|
qiladi. Bu yosh organizmda
moddalar almashinuvi jarayoni keksalardagiga nisbatan ancha
faol o'tishini ta'minlaydi.
Organizmning ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklarning
miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy
xususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik xususiyati
gomeostaz deb atalib, u hujayralar vato'qimalarning normal ish
faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmning ko'pchilik organlar
sistemasi (nerv-endokrin, ovqat hazm qilish, qon ayla¬nish,
nafas olish, ayirish kabilar)ning birgalikdagi faoliyati orqali
ta'minIanadi. Shuning uchun ham organizmning barcha hujayralari,
to'qimalari, organlari va sistemalari yaxlit, bir butun bo'lib,
ular ish faoliyatida bir-biri bilan mustahkam bog'langan. Biror
organning ish faoliyati buzilsa (kasallik tufayli), ichki muhitning
nisbiy doimiyligi ham buziladi. Masalan, oshqozon¬ichak,
jigar, buyrak kasalliklarida ichki muhitning doimiyligi buziladi.
Natijada hujayra ichidagi, hujayra oraliq va qon suyuqligining
miqdori hamda kimyoviy tarkibi o'zgaradi. Bu esa o'z navbatida
barcha a'zolarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib,
kasallik belgilari yana ham kuchayishiga sabab bo'ladi.
!chki muhitning o'zgarishiga tashqi muhit sharoiti ham ta'sir
ko'rsatadi. Ma'lumki, Markaziy Osiyoning issiq iqlim sharoitida
yoz oylarida ko'p terlash, nafasning tezlashuvi natijasida kishi
organizmi ko'p suyuqlik yo'qotadi. Bu esa hujayra, hujayralararo
va qon suyuqlikIari miqdorining kamayishiga, ularning kimyoviy
tarkibi o'zgarishiga sabab bo']adi.
.Shuningdek, issiq vaqtda odam jismoniy mehnat qilganda ham
terlash orqali ko'p suyuqlik yo'qotadi. Shuning uchun bunday
sharoitda organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini saqlash
maqsadida terlash orqali yo'qolgan suyuqlik o'mi yetarli miqdorda
suv (suyuqlik) iste'mol qilish bilan to'ldiriladi. Ich ketish,
qusish va ko'p terlash natijasida organizmdan suv bilan birga
tuzlar ham yo'qotiladi. Shuning uchun iste'mol qilinadigan suvga
bir oz tuz qo'shilsa yoki mineral suv iste'mol qilinsa, ichki
muhit suyuqliklarining faqat miqdori emas, balki kimyoviy tarkibining
doimiyligi ham saqlanadi. Qon quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1. Qonning tashuvchilik vazijasi. Oshqozon-ichaklarda
hazmbo'lgan oziq moddalar (oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral
tuzlar, vitaminlar; suv) qon va limfa tomirlariga so'riIib,
qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Shuningdek, qon o'pkadan
kislorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi. Hujayralarda
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq (zaharli)
moddalar va karbonat kislota qonga o'tadi. Bu moddalar qon orqali
ayirish va nafas oIish organlariga yetkaziIib, tashqariga chiqarib
yuboriladi.
2. Qon barcha to 'qima va organlar funksiyasini gumoral
yo 'l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Endokrin bezlarda
sintez qilin¬gan gormonlar - biologik faol moddalar qonga
o'tib, u orqali to'qima va organlarga yetkaziladi va ular nerv
sistemasi bilan birga nerv-gumoral boshqarilishini ta'minlaydi.
3. Qon organizmni himoya qilish (immunitet) junksiyasini
bajaradi. Qon tarkibidagi leykotsitIar (oq qon tanachalari)
orga¬nizmga kirgan mikroblarni yutish, parchalash va eritib
yuborish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qon zardobida maxsus
oqsiI zar¬rachalar (antitelalar) bo'lib, ular mikroblarni
bir-biriga yopish¬tiradi va eritib yuboradi. Shunday qiIib,
qonning immunitetIik funksiyasi organizmning har xiI yuqumIi
kasaIliklardan saqla¬nishiga yordam beradi.
4. Qon tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok
etadi. Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi
natijasida hosiI bo'lgan issiqlik energiyasi tananing barcha
qismIariga
tarqalib, ulardagi harorat doimiyligini ta'minlaydi.
|
Qonning fizik-kimyoviy
xossalari |
Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq
- 1,050-1,060 ga teng. Qon plazmasining solishtirma massasi
1,025- 1,034, shaklli elementIarining solishtirma massasi
1,090 ga teng.
Ma'lumki, suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan. Qonning
yopishqoqligi 5,0 ga teng. Qonning yopishqoqligi suv¬nikiga
nisbatan yuqori bo'lishi tarkibidagi oqsil moddaIar va shaklli
elementlar, ayniqsa, eritrotsitlar miqdoriga bog'liq. Terlash,
qusish va ich ketish natijasida odam organizmi ko'p suv yo'qotsa,
qon quyuqlashadi, ya'ni plazmasining miqdori kamayib, shaklli
elementlarining miqdori ko'payadi. Bu esa qonning yopishqoqIigi
ortishiga sabab bo'ladi.
Qonning osmotik bosimi 7,6-S,1 atm ga teng. Uning 60% ini
qonda erigan natriy xlorid tashkil etadi. Osmotik bosim osmometr
yoki krioskop asboblari yordamida o'1chanadi. Qonning osmotik
bosimi qon biIan h,ujayralar ichidagi va hujayralar tashqarisidagi
suyuqliklarda suv va tuzlar almashinuvida muhim rol o'ynaydi.
Osh tuzining 0,9% Ii eritmasi odam va barcha issiqqonli hayvonIar
uchun ftziologik eritma bo'Iib hisoblanadi. Bundan yuqori
konsentratsiyali eritmasi qon uchun gi pertonik, past konsentratsiyali
eritmasi qonga nisbatan gipotonik eritmadir. Agar ozroq qon
osh tuzining gi pertonik eritmasi bilan aralashtirilsa, eritrotsitIar
ichidagi suv eritmaga o'tadi, chunki eritmaning osmotik bosimi
yuqori. Buning natijasida eritrotsitlar suvsizlanib, ularning
hajmi kichrayadi va burishib qoladi.Aksincha, qon osh tuzining
gipotonikeritmasi bilan aralashtirilsa, eritmadagi suv eritrotsitlar
ichiga kiradi va ular shi¬shib yoriladi. Bu hodisa gemoliz
deb ataladi.
Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish organlari¬ning
(buyraklar va teri) faoliyati orqali boshqariladi. Odam ko'proq
sho'r ovqat, tuzli ichimlik iste'mol qilganda, ko'p terlaganda
qonning osmotik bosimi oshadi. Lekin buyraklar siydik ajratishi
kamayishi tufayIi ma'lum vaqtdan keyin qonning osmotik bosimi
yana normaga keladi.
|
Qonning
tarkibi |
Probirkaga bir
tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada
bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki
qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil
rangdagi quyuq qismi - shaklli elementlarga ajraladi (1-rasm).
Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning
suyuq qismi, ya'ni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq
qismi, ya'ni shaklIi elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60%
ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementIar tashkil qiladi.
Qonning o'rtacha miqdori katta odamda 5 I bo'Iib, u tana massasining
o'rtacha 7% ini tashkil etadi. I kg tana massasiga o'rtacha
70 ml qon to'g'ri keladi. Bolalarda har I kg tana massasiga
to'g'ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko'proq
bo'ladi (5O-100 ml).
Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo'Iib, u murakkab
aralashmadir. Uning tarkibida oqsiIJar, yog'lar, uglevodlar,
mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan
holdagi gazlar (kislorod, kmTIonat angidrid kabilar) bo'ladi.
Plazma tarkibida o'rtacha 90-92% suv, 7¬8% oqsillar, 0,9%
tuzlar, 0,1% glyukoza, 0,8% yog'lar bo'ladi. Plazma kuchsiz
ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni pHi=7,4.
Qon plazmasi tarkibida or¬ganizmning hayoti - o'sishi va
rivojlanishi uchun zamr barcha oziq moddalar bo'lib, ular ovqat
hazm qilish organlaridan qonga so'riladi. Qonning doimiy harakati
natijasida bu moddalar hujay ralarga o'tadi va o'zlashtiriladi.
|
|
1 -rasm. Qonni tindirish bosqichi. 1- vena
tom!ridan endigina olinib probirkaga quyilgan qon; 2- pro¬birkada
bir Ol turgan qon; 3-sentrifugalangandan so`ng ikki qismga ajralgan
qon (yuqoridagi rangsiz qismi - qon plalmasi, pastki quyuq qismi
- qonning shaklli elementlari
bar qismi).
|
Moddalar almashinuvi
natijasida hujayralarda hosil bo'lgan qoldiq moddalar qonga
o'tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib
yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar
hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida
va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida
muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining
oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o'tishida
va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga
ega. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash
maqsadida qo'llaniladi. Bu qon va plazma sog'lom odamlardan
(donorlardan) olinadi. |
Qonning
shaklli elementlari |
Qonning shaklli elementlariga'eritrotsitlar,
leykotsitlar va trom botsitlar kiradi (2-rasm). Vlar qonning qUyuq
qismini tashkil etadi. |
2-rasm. Qonning shaklli elementlari.
1- eritrotsitlar; 2-8- leykotsitlarning har xii turlari; 2¬neytrofil
leykotsitlar; 3- eozinofil leykotsitlar; 4- bazofil leykotsitlar;
5,6,7- limfotsitlar; 8- monotsitlar; 9- trombotsitlar.
|
|
Eritrotsitlar
(qizH qon tanachalari). Eritrotsitlar suyaklarning ko'mik qismida
hosil bo'ladi. Yetilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi
singari yadro bo'ladi. Yetilgan eritrotsitlarda yadro yo'qoladi,
ya'ni odamning qoni tarkibidagi eritrotsitlar yadrosiz bo'ladi.
Vlar o'rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklga ega. I mm qonda 4-6
million, o'rtacha 5 million dona eritrotsit bo'ladi. Eritrotsitlarning
hosil bo'lishi va soni normal miqdorda bo'lishi odamning sog'lig'iga,
ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishiga, quyoshning
ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog'liq. Ayniqsa,
ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi
vitaminJar yetarli miqdorda bo'lishi zarur. Suyak ko'migida
hosil bo'lib, qonga o'tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida yashaydi.
So'ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi. Parchalangan eritrotsitlardan
ajralgan temir moddasi suyak ko'migida yosh eritrotsitlar hosH
bo'lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrostitlaming gemoglobini
tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib,
o't suyuqligi hosil bo'lishi uchun sarflanadi.
Eritrositslarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini
kislorod bilan ta'minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin
o'pkalardan kislorodni o'ziga biriktirip hujayralarga yetkazadi,
ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat
angidridni yana o'ziga biriktirib o'pkalarga olib boradi.
Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdo¬rining
kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalIikning
oldini olish uchun yuqorida aytilganidek, ovqat tarkibida oqsil,
temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishi, jismoniy
mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, nafas oladigan havoning
toza bo'lishi kabilar katta ahamiyatga ega.
Leykotsitlar (oq qon tanachalari). Leykotsitlar
yadroli qon hujayralari bo'lib, yadrosining shakliga va bo'yalishiga
qarab uch turga: monotsitlar - bir yadroli yirik leykotsitlar
limfocitlar - bir yadroli, lekin monotsitlardan bir oz maydaroq;
donador leykotsitlar, ya'ni granulotsitlarga bo'linadi. Bularning
yadrosi ko'p shaklli. I mm' qonda 6-8 ming dona leykotsit bo'ladi.
Leykotsitlar sonining ko'payishi leykotsitoz, kamayishi leykopeniya
deb ataladi. Leykotsitlar suyaklaming ko'mik qismida va taloqda
(limfotsitlar) hosil bo'ladi. Leykotsitlarning asosiy vazifasi
organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga
kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisafagotsitoz
deb ataladi. Leykotsitlarning bu xossasini atoqli rus olimi
I. I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda
leykotsitlarning soni ko'payib, I mm qonda 10-20 mingga yetadi
va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va
sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og'ir mehnatdan
charchasa, su¬runkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykotsitlar
soni ka¬mayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan
dalolat beradi.
Trombotsitlar (qon plastinkalari). Trombotsitlar
suyaklarning ko'mik qismida va taloqda hosil bo'ladi. Yadrosi
bo'lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining
yadrosi bo'ladi. I mm' qonda 300-400 ming dona trombotsit bo'ladi.
Ular leykotsitlarga o'xshab 2-5 kun yashaydi. Trombotsitlarning
aso¬siy vazifasi qonning ivishini ta'minlashdan iborat.
Ular sonikamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning
ja¬rohatlanishi juda xavt1i, chunki qon oqishini to'xtatish
qiyin bo'ladi. Salgina urilish, turtinish natijasida badanda
ko'karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o'z-o'zidan burundan
qon kelishi mum¬kin. Shuning uchun trombotsiti kamaygan
odam har xii shikas¬tIanishlardan saqlanishi kerak. Trombotsit
tarkibida serotonin moddasi bo'lib, u qon tomirlarini
toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish
xossasiga ega.
Qonning ivishi. Qonning ivishi - organizmning
muhim himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli
jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo'qotishdan saqlaydi.
Qonning ivish xossasi o'zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam
sog'lig'iga katta xavf tug'diradi, chunki organizm ko'p qon
yo'qotishi mumkin.
Qonning ivishi murakkab biologik jarayon bo'lib, bunda quyi¬dagi
omilIar ishtirok etadi: qon plazmasidagi fibrinogen (oqsil modda)
mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga (fibringa) aylanadi.
Fibrin tolachalari qon tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan)
joyida to'r hosil qiladi va unga qonning shaklli. c1ementlari,
ayniqsa trombotsitlar ilinib, to'siq hosil bo'ladi. Na¬tijada
qon oqishi to'xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin fermenti,
Ca ionlari, K vitamin va qonning antigemofil omili muhim rol
o'ynaydi.
Sog'lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba'zi odamlar qon
plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega
bo'lgan biologik modda - antigemofil omil yetarli bo'lmaydi.
Bu kasalIik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya'ni ota¬onadan
bolaga o'tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada
bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko'p
qon yo'qotish mumkin. Bundan tashqari, trombotsitlarning soni
kamayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K vitaminning miq¬dori
yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
|
Qon guruhlari |
1901-yili avstriyalik
olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli
odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan
farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrotsitlari tarkibida
agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari bo'lib,
ularning har biri kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga bo'linadi,
ya'ni agglyutinogen A va B, agglyutinin a va {3. Binobarin,
bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xii belgiJi
modda bo'lmasJigi kerak, ya'ni agglyutinogen A va agglyutinin
a yoki agglyutinogen B va agglyutinin {3. Normada agglyutinogen
A va agglyutinin {3 yoki agglyutinogen V va agglyutinin a bo'Jishi
mumkin. Agglyutinogen A va V bo'lgan qonda agglyutininlar umuman
bo'lmaydi. Aksincha, agglyutinin ava {3bo'lgan qonda agglyutinogenlar
umuman bo'lmaydi. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt
guruhga bo'linadi.
I guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo'lmaydi
plazmada agglyutinin ava {3 bo'ladi.
Il guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin
{3 bo'ladi.
m guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin
a bo'ladi.
IV guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A va B bo'lib, plazmada
agglyutinin umuman bo'lmaydi.
Ounyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini
aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar
ahoJining o'rtacha 40% ini, Il guruh - 39% ini, III guruh -
15% ini va IV guruh - 6% ini tashkil etadi.
1940-yiJi K. Landshteyner va Viner qoii'ning eritrotsitlarida
agglyutinogen A va V dan tashqari, yana bir modda borligini
aniqlab, uni rezus ami! (Rh-omil) deb atadilar. Bu omil 85%
odamlar qonida bo'ladi va ular rezus musbat qonJi odam deb ataladi,
15% odamlarning qonida bu omil bo'lmaydi. Ular rezus manfiy
qonli odam-deb ataladi. Rezus musbat qon rezus manfiy qonJi
odamga quyHsa, birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya
ro'y bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida quyilgan
rezus musbat qonga qarshi antitelalar (organizmda yot moddaga
qarshi hosH bo'lgan, maxsus himoya xossasiga ega bo'lgan oqsil
zarrachalari) hosH bo'ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus
musbat qon quyilsa, uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro'y
beradi.
Qon guruhlari va rezus omil nasldan-naslga o'tadi. Agar er¬kakning
qoni rezus musbat bo'Jib, ayolning qoni rezus manfiy bo'lsa,
bino bo'lgan homilaga (bolaga) qon onadan o'tsa, uning qoni
rezus manfiy bo'ladi. Bunday bola sog'lom tug'iladi. Aksin¬cha,
rezus musbat qon bolaga otadan o'tsa, uning qoni ham otasinikiga
o'xshab rezus musbat bo'ladi. Natijada ona va bolaning qoni
bir-biriga to'g'ri kelmaganJigi uchun bunday bola gemoJitik
kasallik bilan tug'iladi. Uning terisi va ko'zlari sariq, jigar
va talog'i kat¬talashgan, qorni shishgan, tug'ilgan vaqtdan
boshlab umumiy ahvoJi og'ir bo'ladi. Oavolash uchun bolaga qon
quyib, qoni almashtiriladi.
Qun quyish. Og'ir shikastlanganda va ko'p qon yo'qotilganda
uzoq davom etadigan og'ir kasallikJarda bemorni davolash uchun
qon quyish kerak bo'ladi. Bunda birinchi guruh qonni .hamma
guruhga quyish mumkin. Birinchi guruh qonli odamlar qonini barcha
guruhdagi qonli odamlarga berishi mum kin. Shuning uchun ular
universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor,
boshqalardan qon oluvchi odam retsipient deb ataladi).
lkkinchi guruh qonli odamlar ikkinchi va to'rtinchi guruh qonli
odamlarga, uchinchi guruh qonli odamlar uchinchi va to'rtinchi
guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin. To 'rtinchi guruh
qonli odamlar faqat shu guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin,
lekin o'zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal
retsipient deb ataladi.
Bemorga qon quyish o'ta mas'uliyatJi ish hisoblanadi. Agar qon
guruhi noto'g'ri aniqlansa, bemor qon guryhiga to'g'ri kelmay¬digan
qon quyilsa, donor qonining eritrotsitlari bilan bemor qonining
eritrotsitlari bir-biriga yopishib qoladi, ya'ni agglyutinatsiya
hodisasi ro'y beradi. Bunday hodisa ro'y berganida bemorning
ahvoli birdaniga og'irlashadi, rangi oqarib, lablari ko'karadi,
tanasi sovub qaltiraydi. Badanida qizil toshmalar paydo bo'ladi,
nafas olishi qiyinlashadi. Agar bunda zudlik biJan yordam ko'rsatilmasa,
bemor halok bo'lishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida keyingi
yillarda faqat bir xii guruhdagi qon quyishga o'tish tavsiya
etilmoqda.
|
Turli qon guruhlarining
bir-biriga mos kelishi |
Quyidagi
qon guruhlari bo'lgan odamlar |
Quyidagi
guruhlarga qon berishi mumkin |
Quyidagi
guruhlardan qon qabul qilish mumkin |
I |
I.II.III.IV |
I |
II |
II.IV |
I.II |
III |
III.IV |
I.III |
IV |
IV |
I.II.III.IV |
|
Donorlik. Donorlik
har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir
sog'lom yigit va qiz, ayol va erkak donor bo'la oladi.
Mamlakatimizda yuz minglab kishilar donorlardir. Ayniqsa, fashizmga
qarshi kurash yillarida minglab. odamlar. ixtiyoriy ravishda
qon topshirib, ko'plab yaradorlarning hayoti saqlab qoli¬nishiga
va ular qaytadan safga qaytishiga hissa qo'shganlar. Hozirgi
vaqtda ham minglab donorlar ko'plab bemorlarni davolashga, ularning
hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar.
Qadimgi Yunoniston, Misr, Rimda bemorlarni davolashda qonning
ahamiyatini bilishgan. O'sha davrning tabiblari bemor¬larga
boshqa odam qonini quyganlar, lekin ularda qon guruhi haqida
tushuncha bo'lmaganligi sababl[ qonquyish taxminiy bajarilgan.
Shl.ning uchun ayrim hollardagina quyilgan qon bemor qoniga
to'g'ri kelib, yaxshi natija bergan bo'lsa, ko'pincha qon guruWari
to'g'ri kelmasligi yomon oqibatlarga sabab bo'lgan. Chunonchi,
Rim papa si Innokentiy VIII yosharish maqsadida uchta yigitning
qonini quyishni buyurgan. Lekin u qon quyish natijasida halok
bo'lgan. Qon guruWari aniqlanguncha qon quyish sohasidagi barcha
urinishlar yaxshi natija bermagan. |
|
Immunitet |
Yuqumli
kasalliklar |
Odam organizmiga
kasallik qo'zg'atuvchi turli (patogen) mik¬roblar, viruslar,
zamburug'lar va boshqalar kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga
keladigan xastaliklar - yuqumli kasalliklar deb ataladi. Yuqumli
kasalliklarni mikroblar qo'zg'atishi fransuz olimi Lui Paster
(1822-1895) tomonidan aniqlangan. Hozir mikroblaming 1500 ga
yaqin, viruslarning 100 dan ortiq turlari ma'lum. Ular tuproqda,
suvda, ,havoda keng tarqalgan bo'lib, ko'p turlari ma'lum sharoitdaodamda
har xil yuqumli kasalliklarni qo'zg'atadi.
Mikroblar va viruslar odam organizmiga turli yo'l bilan: - havo-nafas
organlari orqali;
- oziq-ovqat, suv, meva, sabzavotlar, yuvilmagan idish-tovoq
qo'lni yuvmasdan ovqatlanganda hazm organlariga kiradi;
- teri orqali, ya'ni teri qirilganda, kesilganda, kuyganda jarohatlangan
joyga mikroblar tushib, qon orqali organizmga tar¬qaladi;
- jinsiy aloqa orqali;
- kasal odamning qoni yoki qon plazmasi bemorga quyil ganda;
|
- yaxshilab sterillanmagan
shprits bilan ukol qilinganda;
- kasal hayvon va parrandalar mahsuloti (go'sht, sut, tuxum)
ni yaxshi pishirrnasdan iste'mol qilinganda;
- quturgan it, mushuk, sichqon, qoramollarning tishlashi, so'lagi
orqali;
- kasallangan hasharotlar (burga, bit, kana, chivin kabilar)
chaqqanda kirishi mumkin.
Organizmning himoyalanish xususiyatlari. Odam organizmi mikroblar,
viruslar va kasallik qo'zg'atuvchi boshqa parazit larda o'zini
himoya qilish xususiyatiga ega. O'zini himoya qilish usullari
bir necha xiI bo'lib, ular quyidagilardan iborat. Organizm o'zini
himoya qilishining birinchi. bosqichi teri, burun, nafas yo'llari,
ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq pardasi hisoblanadi.
Teri tashqi mUhitning. noqulay ta'sirlaridan, mikroblar,viruslar
va parazitlarni organizmga kirishidan saqlaydi. Ammo teri kirlansa,uning
himoya funktsiyasi buziladi. Bundan tashqari, shilinish, timdalanish,kesilish
kabi jarohatlanisWar ham terining himoya funktsiyasiga zarar
yetkazadi.Jarohatlangan joyda rnikroblar yashashi va ko'payishi
uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Shuning uchun bu joy qizaradi,
shishadi va yiringlaydi. Ba'zida esa jarohatda ko'paygan |
|
IIya Ilich Mechnikov
(1845-1916). |
mikroblar qonga
o'tib, butun tanaga tarqaladi va sepsis kasalligi yuzaga keladi.
Bunda bemor tanasining harorati ko'tariladi, boshi og'riydi,
jigari, buyraklari, yuragi va miyasi mikroblar ta'sirida yaIlig'lanishi
tufayli uning umumiy ahvoli og'irlashadi. Shuning uchun teri
doimo toza bo'lishi, jarohatlanmasIigi va mabodo yengil shikastlansa,
darhol unga yod yoki brilliant yashili surtish hamda shifokorga
murojaat qihsh kerak.
Nafas yo'llari (burun, hiqildoq, traxeya, bronxlar) ichini qoplagan
shilliq parda mikroblar va viruslarni ichki to'qimalarga, qonga
o'tkazmay, himoya vazifasini bajaradi. Bu shilliq pardalardagi
mayda tukchalar havo bilan kirgan mikroblarni tutib qoladi.
Og'iz bo'shlig`idagi so'lak, oshqozon va ichaklar shirasi mik¬roblarni
kuchsizlantirish, eritib yuborish xususiyatiga ega bo'Iib, ular
ham organizmni himoya qiIish vazifasini bajaradi.
Organizm himoyalanishining ikkinchi bosqichida qonning leykotsitlari
(oq qon tanachalari) xizmat qiladi. Yuqdrida aytilganidek, leykotsitlar
odam tanasiga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuborish xususiyatiga
ega. Bu fagotsitoz deb ataladi. Bu hodisani 1893-yiJda rus oIimi
I. I. Mechnikov (1845-1916) ixtiro etgan.
Leykotsitlarning organizmni yuqumli kasalliklarni qo'zg'atuvchi
mikroblardan himoya qilish xususiyati ana shundan ham yaqqol
ko'rinib turibdiki, yuqumli kasalliklar bilan xastalangan bemorlar
qonida leykotsitlarning soni ko'payadi, ya'ni normada 6-8 ming
bo'lsa, kasaIlikda 10-12 mingga yetadi va undan ham oshishi
mumkin. Bu hodisa organizm mikroblarga qarshi kurashish va kasaUiklardan
qutulish uchun o'zini himoya qilish imkoniyatlarini safarbar
qilganligini ko'rsatadi. Organizmning yuqumIi kasalliklardan
himoyalanishininr, uchin chi bosqichi antitelalar va antitoksinlar
ishlab chi qarilishi hisoblanadi. Bular organizmning maxsus
to'qimalarida ishlab chiqariladi. Antitelalar organizmga kirgan
mikroblarni birbiriga yopishtirib, eritib yuboradi. Antitoksinlar
esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalab neytrallaydi.
Odam organizmining antitela va antitoksinlar ishlab chiqarish
va ular orqaIi yuqumli kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblarga
qarshi kurashish, o'zini himoya qilish xususiyati immunitet
deb ataladi.Ikki xil, ya'ni tug'ma va orttirilgan bo'ladi. Tug'ma
immunitet onadan bolaga o'tadi. Lekin u doimiy bo'lmaydi va
bolaning bitinchi yoshidayoq o'z kuchini yo'qotadi. Odamning
hayoti davomida orttirilgan, ya'ni uning o'z organizmida ishlab
chiqarilgan immunitet (antitela va antitoksinlar) o'z navbatida
ikki xii bo'ladi: tabiiy va sun'iy immunitet. Tabiiy immunitet
odam biror yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalishi natijasida
hosil bo'ladi. Shuning uchun ba'zi yuqumli kasalliklar bilan
odam faqat bir marta kasallanadi, ya'ni birinchi marta kasallanish
davrida uning organizmida bu kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob
yoki virusga qarshi immunitet hosil bo'ladi. Bu immuriitet uning
butun umri davomida saqlanadi. Masalan, qizamiq, tepki, chechak,
bo'g'ma, ko'kyo'tal kabi yuqumli kasalliklar bilan odam faqat
bir marta kasallanadi. Sun'iy immunitet sog'lom odamni emlash
natijasida uning organizmida hosil qilinadi. Emlash uchun maxsus
laboratoriyalarda kasaIlik qo'zg'atuvchi mikroblar va viruslarni
kuchsizlantirish yo'li bilan vaktsinalar tayyorlanadi. Bu vakcinalar
bilan emlash natijasida ular tarkibidagi kuchsizlantirilgan
mikroblar yoki viruslarga qarshi organizmda immunitet (antitelalar
va antitoksinlar) hosil bo'ladi. Shuning uchun emlangan odam
organizmiga bu kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob yoki virus kir¬ganda
ham u kasallanmaydi. Hozirgi vaqtda bolalar va o'smirlar sil,
poliomielit (bolalar falaji), bo'g'ma, ko'kyo'tal, qoqshol,
qizamiq, tepki kasalliklariga qarshi emlanadi. Bulardan tashqari,
zaruriyat tug'ilganda ich terlama, qora chechak, vabo va boshqa
yuqumli kasalliklarga qarshi ham emlanadi. Yuqorida aytilgan
tabiiy va sun'iy immunitet organizmning o'zida ish lab chiqariladi,
shuning uchun ular fool immunitet deb ataladi. Bulardan tashqari,
passiv immunitet ham bo'ladi. Emlash yo'li bi1an ba'zi sog'lom
donorlarda ayrim kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblar va ulaming
zaharIi moddalariga qarshi immunitet hosil qilinadi. Ularning
qonida antitelalar va antitoksinlar ko'p miqdorda bo'ladi. Bu
donorlarning qoni yoki uning zardobi tarkibidagi tayyor holdagi
antitela va antitoksinlar boshqa odam organizmiga yuborilsa,
uning uchun bu passiv immunitet bo'lib hisoblanadi. Ba'zj og'ir
kasallangan bemorlarni davolash maqsadida ana shunday usuldan
foydalaniladi. Yuqumli kasalliklarni mikroblar keltirib chiqarishini
birinchi bo'lib fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) aniqlagan.
U 1879-yilda tovuqlarda vabo kasaIligini qo'zg'atuvchi mikroblami
aniqlab, shu mikroblarni kuchsizlantirilgan holda tovuqlar tanasiga
yuborib, ulami kasallikdan saqlash chorasini topgan. Shunday
qilib, Paster yuqumli kasalliklardan saqlanishda emJash usulini
yaratgan.
Mashhur rus olimi I. 1. Mechnikov Rossiyada birinchi bo'lib
quturish, kuydirgi va boshqa kasallikJarning oldini olish uchun
vaksina va qon zardoblarini tayyorlab qo'llagan. O'sha davrdagi
amaldoriar Mechnikov ilmiy ishlarining mohiyatini to'g'ri tushunmasdan,
uni tazyiq ostiga olganlar. U Lui Pasterga yordam so'rab murojaat
qiladi. 1887-yilda Mechnikov Parijga boradi va Lui Pastel tashkil
qilgan institutda 28 yil davomida immunitet sohasida ilmiy ish
olib boradi. Paster vafotidan keyin uning institutiga rahbarlik
qiladi. Fagotsitoz, immunitet sohasidagi ilmiy ishlari uchun
1908-yilda unga Nobel mukofoti berilgan. OITS (orttirilgan immunitet
tanqisligi sindromi), ruscha nomi SPID (sindrom. priobretennogo
immunnogo defitsita) hozirgi vaqtda jahon jamoatchiligini tashvishga
solayotgan eng xavfli xastalikdir. OITS birinchi marta 1981-yilda
AQSHda ro'yxatga olingan. Kasallikning qo'zg'atuvchisi VICH
(virus immunodefitsita cheloveka, o'zbekcha odamda immunitet
tanqisligi virusi) deyilib, uni 983-yilda fransiyalik olim L.
Montane aniqlagan. VlCH sog' odamga OITS bilan xastalangan bemordan
hamda
tanasida shu virusni tashib yuruvchi, ya'ni hozircha o'zida
kasallik belgilari yuzaga kelib ulgurmagan odamdan yuqadi. Yuqish
yo'llari: jinsiy aloqa, o'pishish, tishlash, sterillanmagan
shprits, igna, stomologiya, ginekologiya, jarrohlik asboblari,
kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon zardobini
qo'llash.
Virus sog' odamga yuqqanidan to kasallik belgilari paydo bo'lgungacha
davr infeksiyaning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu
davrda viruslar odam tanasidagi limfa tugunlariga joylashadi.
So'ngra oq qon tanachalari bo'lmish limfotsitlar ichiga kirib
qon orqali tana bo'ylab tarqaladi. Ma'lumki, limfotsitlar odam
organizmining immunitet, ya'ni mikroblar va viruslardan himoyaIanish
qobiliyatini ta'minlaydi. OITSni qo'zg'atuvchi viruslar (VICH)
limfotsitlarni zararlab, kuchsizlantirib, yemirib, sonini kamaytirib
organizmning immunitet qobiliyati kuchsizlanishiga, hatto butunlay
yo'qolishiga olib keladi. Natijada OITS kasalligi belgilari
paydo bo'ladi. VICH-infeksiyani, yashirin davri10 yilgacha va
undan ko'p bo'lishi mumkin. Bu davrda o'ziga virusni yuqtirib
olgan odam o'zidagi viruslarni boshqalarga yuqtirib yurishi
mumkin. Maxsus tekshiruvdan o'tmaguncha o'ziga virus yuqtirib
olganligini mazkur odamning o'zi bilmasligi mumkin.
OITS ning belgilari. Jag' osti, bo'yin, qo'ltiq osti, chov sohasidagi,
nafas yo'llari (bronxlar) va ichaklar atrofidagi limfa tugunlari
kattalashadi. Terida yiringli yaralar paydo bo'ladi, vaqti-vaqti
bilan tan a harorati ko'tariladi. VICH-infeksiya immunitet tanqisligini
vujudga keltirgani sababli OITS bilan kasallangan bemor angina,
gripp, sil (tuberkulyoz), pnevmoniya, salmonellyoz, sepsis kabi
kasalliklarga tez beriluvchan bo'ladi va shu kasalliklar tufayli
hayotdan ko'z yumadi.
|
|
|
|