NERV (ASAB) SISTEMASI
 
Bosh sahifa
Nerv sistemasining ahamiyati
Nerv sistemasining funksiyasi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Nerv sistemasining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha hujayra, to'qima, organlari va sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlashdan iborat.I. P. Pavlov nerv sistemasining bu funksiyasini uning quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida (uzunchoq, o'rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan nerv markazlari bajaradi. Nerv sistemasining ikkinchi funksiyasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishini,
 
Nerv sistemasi
 
Sezgi a`zolar
 
Ovqat hazim qilish
 
Nafas olish
 
Qon aylanish sistemasi
 
Tayanch - harakatlanish sistemasi (muskul, suyak)
 
Ayirish
 
Ko`payish va rivojlanish
 
Ichki sekretsiya bezlari
Teri
Mehmonxona
   

 

muomalasini, tashqi muhit sharoitiga moslashllvini ta'minlaydi. Tashqi mllhit ta'sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo'lgan fikrlash, fikni bayon etish, bilim olish, hunar o'rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham nerv sistemasining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi.Pavlov nerv sistemasining bu funksiyasini oliy nerv jaoliyati deb atagan. Nerv sistemasining bu funksiyasini uning yuqori qismida (bosh miya yarim sharlari va uning po'stloq qismida) joylashgan nerv markazlari bajaradi.

Nerv sistemasining tuzilishi

Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv sistemasi.
Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqa¬digan 12 juft nervlva hamda umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi (1 - rasm). Markaziy nerv sistemasining segmentar, ya'ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya'ni uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy nerv sistemasining yuqori, ya'ni segment usti qismiga bosh miya yarim shar¬lari va ularning po'stloq qismi kiradi.

Bajaradigan funksiyasiga ko'ra, nerv sistemasi ikki qismga bo'linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.
Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, massasi 30-40 g bo'ladi (2- rasm). Orqa miyada 13 mln dan ko'proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi, lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki qavati yumshoq parda bo'ladi. O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki qismi 1-2- Bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori
qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'ona sining dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shulaming 8 tasi bo'yin qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1-3 tasi dum qismida bo'ladi. Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq odda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko'rinadi (4 - rasm). Kulrang modda kapalak yoki H harfiga o'xshash bo'lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. nervva tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga o'tkazish funksiyasini bajaradi.Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, va bir juft orqa bir juft shoxlari bo'ladi.
1-rasm. Nerv sistemasining umimiy ko`rinishi.
1 - Bosh miya, 2 - orqa miya, 3-Orqa miyadan chiqqan nerv tolalari.

2-rasm. Markaziy nerv sistemasining ko`rinishi:
1-bosh miya; 2- orqa miya.
Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Ulardan harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nervlaming uzun tolalari chiqib, to'qima va organlarga boradi. Nerv hujayralarining kalta o'simtalari hujay ralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog'onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi.

















3-rasm. Orqa miyaning ko`ndalang kesimi: 1-oq modda; 2-kulrang modda; 3-orqa shoxdan chiqqan sezuvchi nerv; 4- oldingi shoxdan chiqqan harakatlantiruvchi nerv; 5 -sezuvchi va harakatlantiruvchi nervning qo`shilishidan hosil bo`lgan aralash nerv tolasi.
 
ORQA MIYANING FUNKSIYASI.
 
Orqa miya ikki xil: reflektor va o'tkazuvchilik fimksiyasini bajaradi. Orqa miyaning reflektor funksiyasi. Orqa miyaning reflektor funksiyasi reflekslar hosil qilishdan iborat. Refleks - bu tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv sistemasining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi. Masalan, og'riqni sezish, qo'l va oyoqlarning harakati, nafas olish va chiqarish, ko'zni yumish va ochish kabilar.
Refleks yoyi. Har bir refleksning rejleks yoyi bo'lib, u quyidagi qismJardan iborat: 1) retseptor - to'qima va organlarda joylashgan bo'lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul qilib qo'zg'aladi; 2) sezuvchi nerv tolasi - reseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi; 3) nerv markazi miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat; 4) harakatlantiruvchi nerv tolasi - nerv markazidagi qo'zg'alishni ishchi organga yetkazadi; 5) ishchi a'zo - muskul, bez, qon tomirlari, ichki organlar va hokazo.
Orqa miya reOekslari. Bosh miyasi olib tashlangan baqani keyingi oyoq panjasiga kislota yoki biron mexanik qitiqlagich ta'sir ettirilganda baqa ta'sirga javoban o'sha oyog'ini tortib oladi. Agar baqaning panjasi qattiqroq qisib olinsa, u nafaqat ta'sir etilgan oyog'ini, balki ikkinchisini ham tortib oladi. Chunki qattiq ta'sir ko'rsatilganda qo'zg'alish ta'sir benlgan to'qimaning nerv markazidan tashqari, uning atrofidagi boshqa markazlarga ham tarqaladi. Odamda orqa miyaning harakatlantiruvchi refleksini quyidagi tajribada kuzatish mumkin. Buning uchun tekshiriluvchi odam stulda oyoqlarini chalishtirib o'tiradi. Uning yuqorida turgan oyog'ining tizza payiga maxsus rezina bolg'acha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib ko'tariladi. Bu tizzaning harakat refleksini ko'rsatadi.
(4- rasm). Tizza refleksi hosil bo'lishida quyidagi retleks yoyi ishtirok etadi. Tizza payiga bolg'acha bilan urilganda uning muskulida joylashgan retseptor qo'zg'aladi. Retseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impuls sezuvchi nerv tolasi orqali orqa miyaning sezuvchi nerv hujayralariga borib, uni qo'zg'atadi. Uning qo'zg'alishioraliq nerv hujayrasiga o'tib, undan harakatlantiruvchi nerv hujayrasini qo'zg'atadi. Bu hujayradan impuls harakatlantiruvchi nerv tolasi orqali tizza muskulini qisqartirib, oyoqni harakatga keltiradi. Shunday qilib, tizza ret1eksi quyidagi ret1eks yoyi bo'yicha hosil bo'ladi: retseptor sezuvchi nerv tolasi - sezuvchi nerv hujayrasi, oraliq nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv tolasi, muskul. Binobarin, refleks hosil bo'lishi uchun refleks yoyining barcha qismlari butun va sog'lom bo'lishi kerak. Ularning birortasi shikastlansa, refleks hosil bo'lmaydi.

4-rasm.
Yuqoridagi rasmda tizza refleksi hosil bo`lishi tasvrlangan. Pastki rasmda orqa miyaning tizza refleksi hosil bo`lishida ishtirok etuvchi sezgi va harakatlantiruvchi nerv
4-rasm.
hujayralari hamda ularning tolalari ko`rsatilgan.
1-tizza payi; 2-retseptorlar; 3-sezuvchi nerv tolasi; 4-sezuvchi nerv hujayrasi; 5-oraliq nerv hujayrasi; 6-harakatlantiruvchi nerv hujayrasi; 7-harakatlantiruvchi nerv tolasi; 8-muskul.
Orqa miyaning o'tkazuvchilik funksiyasi. Tananing turli joylaridagi retseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miya nerv markazlariga kelgan impuls uning oq moddasida joylashgan o'tkazuvchi nerv yo'llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga o'tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo'lgan qo'zg'alish pastga tushuvchi o'tkazuvchi nerv yo'llari orqali orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan ishchi a'zolarga o'tkaziladi. Shunday qilib, bosh miya bilan orqa miyaning o'tkazuvchi yo'llari orqali barcha to'qima va organJaming sezish hamda harakatlanish funksiyasi boshqariladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqoriga ko'tariluvchi va pastga tushuvchi, o'tkazuvchi nerv yo'llari bosh miyaning pastki qismlarida kesishadi. Bosh miyaning o'ng yarim sharlardagi nerv markazlaridan kelayotgan nerv tolalari chap tomonga, chap yarim sharniki esa o'ng tomonga o'tadi. Buning natijasida o'ng yarim shar tananing chap tomonidagi to'qima va hujayralar funksiyasini boshqaradi, chap yarim shar esa o'ng tomonidagi to'qima va organlar funksiyasini boshqaradi.
5-rasm. Odam tanasi turli sohalarining orqa miya nervlari bilan ta`minlanishi.
Orqa miya turli segmentlarining funksiyasi. Orqa miyaning har qaysi segmentida joylashgan nerv markazlari (nerv hujayralari to'plami) tananing turli sohalaridagi to'qima va organlarning sezuvchanligini hamda harakatini ta'minlaydi (5- rasm).
Orqa miyaning bo'yin segmentida joylashgan nerv markazlari tananing bosh sohasidan to ko'krakning 5- qovurg'asigacha, qo'lning tashqi yuzasi, kaft va barmoqlarning terisi hamda muskullarining sezish va harakatlanish funksiyasini ta'minlaydi;
- orqa miyaning ko'krak segmentida joylashgan nerv markazlari ko'krak qafasining 5- qovurg'a sohasidan boshlab, to qovuqqa qadar va qo'ining ichki yuzasi teri va muskullarini hamda
shu sohada joylashgan ichki a 'zolarning sezish va harakatlanish funksiyasini ta'minlaydi;
- orqa miyaning bel segmentida joylashgan nerv. markazlari tananing qovuq sohasidan bosh lab, to oyoqlarning oldingi yuzasi va oyoq bannoqlarigacha bo'lgan to'qima va organlarning sezish va harakatlanish funksiyasini boshqaradi;
- orqa miyaning qaysi bir segmentida joylashgan nerv hujayralari va ularning nerv tolalari shikastlansa yoki kasallansa, o'sha joydagi nerv markazlaridan ta'minlanadigan to'qima va organlarning sezish va harakatlanish funksiyasi yo'qoladi, shu to'qima yoki muskul falajlanib qoladi.
BOSH MIYA
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo'jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta'sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to'qima va a'zolari ish faoliyatini bir-biriga bog'lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta'minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.
Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo'lib, og'irligi katta odamda 1020-1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog'liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya yarim sharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliev ko'prigi (miya ko'prigi), o'rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo'lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko'prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi o'rtacha 7 g bo'ladi. Uzunchoq miyaning tashqi qismi oq rangda bo'lib, unda nerv tolalari joylashgan, ichki qismi kulrang moddadan iborat bo'lib, unda
nerv hujayralari bo'ladi.
Uzunchoq miya reflektor va o'tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektorlik funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Binobarin,
uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, uzunchoq miyadagi nerv markazlarida ko'zni ochib-yumish, ko'z yoshi, aksa urish, yo'talish, oshqozon-ichakda shira ajralishi kabi funksiyalarni ta'minlaydigan reflekslarning markazlari joylashgan.
Uzunchoq miyaning o'tkazuvchanlik funksiyasi shundan iboratki, u orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo'zg'alish impulsini orqa miyaga o'tkazadi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi uning o'tkazuvchanlik funksiyasi buzilishiga, ya'ni orqa va bosh miya o'rtasidagi aloqa uzilishiga olib keladi.
Miya ko'prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o'rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko'prigining tashqi qismi kulrang moddadan
iborat bo'lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan, ichki qismida oq modda bo'lib, unda nerv tolalari joylashgan. Miya ko'prigida uchlik, ko'z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlaming markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko'prigi reflektor funksiyani bajaradi. Bundan tashqari, xuddi uzunchoq miyaga o'xshab, miya ko'prigi o'tkazuvchilik funksiyasini ham bajaradi, ya`ni u orqali orqa, uzunchoq miya nerv impulslaribosh miyaning yuqori qismidagi nerv markazlariga o'tkaziladi. Bu markazlardagi qo'zg'alish impulslari miya ko'prigi orqali uzunchoq va orqa miyaga o'tkaziladi.

O'rta miya Varoliy ko'prigining yuqorisida joylashgan bo'lib, unda to'rt tepalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalarining suv yo'li bo'ladi. To'rt tepalikning oldingi 2 tasida po'stloq osti ko'rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po'stloq osti eshitish markazlari joylashgan.
O'rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi ovqatni chaynash va yutish reflekslarini, qo'l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil !ana muskullar
tarangligini ta'minlaydi. O'rta miyada ko'z soqqasini harakatlantiruvchi va bloksimon nerv markazlari joylashgan.
O'rta miya shikastlansa yoki kasallansa, uning yuqorida ko'rsa¬tilgan funksiyalari buziladi. Buning natijasida odamning ko'rish, eshitish, ko'z soqqasini harakatlantirish qobiliyati yo'qoladi. O'rta miyadagi qizil tana shikastlansa, tana muskullarining tarangligi ortadi, uning harakatlari qiyinlashadi.
Oraliq miya o'rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, bosh miya yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko'rish do'mboqlari (talamus), do'mboq osti soha (gi potalamus) kiradi.
Ko'rish do 'mbog 'i tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda, ya'ni nerv hujayralari to'plamidan iborat. U po'stloq osti sezgi markazi hisoblanadi. Odam tanasining sezgi a'zolari orqali qabul qilingan barcha tashqi va ichki ta'sir (ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, taktil, og'riq, issiq, sovuq va hokazolar) oldin ko'rish do'mbog'i orqali qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi sezgi markazlariga o'tkaziladi.Do'mboq osti sohasi (Gipotalamus) ko'rish do'mbog'ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to'plamidan iborat. Gipotalamusdavegetativ nerv sistemasining markazi joylashgan bo'lib, u orqali ichki a'zolar funksiyasi, moddalar almashinuvi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi, och qolish va to'yish, uyqu, hayajonlanish, kayfiyatning o'zgarishi kabilar boshqariladi.
6-rasm. Miyachaning tashqi ko`rinishi:
1-chivalchangsimon qismi; 2-yarim shari.







Gipofiz bezi ham gipotalamus ohasidajoylashgan. Gipotalamusning nerv hujayralaridan maxsus neyrogormonlar ajralib, ular gipofiz ishining boshqarilishiga ta'sir ko'rsatadi (bu haqda ichki sekretsiya bezlari mavzusida aytilgan). Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, oraliq miyaning tarkibiy qismi bo'lgan talamus va gipotalamus odam hayotida muhim fiziologik jarayonlaming boshqarilishida ishtirok etadi. Bu nerv markazlari shikastlansa yoki kasallansa, tashqi va ichki ta'simi sezish, ya'ni og'riq, issiq, sovuqni sezish, ko'rish, eshitish qobiliyati pasayadi. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida semirish yoki ozish, qandsiz diabet kasalligi va odamning kayfiyati buzilishi kabi noxush holatlar sodir bo'ladi.
7-rasm.
 
M-miyacha; K-bosh miya yarim sharining po`stloq qismi; T-talamus; Mo-Miya ko`prigi; P-uzunchoq miya; S-orqa miya.
Dorboz qizning tana muvozanatini miyacha tomonidan boshqarilishi tasvirlangan.
Miyacha bosh miya yarim sharlari ensa bo'lagining ostida joylashgan, massasi 150 g. U ning ikkita yarim sharlari va ular o'rtasida chuvalchangsimon qismi bor (6- rasm). Miyacha tashqi tomondan kulrang modda bilan qoplangan bo'lib, u kichik egat va pushtalarga bo'lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to'plamidan tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgari bo'lib, u nerv tolalaridan iborat.Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, miyachaning tuzilishi va shakli bosh miya yarim sharlariga o'xshash bo'ladi. U uch juft: yuqorigi, o'rta va pastki oyoqcha yordamida orqa miya, uzunchoq
miya, miya ko'prigi, o'rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog'lanadi (7- rasm). Miyacha oyoqchalaridagi nerv tolalari orqali orqa miyadan muntazam ravishda impuls olib turadi. U odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi. Agar miyacha shikastIansa yoki kasallansa, tana muskullari bo'shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o'xshab gandiraklab harakat qiladi.
Po'stloq osti Derv markazlari. Bosh miya yarim sharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning ustki qismida kulrang modda to'plami bo'lib, u ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targ'l tana.
Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini bl shqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U o'zidan pastida joylashgan oraliq va o'rta miya funksiyalarini boshqarad Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining tarangligi ortib qo'l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz musklla"ininj tarangligi ortib, go'yo yuzga niqob kiygandek bo'ladi, ya'n, odamning har xii emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo'lmaydi.
Targ'il tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ'iI tana kasallansa oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana mus¬kullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo'ladi. Bu nerv sistemasining revmatizm kasalligida sodir bo'ladi. Bu kasallik xoreya deb atalib, u ko'proq bolalarda uchraydi. Bunda bemorning qo'l-oyog'i vaqt-vaqti bilan o'z-o'zidan ixtiyorsiz silkinib qimirlaydi, ko'zi ixtiyorsiz yumilib¬ochiladi. Ba'zida tilini ixtiyorsiz chiqaradi. Odam qo'li qaltiragani uchun xat yozishi buziladi. Ba'zi tushunmagan ota-onalar, hatto o'qituvchilar bunday kasal bolaga tanbeh berishadi. Vaholanki, bu tartibsiz harakatlar uning ixtiyoriga bog'liq emas. O'z vaqtida shifokorga murojaat qilib davolansa, bemor tez orada tuzaladi.
Bosh miya katta yarim sharlari
Bosh miya o'ng va chap yarim shardan iborat bo'lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Qadoqsimon tana nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular o'ng va chap yarim sharlaming bir-biri bilan aloqasini ta'minlaydi. Bosh miya yarim sharlari ikki qavatdan iborat: I) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavatining qalinligi 25-30 mm bo'ladi. Po'stloq tekis bo'lmasdan pushta va egatlardan iborat (8- rasm). Miya po'stlog'ining bunday tuzilishi unda nihoyatda ko'p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya po'stlog'ida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan. Qizig'i shundaki, miya po'stlog'i pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir xii, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo'l kafti chiziqlari singari xilma-xil bo'ladi. Agar miya po'stlog'ining pushta va egatlari yozib tekislansa,
uning umumiy sathi 1468-1670 sm' ni tashkil qiIadi. Miya yarim sharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlarga bo'linadi.
Miya po'stlog'i mikroskopda tek¬shirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo'lib joylashganligi aniqlangan (9- rasm):
8-rasm. Bosh miyaning tashqi ko`rinishi:
1-uzunchoq miya; 2-miyacha; 3-bosh miya yarim sharlarining ko`rinishi.

birinchi, ya'ni miya po'stlog'ining eng ustki qavati nerv hujayralarining kalta o'simtalaridan tashkil topgan;
- ikkinchi qavatida donasimon nerv hujayralari joylashgan;
- uchinchi qavatda piramidasimon hujayralar bo'ladi;
- to'rtinchi qavat yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralaridan iborat;
- beshinchi qavatni yirik piramidasimon hujayralar tashkil qiIadi; - eng pastki, ya'ni oltinchi qavatda duksimon nerv hujayralari
joylashgan.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining po'stloq sathi funksiyasiga ko'ra uchta zonaga bo'linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam tanasining barcha sezgi a'zolarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish kabi sezgi a'zolari retseptorlaridan impuls qabul qiladi.
Miya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to'plami muskullar, paylar, bo'g'imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi.
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to'qima va a'zolari bilan nerv yo'liari orqali bog'lanmagan, ular miya po'stlog'ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv markazlarini)
9-rasm. Bosh miya po`stlog`ining mikroskopik tuzilishi:
I-eng ustki qavat, nerv hujayralarining kalta o`simtalaridan tashkil topgan; II- donodor hujayralar; III-piramidasimon hujayralar; IV - yulduzsimon hujayralar; V - piramidasimon yirik hujaylar; VI-duksimon hujayrakar.
10-rasm. Bosh miya yarim sharlari po'stlog'ida oliy Derv markazlariniDg joylashuvi:
1- hid bilish; 2- yozuv (o'ng qo'l); 3- siypalash (o'ng qo'I); 4-eshitish; 5- gapirish; 6-hisoblash; 7- o'qish; 8- ko'rish; 9- siypalash (chap qo'l); 10- ohang, intonatsiya; 11- oriyentirlash (o'zi turganjoyni aniqlash); 12- geometrik shakllami aniqlash markazi.
bir-biri bilan bog'laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish a'zolaridan kelgan ta'sirni analiz va sintez qiIadi.
Bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining flziologik asosi hisoblanadi. Odamning flkrlashi, ongi, o'zlashtirishi, eslab qolishi, boshqalar bilan muomala qilishi, madaniyati, bilim olishi, hunar o'rganishi, murakkab harakatlarni bajarishi miya po'stlog'ining faoliyatidir.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. Chunonchi, po'stloqning ensa qismida ko'rish, chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari joylashgan (10- rasm). Miya po'stlog'i markazlaridaginerv hujayralari bosh miyaning pastki qismi va orqa miyadagi nerv markazlari bilan maxsus nerv yo'llari orqali bog'langan. Bu nerv markazlari esa o'z navbatida ishchi a'zolar (ko'z, quloq, muskullar va hokazo) bilan nerv tolalari orqali bog'langan. Shuni ta'kidlash kerakki, har bir a'zo nerv markazining miya po'stlog'ida egallagan o'rni uning ish faoliyati muhimJigiga qarab har xil bo'ladi. Masalan, odamning kundalik hayotida uning qo'l panjalari juda ko'p vazifani bajaradi. Shuning uchun ularning harakatini boshqaruvchi nerv markazi miya po'stlog'ida, hatto ko'krak, qorin, yelka qismlarining markaziga nisbatan ham kattaroq joyni egallaydi.
Yarim sharlar po'stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo'llari bosh miyaning quyi qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim shardagi nerv markazlari odam tanasining o'ng tomonidagi to'qima va a'zolar, o'ng yarim shardagi nerv markazlari esa tananing chap tomonidagi to'qima va a'zolar ishini boshqaradi.
Bosh miya yarim sharlarining ichki (po'stloq osti) qismi oq moddadan iborat bo'lib, u miya po'stlog'idagi nerv hujayralarining o'simtalaridan tashkil topgan. Ular miya po'stlog'ining turli qismlaridagi hujayralarni, ya'ni nerv markazlarini bir-biri bilan va bosh miyaning quyi qismidagi (miya stvolidagi) markazlar bilan bog'laydi.
Ma'lumki, gapirish qobiliyati barcha tirik mavjudotlar ichida odamda rivojlangan. Shuning uchun ham gapirish markazining joylashishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy gapirish markazi chap yarim shar po'stlog'ining chakka qismida joylashgan. Bu joydagi miya to'qimasi zararlansa, odam gapirish qobiliyatini yo'qotadi. O'ng yarim shar po'stlog'ining chakka qismida gapga ohang, intonatsiya berish markazi joylashgan. Bu markaz zararlansa, chap yarim shardagi gapirish markazi orqali odamning gapirish qobiliyati saqlanaveradi, lekin gapining ohangi, intonatsiyasi bo'lmaydi, ya'ni gap qo'pol bo'ladi. Bunday odam oldin eshitgan musiqalarni unutib qo'yadi, ya'ni musiqa ohangi farqini bir¬biridan ajrata olmaydi.
Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam tanasining barcha to'qima va a'zolari ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi
Vegetativ Derv sistemasi haqida umumiy tushuncha. XIX asrning boshida fransiyalik fiziolog F. K. Bishning taklifiga muvofiq, bajaradigan funksiyasiga ko'ra nerv sistemasi ikki qismga: somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo'linadi.
Somatik nerv sistemasi odam tanasining skelet muskullari, sezgi a'zolari ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki a'zolar (nafas olish, qon ayla¬nish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Skelet muskullaridagi moddalar almashinuvi jarayo¬ni ham vegetativ nerv sistemasi tomonidan, boshqariladi, bu muskullarning sezish va harakatlanish funksiyalari esa somatik nerv sistemasi orqali boshqariladi.
Somatik va vegetativ nerv markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, somatik nerv sistemasining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekis
joylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum qismlaridagina joylashgan.
Vegetativ nerv sistemasining tuzilishi. Vegetativ nerv siste¬masining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va 2-4- dumg'aza segmentlarida hamda bosh miyaning pastki qismJarida (uzunchoq va o'rta miyada)
joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o'z navbatida oraliq miyadagi gipotalamus, po'stloq ostidagi targ'il tanahamdabosh miyaning po'stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali boshqariladi. Vegetativ nerv tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog'onasi va ichki a'zolar atrofida joylashgan nerv tugunlariga boradi.
Vegetativ nerv siqtemasi ikki qismga: simpatik va parasimpa¬tik nerv sistemasiga bo'linadi (11- rasm). Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
11-rasm. Vegetativ Den sistemasi.
1- orqa miya; 2- umurtqa pog'onasi atrofidajoylashgan nerv tugunlari (orqa miyadan chiqqan simpatik nerv tolalarining birinchi qismi shu nerv tugunlarida tugaydi, ikkinchi qismi shu tugunlardan boshlanib, to'qimava a'wlarga boradi); 3- simpatik nerv tolalarining a'zolar bilan tutashgan uchlari; 4- parasim¬patik (adashgan) nerv tolasi; 5,6- adashgan nerv tolasining yurak, me'da, ichak atrofidagi tugunlari; 7- simpatik nerv
tolasining yurakka tutashgan uchi.

Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmen¬tigacha bo'lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko'rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog'onasi atrofida va tananing turli qismlarida
joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to'qima va a'zolarga 'boradi,
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchay¬tiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me'da va ichaklaming harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo'shashtirib, siydik yig'ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo'llarini (bronxlami) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko'z qorachig'ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miya¬ning pastki qismida (o'rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dumg'aza segmentida joylashgan. O'rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi a'zolarga boradi. Shuningdek parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki a'zolarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg'aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo'shlig'ining pastki qismida va chanoq bo'shlig'ida joylashgan a'zolarga boradi.
Parasimpatik nerv sistemasi yurak ishini sekinlashtiradi va kuchsizlantiradi, arteriya qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimni pasaytiradi, me'da va ichak harakatini kuchaytiradi, siydik qopi muskulini qisqartirib, siydik ajralishini ta'minlaydi, bronx hamda ko'z qorachig'ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik qismlari barcha ichki a'zolar, qon tomirlari hamda bezlar ishini boshqaradi. Binobarin, simpatik nervlar ba'zi a'zolaming ishini kuchaytirib, ba'zilarining ishini susaytiradi. Parasimpatik nervlar esa simpatik nervlarga nisbatan teskari ta'sir ko'rsatadi. Bu degan so'z, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to'qima va a'zolar funksiyasini zaruriyatga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizm ning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.
Nerv sistemasi kasalliklari
Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, ya'ni periferik va markaziy qismdan iborat. Ulaming kasalliklari ham o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Ma'lumki, periferik nerv sistemasiga nerv tugunlari va nerv tolalari kiradi. Nerv tugunining kasalligi ganglion it, nerv tolasining kasalligi nevrit yoki nevralgiya deb ataladi.
Nerv tugunining kasalligi, ya'ni ganglionit shamollash, o'pkaning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli kasalliklar, ya'ni gripp, ichburug', ich terlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi. Kasallangan nerv tuguniningjoylashuviga ko'ra, o'sha sohada va undan chiqadigan nerv tolasi ta'minlaydigan to'qima va a'zolar sohasida og'riq seziladi, mazkur a'zolarning ishi buziladi. Binobarin, bo'yinning yuqorigi nerv tuguni yallig'langanda bo'yin va bosh sohasidagi teri hamda muskullarda og'riq paydo bo'ladi. Bo'yinning pastki nerv tuguni yallig'langanda ko'krak qafasining yuqori qismi terisi, muskullar, qo'l terisi hamda muskullarida og'riq yuzaga keladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasida joylashgan nerv tugunlari yallig'langanda ko'krakning pastki qismidagi teri va muskullarda og'riq paydo bo'lishi bilan birga yurak ishi tezlashadi, unda og'riq seziladi, nafas olish tezlashadi hamda qiyinlashadi. Sezuvchi nerv tolalarining yallig'lanishi nevralgiya deb atala¬di. Bu shamollash, gri pp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning asorati tufayli sodir bo'ladi. Kasallangan nerv tolasi sohasida og'riq yuzaga keladi. Masalan, uchlik nervi yallig'langanda yuz, ko'z sohasida, tishlarda kuchli og'riq seziladi.
Harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig'lanishi nevrit deb ataladi. Uning sababi ham yuqoridagidek. Belgisi shundan iboratki; kasallangan nerv bilan ta'minlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi. Masalan, yuz nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni pastga osilib, og'izning chekkasi tortilib qoladi.
Umurtqa pog'onasining bel-dumg'aza qismlaridan chiqadigan nerv tolalarining zararlanishi bel-dumg'aza radikuliti deb ataladi. Bu kasallik shamollash yoki og'ir yuk ko'targanda umurtqalar orasidagi nerv tolalarining qisilishi natijasida yuzaga keladi. Bel dumg'aza sohasida og'riq paydo bo'ladi. Odamning o'tirib-turishi, harakatlanishi qiyinlashadi. Ba'zida o'tirg'ich nervi ham zararlanadi va ishioraoikulit kasalligi sodir bo'ladi. Bunday vaqtda qaysi tomondagi o'tirg'ich nervi kasallangan bo'lsa, o'sha oyoqning harakati qiyinlashadi, oyoqning orqa sohasida qattiq og'riq seziladi.
Ma'lumki, tanadagi hamma muskul tolalari mayda nerv tolalari bilan tutashib, nerv-muskul harakat birligini hosil qiladi. Bu haqda «Tayanch-harakatlanish sistemasi» mavzusida batafsil tushuncha berilgan. Odam biror jismoniy mashq bajarib, terlab turgan vaqtida birdaniga kiyimini yechsa, nerv-muskul tolalari shamollashi tufayli nevrit - miozit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Qovurg'a-oraliq mayda muskullar bu kasallikka ayniqsa beriluvchan bo'ladi. Shamollash tufayli bir necha minutning o'zidayoq odamning ko'krak qafasida, kuragining atrofida sanchiq paydo bo'lib, harakatlanishi, bukilishi, chuqur nafas olishi, hatto
yo'talishi qiyinlashadi. Shuning uchun sportchilar mashq bajarib terlagan vaqtda tezgina issiq kiyimni yelkalariga tashlab olishadi. Yuqoridagi kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq, odam asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilishi kerak.

Markaziy nerv sistemasining kasalliklari.
Bosh va orqa miyani ustidan o'rab turgan pardalarning yallig'lanishi meningit deb ataladi. Bu kasallikni ko'pincha meningokok deb ataluvchi mikroblar qo'zg'atadi. Bundan tashqari, u gripp, o'rtaquloqning yiringli yalliqlanishi, o'pka sili va zotiljam kasalliklari tufayli ham
sodir bo'lishi mumkin. Bunda bemorning boshi og'riydi, tana harorati ko'tariladi, ko'ngli aynib, qayt qiladi. Qo'l-oyoqlari va bo'yin muskullarining tarangligi ortadi. Xastalik og'ir kechganda bemor hushini yo'qotishi va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bosh miya to'qimasining yallig'lanishi ensefalit deb ataladi. Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini o`z vaqtida davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli yallig'lanishi va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastalikda be morning tana harorati ko'tariladi, umumiy ahvoli og'irlashadi, qo'l-oyoqlari qaltiraydi, yuz muskullari pirpiraydi, vaqt-vaqti bilan titrash, hushni yo'qotish holatlari sodir bo'ladi. Bosh miyaning yallig'langan sohasidagi nerv markazlarining faoliyati buzilishi tufayli ular tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolar ham falajlanib qoladi. Bunda muskullarningtarangligi ortib, bir tomondagi qo'l-oyoq tarashadek qotib,
harakatsizlanib qoladi. Yuz va qovoq muskullari falfijlanishi tufayli yuzning bir tomoni osilib, og'iz chakkasi tortilib, yuqorigi qovoqning osilib qolishi holatlari yuzaga keladi.
 
 
 
 
 
 
Orqa miya to'qimasining yallig'lanishi mielit deb ataladi. Bu kasallik ko'pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qo'zg'atadi va poliomielit kasalligiga sabab bo'ladi. Mielit - orqa miya nerv hujayralarining yallig'lanishi, poli - ko'p degan ma'noni bildiradi, ya'ni poliomielit orqa miya bir nechta segmentlari nerv to'qimasining yaIlig'lanishidir. KasaIlikning belgilari orqa miyaning zararlangan segmentlari tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolaming sezuvchanligi va harakatlanishi susayishi yoki butunlay yo' qolishidan iborat. Masalan, qo'l-oyoq muskullari ishini boshqaradigan nerv hujayralari zararlansa, mazkur qo'l va oyoqda oldin og'riq sezilib, so'ngra ular falajlanib qoladi. Muskullaming tarangligi yo'qolib, qo'l-oyoq lattadek osilib qoladi (bosh miya to'qimasi zararlanishi tufayli sodir bo'ladigan falajlikda esa qo'l- oyoq muskullarining tarangligi ortib, ular tarashadek qotib qoladi). Yuqoridagi xastalik belgilari sezilishi bilanoq asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilish kerak.
   
 

Hosted by uCoz