|
Shu bilan birga, bola organizmi
ota-ona organizmidan ma'lum darajada farq qiladi. Bundan tashqari,
bola organizmiga ota va ona jinsiy hujayralari¬ning qo'shilishi
vaqtidan boshlab, to tug'ilgunicha hamda tug'ilgandan keyingi
o'sish va rivojlanish davrida atrof-muhit omillari uzluksiz
ta'sir etib turadi. Atrof-muhitning noqulay ta'siri oqibatida
bola organizmida noxush o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin.Ko'payish
erkak va ayollar o'rtasidagi jinsiy hayot orqali sodir bo'ladi.
Jinsiy hayot murakkab jismoniy, ruhiy, ijtimoiy jarayonlar kompleksidir.
Jinsiy hayot avlodni davom ettirish uchun xizmat qilishi bilan
birga erkak va ayol o'rtasidagi ma'naviy yaqinlikni ham ifodalaydi.
Har bir jamiyatda o'ziga xos jinsiy axloq normalari bor. Shu
bilan birga, jinsiy hayot har bir odamning o'zida xos xususiyatlari,
tarbiyasi va shaxsiy madaniyati kabilar bilan ifodalanadi. |
Ko'payish a'zolarining
tuzilishi |
Organizmning nasi qoldirish
va irsiy belgilarni avloddan¬avlodga o'tkazishni ta'minlaydigan
barcha belgi va xususiyatlarijins deb ataladi. Od am ayrim jinsli
organizmdir. Erkak va ayol organizmida o'ziga xos maxsus jinsiy
a'zolar bo'lib, ular mazkurjinsga taaJluqli maxsus erkak va
ayol jinsiy hujayralari (spermatozoid va tuxum hujayra)ni isWab
chiqaradi. Bu hujayralaming bir-biriga qo'shiIishi yangi organizm
bunyod bo'lishiga olib keladi.
Jinsiy a'zolar - ko'payish a'zolari ichki va tashqi qismga bo'linadi.
Ichki jinsiy a'zolarga jinsiy bezlar kirib, ularda ishlab chiqariladigan
gormonlar bevosita qonga quyilib, muayyan jinsga xos ikkilamchi
jinsiy belgilar o'z vaqtida namoyon bo'lishini ta'¬minlaydi.
Erkaklamingjinsiy a 'zolari. ErkakIarning ichki jinsiy a'zolariga
yorg'oqqa joylashgan moyak va uning ortig'i, urug' yo'/i, urug'
pujakchasi, prostata bezi kiradi. MoyakIar bir juft bo'lib,
ular erkakIik jinsiy bezi hisoblanadi. U nda erkak jinsiy hujayralari
spermatozoidlar va jinsiy gormonlar (testosteron, androsteron)
ishlab chiqariladi. Spermatozoidlar, ya'ni erkak jinsiy hujayralari
ayolning tuxum hujayrasi bilan qo'shilib, yangi organizm hosil
qiladi. Erkak jinsiy gormonlari esa bevosita qonga quyilib,
ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo'lishini ta'minlaydi.
Ayo//arning jinsiy a 'zolari. Ayollarning ichki jinsiy a'zolariga
tuxumdon, tuxum yo'li (bachadon nayi), bachadon va qin kiradi
(1-rasm). Tuxumdon bir juft bo'lib, ayol jinsiy bezi hisoblanadi.
Unda ayol jinsiy hujayralari (tuxum hujayralar) va jinsiy gormon
- esterogen ish lab chiqariladi.
|
|
1-rasm. Ayolning jinsiy
a'zolari: .
1- tuxurndon; 2- tuxurn yo'li; 3- bachadon; 4- Qin; 5- jinsiy.
lablar; 6- qovuq (siydik pufagi); 7- tashqi siydik yo'li; 8- qov
suyagi; 9- to'g'ri ichak. |
Tuxumdonning po'stloq
qismida ko'plab yosh jinsiy hujayralar bo'lib, ularning yetilgani
tuxumdon to'qimasini yirib, undan bachadon nayiga o'tadi. U
mabodo erkak jinsiy hujayrasi bilan qo'shilsa (urug'lansa),
yangi organizm paydo bo'ladi. Urug'lan¬magan tuxum hujayra
esa bachadonga o'tib yoriladi va qin orqali tashqariga chiqib
ketadi. Bu vaqtda ayolda hayz ko'rish yuzaga keladi. Shundan
so'ng tuxumdonda navbatdagi tuxum hujayra yetiladi. |
|
2-rasm. Erkak jinsiy azosi.
1-Qovuq pufagi; 2-qov suyagi; 3-11-qovuq siydik yo`li; 4-jinsiy
xivchin; 5-6-xivchin siydik yo`li; 7-9-urig`; 8-xivchin boshi;
10-anal yo`li; 12-to`g`ri ichak. |
Urug'lanish
va homilaning rivojlanishi |
Odamning hayoti
ona organizmida ikkita jinsiy hujayraning, ya'ni tuxum hujayra
bilan spermatozoidlling qo'shilishidan boshlanadi. Bu ikki hujayraning
go'shilishidan bitta yangi hujayra, ya'ni yangi organizm bunyod
bo'ladi.
Ayol va erkak jinsiy hujayralarining har birida 23 tadan xromosoma
bo'lib, ulaming 22 tasi ota va ona organizmining irsiy belgilarini
bolaga o'tkazadi. Bu ikkala jinsiy hujayralardagi jami xromosomalarda
100 ming atrofida gen bo'lib, ular yangi bunyod bo'lgan organizmning
har xii tuzilishini va funksional xususiyat
larini belgilaydi.
Bunyod bo'lgan bolaning jinsi ayol va erkak jinsiy hujayrala¬rining
23-xromosomasiga bog'liq. Ayol jinsiy hujayralaridagi 23 -xromosoma
iks-iks (XX) bo'lib, erkak jinsiy hujayrasidagi 23¬xromosoma
iks-igrik (XU) bo'ladi. Erkak hujayrasining iks (X) xromosomasi
ayol hujayrasi bilan qo'shilganda bola qiz bo'ladi, erkak hujayrasidagi
igrik (U) xromosoma ayol hujayrasi bilan qo'shilganda bola o'g'il
bo'ladi. Shunday qilib, bunyodga kelgan bolaning jinsi otaning
jinsiy hujayrasiga bog'liq, ammo bu uning ixtiyoriga yoki xohishiga
bog'liq emas.
Ayol va erkak jinsiy hujayralari tuxum yo'lida qo'shilishidan
bitta hujayra, ya'ni yangi organizm hosil bo'ladi, unda 46 ta
xromosoma bo'ladi. Bu hujayra paydo bo'lgandan bosWab bir hafta
davomida tuxum yo'lida bo'linib ko'paya boshlaydi va asta-sekin
tuxum yo'lidan siljib bachadon bo'sWig'iga o'tadi, uning devoriga
birikib rivojlana boshlaydi.
Bachadon bo'shlig'iga o'tgan homilaning tashqi qismidan qon
tomirlariga boy bo'lgan maxsus hujayralar birikmasi (yo'ldosh)
hosil bo'lib, u orqali homila bachadon devoriga birikadi (3-rasm).
Mazkur hujayralardan kindik shakllanib, undagi arteriya va vena
qon tomirlari orqali bola ona organizmining qon tomirlari bilan
tutashadi. Yo'ldosh homilani oziqlantirish bilan birga uni ona
|
|
|
|
3-rasm. Homilaning bachadonda amnion
suyuqligi ichida joylashishi: 1- bachadon; 2- yo'ldosh; 3- amnion
parda; 4- amnion suyuqligi. |
|
4 -rasm. Ona qornidagi etti oylik homila.
Bo'yining uzunligi 35 srn, tanasining vazni 1000-1300 g atrofida
bo'ladi. |
|
organizmidagi
zararli kimyoviy moddalar, mikroblar ta'siridan ma'lum darajada
himoya qilib turadi. Yo'ldoshning shikastla¬nishi, uning
bachadon devo ridan ajralishi homilani xavf ostida qoldirishi
mumkin.
Homila usti yupqa (amnion) parda bilan qoplanib, uning bo'shlig'i
amnion suyuqligi bilan to'la bo'ladi. Bu suyuqlik homila organizmida
moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida, uning erkin
harakat¬lanishida va tashqi noqulay ta'sirlardan himoyalanishida
muhim rol o'ynaydi (4-rasm).
Shunday qilib, ota va onaning jinsiy hujayralari qo'shilishidan
bunyod bo'lgan yangi organizm (homila) bir hafta davomida tUxum
yo'lida, ikkinchi haftadan boshlab bachadonda 9 oy rivojlanadi.
Homila vujudga kelganining uchinchi haftasida uning hujayralari
uch qavatga ajraladi. Tashqi qavat - ektoderma, ichki qavat
endoderma va o'rta qavat - mezoderma. Bu qavatlarning har biridan
homilaning har xil to'qima va a'zolari shakllanadi. Tashqi qavatdan
terining ustki epiteliy qismi, sezgi a'zolari, nerv sistemasi
hosil bo'ladi. Ichki qavatdan ovqat hazm qilish, nafas olish
a'zolarining ichki yuzasini qoplab turadigan epiteliy qavat,
umurtqa pog'onasi shakllanadi. O'rta qavatdan muskullar, suyak¬lar,
qon va limfa tomirlari hosil bo'ladi.
Homila rivojlanishining 23-kunidan boshlab uning yuragi va katta
qon aylanish doirasi ishlay boshlaydi. Ammo uning o'pkasi va
kichik qon aylanish doirasi embrional rivojlanish davrida ishlamaydi,
u kindik qon tomirlari orqali ona organizmi hisobidan kislorod
bilan ta'minlanadi. Bola tug'ilgan zahoti kindigi kesilib, u
ona organizmidan ajratiladi va shu vaqtdan boshlab uning o'pkasi
va kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi.
|
Bolaning
o'sishi va rivojlanishi |
Bolaning o'sishi va rivojlanishi Odam tug'ilganidan to 18 yoshga
kirguncha bolalik va o'smirlik davri hisoblanadi. Buning o'zi
bir necha davrga: chaqaloqlik davri (tug'ilganidan - I oylikkacha);
emadigan davri (ikki oylikdan - I yoshgacha); maktabgacha tarbiya
yoshi (2-6 yosh); kichik maktab yoshi (7-11 yosh); o'rta maktab
yoshi (12-14 yosh); katta maktab yoshi (15-18 yosh) ga bo'linadi.
12-18 yosh o'smirlik davrudir.
Chaqaloqlik davri. Bola tug'ilishi bilanoq uning kindigi kesilib,
ona organizmidan ajratiladi. Shu vaqtdan u mustaqil yashay boshJaydi.
Bola bir oylik bo'lguncha chaqaloq hisoblanadi. Bu davr bola
uchun eng murakkab davr bo'lib, u tashqi muhitga moslasha boshlaydi.
Ma'lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi, buyraklari,
ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a'zolari, nerv
sistemasi va boshqalar u tug'ilgunigacha ishlab turadi, ba'zi
a'zo]ari esa (nafas, ovqat hazm qilish, kichik qon aylanish
doirasi) tug'ilgandan keyin ishlay boshlaydi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo'lib,
u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish
qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga
ko'ra, chaqaloq 40 kunlik bo'lguncha chilla davri deb ataladi.
Bu davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning
natijasida ular har xii kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning
kindigi kesilgandan keyin uning o'rni bitgunicha (8-12 kun)
jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo'lish
zarur. Kindik yarasiga briliant yashili surib turiladi.
Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo'lganligi uchun uni nihoyatda
toza saqlash kerak. Yo'rgaklari toza, dazmollangan bo'lishi,
parvarish qiluvchi kishi qo'lini sovunlab yuvib turishi va og'iz-burniga
to'rt qavatli doka niqob tutishi kerak.
Chaqaloqning hazm a'zolari juda nozik bo'lganligi sababli uni
ovqatlantirish qoidalariga alohida e'tibor berish kerak. U onasini
emib o'sa boshJaydi. Ona suti bo'lmasa yoki yetishmasa, sun'iy
sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir kecha-kunduzda
7 marta, kechasi 6 soat tanaffus) emizish kerak.
Agar chaqaloq yaxshi parvarish qilinsa, ovqatlantirish qoida¬lariga
amal qilinsa, u normal rivojlanadi, bezovta bo'lmaydi, bir kecha-kunduzda
22 soat uxlaydi, ya'ni faqat ovqatlanish vaqtida uyg'onadi.
Emadigan davri.Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo'lgan davrni
o'z ichiga oladi. Emadigan bolalarda me'da-ichak, nafas a'zolari,
tomoq-quloq kasalliklari ko'proq uchraydi. Shuning uchun ularni
shamollashdan, gripp va shunga o'xshash kasalliklardan asrash
kelak. Ayniqsa, me'da-ichak kasalliklari oldini olishda idish¬tovoqlarning
tozaligi, ovqatlantirish tartibiga rioya qilish mu¬himdir.
Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 800 ml sut qabul qilishi
kerak. Undan keyin har oyda bir kecha-kunduzda qabul qilinadigan
sutning miqdori 50 ml ga ko'paytirib boriladi. Lekin I yoshgacha
bo'lgan bolaning bir kecha-kunduzda qabul qiladigan suti I litrdan
oshmasligi kerak.
Bola o'sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi a'zolari, nerv
sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi.
Bir oylik bolada ko'rish a'zosining faoliyatini yaqqol kuzatish
mumkin, ya'ni u o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z soqqasini
harakatlantiradi. Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 20 soat,
uch oylik bola 18-19 so at uxlaydi. Uch oylik bola tovush chiqqan
tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo'llari bilan o'yinchoqqa
talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini
yerga tiraydi. Besh oylik bola o'ziga yaqinlarini taniy boshlaydi,
kuladi, qiyqiradi; 7 oylikda bemalol o'tiradi, emaklaydi, 8
oylikda buyumlarni ushJab o'rnidan tura boshlaydi; I1 oylikda
oddiy so'zlarni ayta boshlaydi va qo'lidan yetaklasa yuradi;
12 oylikda o'zi yura boshlaydi va 10-12 ta so'zni ayta oladi.
Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari
chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa
boshlaydi va 1 yoshga to'lganida 8 ta sut tishi bo'lishi kerak.
Bola boshining ensa va tepa suyaklari o'rtasida kichik liqildoq
(bo'sh joy), peshona va tepa suyaklari o'rtasida katta liqildoq
bo'ladi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan
ehtiyot qilish kerak (5-rasm).
|
|
5-rasm.
Emadigan bola kalla suyagining tutashish joyidagi bo'shliqlar
va Iiqildoqlar. |
D vitamini yetishmasa
bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi
va sut tishlarining ehiqishi keehikadi. Suyaklar yumshab egiluvehan
bo'lib qoladi. Chaqaloqning umurtqa pog'onasi tekis bo'ladi,
ya'ni unda fiziologik egriliklar bo'lmaydi. V 8- 10 haftalik
bo'lganda, boshini tikka !Uta boshlaydi va umurtqa pog'onasining
bo'yin qismida oldinga egi!ish h05il bo'ladi. Bola 5 oyligida
o'tira boshJaydi va ulling umurtqa po'gonasi ko'krak qismida
egilma hosil bo'ladi. Bir yoshga kirgan bola yura boshJaydi
va uning bel umurtqasida oldinga tomon egilmaj hosil bo'ladi
(6-rasm). Xalqimiz qadimdan ko'krak yoshidagi bolani besrukda
boqqan. Buning ijobiy tomonlari shundaki, bola beshikda yotsa
o'rni, kiyimi quruq, toza saqlanadi. Bu esa uni shamollashdan
saqlaydi. Vning qo'l-oyoqlari va tanasini bog'lab qo'yish suyaklari,
ayniqsa umurtqa pog'onasi to'g'ri o'sishi va shakllanishiga
imkon beradi. Aromo shuni ta'kidlash kerakki, ayrim yosh, tajribasiz
onalar |
|
6-rasm.
Emadigan bolaning umurtqa pog'onasida anatomik |
bolani beshikka
noto'g'ri belaydi. Vlar bolani juda qisib bog'lashi natijasida
uning nafas olishi qiyinlashadi, qo'l va oyoqlari og'riydi,
tagi nam bo'ladi va hokazo. Shuning uehun tajribali on alar
va buvilar yosh juvonlarga bolani parvarish qilish, beshik¬ka
belash qoidalarini o'rgatishlari kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bola 2 yoshligida jismoniy
va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og'irligi har
oyda 200-250 g dan ortib boradi, bo'yi I srn dan o'sadi. Veh
yoshli bola tana.~ining massasi 1 yilda 2-2,8 kg, bo'yi 7-8
smga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va
3-yosh oxirida so'z boyligi 1000-1200 taga yetadi. 2-3 yoshdagi
bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatehan,
tinib¬tinehimas bo'ladi. Shuning uehup. bu yoshdagi bolalarda
shikastlanish, har xii kimyoviy moddalar, kattalar iste'mol
qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez uehrab turadi.
Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaslik
kerak.
4-5 yoshli bolalarning o'girligi har yili 1,5-2 kg ga ortadi,
bo'yining o'sishi bir oz sekjnlashib, 4-6 sm ni tashkil etadi;
6¬7 yoshda bo'yining o'sishi tezlashib, bir yilda 8- 10
srn ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.
Maktabgaeha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko'p qismi
tog'aydan iborat bo'lib, ular yumshoq, egiluvehan bo'ladi. Shuning
uehun bolaning noqulay vaziyatda bo'lishi, ya'ni uzoq vaqt tik
turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o'tirishi, stol-stulning
bo'yiga mos kelmasligi, to'shagining juda yumshoq, bo'lishi,
og'ir , yuk ko'tarishi kabilar uning umurtqa pog'onasi, ko'krak
qafasi, ehanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining
buzilishiga sabab bo'ladi. Bunday bolalar jismoniy jihatdan
kamquvvat bo'lib, kelajakda ular o'zi sevgan kasbni egallay
olmasligi mumkin.
Maktab yoshi davri. Ma'lumki, har bir odam umrining o'n bir
yilini maktabda o'tkazadi. Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga
ega. Bu davrda bola va o'smir organizmi uzluksiz o'sadi va rivojlanadi.
Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta'sirlariga jUda beriluvehan
bo'ladi. Boshqaeha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o'qish
va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o'sishi va rivojlanishiga,
sog'lig'iga salmoqli ta'sir ko'rsatadi. Binobarin, bu sharoitning
qulay yokj noqulay tashkjl qilinisruga ko'ra, bolalar va o'smirlarning
o'sishi va rivojlanishi nonmal yoki nonom1al bo'lishi mumkin.
|
|
|
|