularning birgalikdagi og'irligi
10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki - po'slloq
va ichki - miya qavatdan iborat Buyrak usti bezlarining ustki
po'stloq qavatida uch guruh kortiko¬steroid gormonlar ish
lab chiqariladi:
I. Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashi¬nuvi
boshqarilishida ishtirok etadi.
2. Glyukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashi¬nuvini
boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda
glikogen miqdori ortadi. Bundan tashqari bu gormonJar odamda
aller¬gik reaksiya va yallig'lanish jarayoni yuzaga kelishini
susaytiradi. Shuning uchun bu gormonlardan tayyorlangan dorilar
(prednizolon, gidrokortizon va boshqalar) allergiya kasalliklarida
hamda og'ir o'tadigan turli xii xastaliklami davolashda ishlatiladi.
3. Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollaming jinsiy
bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrak usti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va
adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning
ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin
deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi,
yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini
kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rq¬qanda
katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bun¬day
holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon
tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi.
Odam qattiq ta'sirlanib, stress holati yuzaga kelganda buyrak
usti bezlari¬ning funksiyasi kuchayadi, uning po'stloq va
miya qismlarida gormonlar ko'p hosil bo'ladi.
Buning natijasida organizmning noqulay ta'sirga nisbatan chidamliligi
ortadi. Shunday qilib, buyrak usti bezlari organizmni himoya
qilishda ishtirok etadi.
Buyrak usti bezining ichki qavatida adrenalin ishlanib chiqi¬shi
kamaysa, Addison, ya'ni bronza kasalligi yuzaga keladi. Bu ka¬sallikka
chalingan odam terisi bronza rangiga o'xshab qoladi, muskullari
bo'shashadi, ozadi, qon bosimi pasayadi, tez charchaydi, jismoniy
ish qobiliyati pasayadi.
|
Buyrak usti bezining
shish kasalligida (gipernefroma), uning tashqi - po'stloq qavatida
ishlab chiqariladigan androgen gor¬moni ko'p hosil bo'ladi.
Natijada yosh bolada balog'atga yetish bel¬gilari paydo
bo'ladi. Ba'zan keksaygan ayollaming bu bezida shish paydo bo'lsa,
ularning iyagida soqol o'sadi, ovozi erkakJarnikiga o'xshab
qoladi. Bemor jarrohlik yo'li bilan davolanadi.
Me'da osti bezi. Bu bez me'daning pastki va
orqa sohasida bi¬rinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan
bo'lib, uzunJigi 16¬20 sm, massasi 70-80 g. Me'da osti bezi
aralash bez bo'lib, to'qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya
funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni
ishlab chiqara¬di. Bez to'qimasining 1-2% i, ya'ni Langergans
orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini
bajaradi.Bezning Langergans orolchasida glyukagon, insulin,
gastrin gormonlari ishlab chiqariladi. Glyukagon gormoni jigar
va mus¬kullarda zahira holda to'plangan glikogen moddasini
parchalab, glyukozaga aylantiradi va u qonga o'tib miya, yurak
hamda boshqa organlarning hujayralariga oziq modda sifatida
o'zlashtiriladi. |
|
6-rasm.
1- buyrak us!; bez;; 2-buyrak. |
In¬sulin gormoni
qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to'qimalarida
glikogen moddasi sifatida zahira holda to'planishini ta'minlaydi.
Gastrin gormoni qon orqali me'daning ferment ajratish funksiyasini
boshqarishda ishtirok etadi.
Me'da osti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida
ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi
orasida ko'p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga
sabab bo'ladi. Bu surunkali kasallik bo'lib, uzoq yillar, aksariyat
hollarda umr bo'yi davom etadi. Bu kasallikda me'da osti bezining
insulin ishJab chiqarish funksiyasi buzilishi tufayli, organizmga
kerakli bo'lgan insulin gormoni bezdan qonga o'tmay qoladi.
Buning oqibatida organizmda uglevodlar almashinuvi buziladi,
ya'ni ovqat bilan iste'mol qilingan uglevodlarning parchalanishidan
hosil bo'lgan qand (glyukoza) insulin ta'sirida glikogenga aylanmay,
uning qondagi miqdori ortib ketadi. Sog'lom odam qonida qandning
normal miqdori 80-120 mg % bo'ladi, qandli diabet kasalligida
esa uning miqdori 150-250 mg % ga ko'tariJib, undan ham ortib
ketishi mumkin.
Qondagi qandning miqdori normal bo'lganda, u buyrak or¬qali
siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya'ni sog'lom odamning
siydigida qand mutlaqo bo'lmaydi. Qonda qandning miqdori 140¬150
mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila bosh
laydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko'p suv iste'mol qiladi.
Iste'mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to'qi¬malarda
o'zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli
bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste'mol qilishga majbur
bo'ladi. Aks holda teri ostidagi zahira yog' moddalari par¬chalanib,
glyukozaga aylanadi, hatto hujayra va to'qimalar tarki¬bidagi
oqsil, yog' moddalari ham glyukozaga aylanib, qonga o'tadi va
undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida
bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.
1921-1922-yillarda kanadalik olimlar Banting va Best sigir va
cho'chqaning me'da osti bezidagi Langergans orolchalari hujay¬ralaridan
maxsus preparat tayyorlab, uni insulin deb atadilar. Insulin
hozirgi paytda qandli diabet kasalligiga uchragan bemorlami
davolashda keng qo'llanilmoqda
Jinsiy bezlar. Erkaklarning jinsiy bezlariga
bir juft moyaklar (urug'don), moyak ortig'i, prostata bezi kiradi.
Moyaklar elli ps¬simon bo'lib, massasi katta odamda 20-36
g bo'ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar)
va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi.
Moyaklarning bu fun¬ksiyasi o'smirlik davrida (12-15 yosh)
boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi.
..aestosteron gormoni o'smirlarda balog'atga yetish belgilari
yuza¬ga kelishiga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni soqol-mo'ylov
o'sishi, qo'ltiq osti va qov sohasida jun chiqishi, ovozning
o'zgarishi kabilar...
Ba'zi kasalliklar (tepki, gri pp, angina kabilar) oqibatida
moyak yallig'lanishi mumkin. Buni o'z vaqtida davolamaslik moyaklar¬ning
spermatozoid va testosteron ishlab chiqarish funksiyasi buzi¬lishiga
sabab bo'ladi. Bu kasallik bolalik davrida sodir bo'lsa, o'smir¬lik
davrida balog'atga yetish belgilari yuzaga kelishini kechiktiradi
va hatto kelajakda farzand ko'rish qobiliyati yo'qolishi mumkin.
Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi. Tuxum¬donlar
kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan bo'lib, katta yoshli ayollarda
ularning massasi 5-6 g bo'ladi. Tuxumdon bacha¬donning orqa
qismiga yopishib turadi. Tuxumdonda jinsiy gormonlar (progesteron,
esteron, estereol, estradiol) ishlab chi¬qariladi. Bu gormonlar
bevosita qonga quyiladi. Ular qiz bolaning o'smirlik davridan
ish lab chiqarila boshlaydi va unda ikkilamchi, ya'ni ayollik
jinsiy belgilari hosil bo'lishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, tuxumdonlarda pufakchalar to'plami - follikulalar
bo'ladi. Ularda jinsiy hujayralar (tuxum hujayralar) paydo bo'ladi
va yetiladi. Follikulalar qiz bola tug'iImasdan uning embrional
rivojlanish davridayoq paydo bo'ladi. Qizning tug'ilish paytida
uning tUXUmdonidagi follikulalarning soni yuz mingdan ortiqroq,
lekin yetil¬magan holda bo'ladi. Ular qiz bola balog'atga
yetishi davridan boshlab keksalik davrigacha (o'rtacha 50 yoshgacha)
birin-ketin yetiladi. Ayolning butun umri davomida uning tuxumdonidagi
yuz ming follikuladan o'rtacha 500 tasi yetiladi.
|
|
|
|