|
ichaklarning
shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda oshqozon osti bezidan
ishlab chiqariladi.
Fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida ovqat tarkibidagi oqsillarning
parchalanishidan aminokislotalar, yog'larning par¬chalanishidan
glitserin va yog' kislota, uglevodlarning parchalanishidan monosaxaridlar
hosil bo'ladi. Ular oshqozon-ichakJar devoridagi qon va limfa tomirlariga
so'riladi.
LP. Pavlovning ovqat
hazm qilish a'zolari funksiyasini o'rganishning ahamiyati |
LP. Pavlovdan ilgari ovqat
hazm qilish funksiyasini o'rganishda o'tkir usul qo'llanilgan.
Bunda tekshiriladigan hayvon operatsiya qilinib, shuoperatsiya
vaqtida me'da, ichak kabi a'zolari funksiyasi o'rganilgan. Lekin
operatsiyaning o'zi sag'lom hayvonda ham og'riq va kasallikni
yuzaga keltirganligi sababli olingan natijalar aniq bo'lmagan.
1842-yilda moskvalik jarroh V. A. Basov birinchi bo'lib, me'daning
shira ajratishini o'rganish uchun itlarda operatsiya yo'li bilan
me'daga fistula, ya'ni zanglamaydigan metalldan yasalgan naychao'rnatish
usulini qo'lladi. It operatsiyadan tuzalgandan keyin ham uzoq
vaqt davomida uning me'dasi shira ajratishni o'rganishga imkon
berdi. Lekin Basov usulining kamchiligi shundaki, me'da shirasiga
ovqat aralashib qolishi tufayli shira tarkibidagi fermentlarni
toza holda ajratib, ularning fiziologik xossalarini to'liq o'rganishning
iloji bo'lmadi.Pavlov me'daning shira ajratishini o'rganish
usulini yuqori darajada takomillashtirdi. U me'da shirasini
toza holda olish maqsadida soxta ovqatlantirish operatsiyasini
yaratdi. Buning uchun u operatsiya yo'li bilan me'daga fistula
o'rnatdi va unga ovqat tushib shiraga aralashmasligi uchun qizilo'ngachni
kesib, uning ikkala uchini itning bo'ynidan tashqariga chiqarib,
terisiga tikib qo'ydi. Natijada it ovqatlanganda uning og'iz
bo'shIig'idagi ta'm biluvchi retseptorlar |
|
1-rasm. 1- V.A. BasQvning medaga fistula
qo'yish usuli; 2- IP. Pavlovlling soxta ovqatlantirish operatsiyasi
yordamida oshqozon shirasini o'rganish. |
|
|
|
2-rasm. IP. Pavlovning .kichik me'da. hosil
qilish usuli |
3-rasm. IP. Pavlomiug so'lak bellariga fistula
qo'yish usuli. |
|
orqali miyaning
ovqatIanish nerv markazlari qo'zg'alib, refleks yo'li bilan
me'dadan ajralgan shira fistula orqali idishga yig'ib olinadi.
Uning tarkibi, miqdori o'rganiladi. Ovqat qizilo'ngach orqali
tashqariga chiqadi, ya'ni u me'daga tushmaydi (1-rasm). I. P.
Pavlov bu usulni yana ham takomillashtirib, operatsiya yo'li
bilan itning me'dasida "kichik me'da" hosil qilish
usulini yaratdi (2-rasm). Shuningdek, u operatsiya yo'li bilan
jag' osti, quloq oldi bezlariga ham fistula o'rnatib, ulardan
ajraladigan so'lakning miqdori va tarkibini o'rganish usullarini
ishlabchiqdi (3-rasm).Ovqat itning og'ziga tushgach, u ta'm
bilish retseptorlariga ta'sir qilib, me'dadan shira ajralishi
shartsiz refleksni yuzaga keltiradi. It ovqatni yemasdan turib,
uni ko'rganida yoki hidini sezganida ham ko'rish va hid sezish
retseptorlari orqali uning miyasidagi ovqatlanish markazi qo'zg'aladi
va me'da shirasi ajraladi. Bu ovqatlanishning shartli refleksi
deb ataladi. Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish
organlari vazifasini faqat shartsiz reflekslar hosil qilish
yo'li bilan emas, balki shartli reflekslar hosil qilish yo'li
bilan ham o'rgandi.
Odam bir marta ta'mini tatib ko'rgan ovqatni ko'rsa, hidini
sezsa, hatto nomini eshitsa yoki eslasa ham, uning og'zida so'lak
ajrala boshlaydi. Ayniqsa, mazali va nordon ovqatlar hidini
sezganda va eslaganda bu jarayon kuchli bo'ladi. Bu ana shu
ovqatlarning mazasiga nisbatan shartli refleks hosil bo'lganini
ko'rsatadi. Pavlovning ovqat hazm qilish a'zolari fiziologiyasini
o'rganishdagi ilmiy ishlari yuqori darajada baholanib, 1904-yilda
unga Nobel mukofoti berilgan.
|
Ovqat hazm
qilish a'zolarining tuzilishi va vazifasi
Ovqat hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i,
halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka
va yo'g'on ichaklar hamda oshqozon osti bezi va jigar kabi organlardan
tashkil topgan (4-rasm).
Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo'lib,
ular og'izning kirish qismini hosil qiladi. Lablar juftlashganda
og'izning kirish qismi yopiladi.
Og'iz bo'shlig'i ovqat hazm qilish sistemasining boshlang'ich
qismi bo'lib, unda tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari
joylashgan. Og'iz bo'shlig'ida oziq moddalar aksariyat fizik
va qisman kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi (5, 6-rasmlar).
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil
bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar - 32 ta. Sut tishlari
bolaning |
|
4-rasm. Ovqat hazm qilish a'zolari:
1- tomoq-halqum; 2- quloq oldi so'lak bezi; 3- qizilo'ngach; 4-
me'da; 5- o'n ikki barmoq ichak; 6 - jigar va o't pufagi; 7-me'da
osti bezi; 8 - ingichka ichak; 9¬ko'richak; to - ko'richakning
chuval-simon o'simtasi; 11 - yo'g'on ichak; 12- to`g`ri ichak. |
olti oyligidan
ikki yoshigacha chiqadi. Sog'lom bola bir yoshga to'lganida
uning 8 ta, ikki yoshga to'lganida - 20 ta sut tishi bo'ladi.
Bola olti yoshligidan to o'n ikki yoshigacha sut tishlari tushib,
ularning o'rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlar soni
32 ta bo'lib, yuqori va pastki jag'da 16 tadan, jag'larning
o'ng va chap tomonida 8 tadan |
5-rasm. Og'iz bo'shlig'i:
1- yuqorig'i jag' tishlar; 2- pastki jag' tishlar; 3- tomoqdagi
bodomsimon bez; 4- til; 5- yumshoq tanglayning tilchasi; 6- umshoq
tanglay; 7- qattiq tanglay.
|
|
|
6-rasm. Katta oziq tishning
tuzilishi: 1- emal qavati; 2- dentin qavati; 3- sement qavati;
4- qon tomirla¬ri; 5- nerv tolalari. |
7-rasm.
Kasallangan tishlar:
1- sog' tish; 2- tishning kariyes kasalligi; 3- tishning pulpit
kasalligi; 4- tishning nekraz kasalligi. |
|
bo'ladi. Shulardan
oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik
oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning
28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya'ni yuqori va pastki
jag'lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql fishlar) 18 yoshdan
keyin chiqadi. Tish uch qismdan iborat; tish toji (koronka),
bo'yni va ildizi. Tishning ko'rinib turgan tashqi qismi koronka
deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga
qattiqlik xususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan
joyi uning bo 'yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag'
suyaklariga birikkan bo'ladi. Tishning ichki qismida bo'shliq
bo'lib, u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan. Zararlangan
tish o'z vaqtida davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga
o'tib, yurak, buyrak, jigar va miya kabi hayotiy muhim organlarda
og'ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin (7-rasm). Tishlarning
sog'lom bo'lishi ovqatni chaynash, yutish va hazm qilish, nutqning
rayon bo'lishi, so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishda ham muhim
ahamiyatga ega. Tishni sog'lom saqlashda gigiyena qoidalariga
amal qilish zamr. Tish sog'lom bo'lishi uchun eng avvalo uning
emal qavatini ehtiyot qilish zarur. Buning uchun tishda danak,
yong'oq kabilarni chaqmaslik, qattiq buyumlarni tishlamaslik
kerak, unga kislotali moddalarni tekkizmaslik, issiq ovqat ketidan
tezda sovuq ichimlik yoki ovqat iste'mol qilmaslikzarur. Tishni
mustahkam saqlash uchun ovqat tarkibida yetarli miqdorda vitaminlar
va mineral tuzlar bo'lishi lozim. Buning uchun ko'proq har xil
ko'katlar (piyoz, sarimsoq, ukrop, shivit kabilar), sabzavot
va mevalarni muntazam iste'mol qilib tmish lozim. Shirinliklarni
ko'p iste'mol qilish tishlarning yemirilishiga sabab bo'ladi,
chunki shirinlik ikroblarning ko'payishi uchun qui ay sharoit
yaratadi. Tishni kasallanishdan saqlash uchun og'iz bo'shlig'ida,
tishlar orasida ovqat qoldiqlari qolishiga yo'l o'ymaslik kerak,
chunki ular mikroblar o'payishiga qulay sharoit yaratadi. Har
kuni uxlash oldidan tishni tish pastasi yoki poroshogi bilan
yuvish lozim. Shuningdek, ovqat iste'mol qilgandan keyin og'izni
iliq suv bilan chayish zarur. Tishning salgina zararlanganligi
ma'lum bo'lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak. Til
og'iz bo'shlig'ida joylashgan, muskuldan tashkil topgan a'zo
bo'lib, u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o'tkazish va uning
ta'mini aniqlash vazifasini bajaradi. Tilning eng muhim vazifalaridan
biri so'zlarning rayon talaffuz qilinishini ta'min¬lashdir.
Til uch qismdan: ya'ni, uchi, tanasi va ildizdan iborat. Tilning
ustini qoplagan shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari
bo'lib, uning uchida asosan shirin, ildiz qismida achchiq, yon
tomonlarida sho'r va nordon ta'mlarni sezuvchi retseptorlar
bo'ladi.
|
Og'iz
bo'shlig'ida ovqat hazm bo'lishida so'lak bezlarining ahamiyati.
Og'iz bo'shlig'iga uch juft: til osti, jag' osti, quloq
oldi so'lak bezlarining kanalchalari ochiladi. Bu bezlardan
ajralgan so'lak og'iz bo'shlig'iga quyilib, ovqatni ho'llab,
uning yutilishini qulaylashtiradi. So'lak tarkibida uglevodlarni
parchalovchi ptialin fermenti bo'ladi. Shuning uchun non og'izda
ko'proq chaynalsa, shirin maza beradi. So'lak tarkibida lizotsim
degan modda bo'lib, u og'iz bo'shlig'iga tushgan mikroblarni
eritib yuborish xususiyatiga ega.
Halqum burun va og'iz bo'shlig'ining davomi
bo'lib, u shilliq va muskul qavatlardan iborat. Uning uzunligi
katta odamda o'rta¬cha 15 srn bo'lib, uch qismga - burun,
og'iz va hiqildoqqa bo'linadi. Halqumning vazifasi ovqatni og'iz
bo'shlig'idan qizilo'ngachga, havoni burun bo'shlig'idan hiqildoqqa
o'tkazishdan iborat. Halqumning pastki qismi qizilo'ngachga
tutashadi.
Qizilo'ngach o'rtacha 23-25 srn bo'lib, shilliq
va muskul qavat¬dan iborat. U ko'krak qafasi to'sh suyagining
orqa qismida joylashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga
o'tkazishdan
iborat.
Me'da qorin bo'shlig'ining yuqori qismida, diafragma ostida
joylashgan. U to'rt qismdan: kirish, tub, tana va pilorik (chiqish)
qismlardan iborat. Katta odamda me'daning hajmi o'rtacha 2,5
L atrofida bo'ladi. Ko'p ovqat va suyuqlik iste'mol qiluvchilarda
me'da devorining cho'zilishi natijasida uning hajmi ancha kattalashishi
mumkin. Me'daning ichki shilliq pardasi ostida juda ko'p - 14
millionga yaqin mayda bezlar joylashgan bo'lib, ular pepsin,
lipaza fermentlari va xlorid kislota ajratadi. Pepsin ovqat
tarkibidagi oqsillarni, lipaza yog'larni parchalaydi. Xlorid
kislota esa pepsin fermentining faollik kuchini oshiradi. Bu
bezlardan bir kecha- kunduzda 3 L ga yaqin me'da shirasi ajraladi.
Me'dada ovqat kislotali sharoitda hazm bo'ladi.
Me'dada ovqat fizik va kimyoviy o'zgarisharga uchraydi va may¬dalanib,
parchalanib, hazm bo'lib o'n ikki barmoq ichakka o'tkaziladi.
Aralash ovqatlar oshqozonda 3-4 soat, yog'li ovqatlar esa 5-6
soatgacha saqlanishi mumkin. Suv, sut, non va shirinliklar oshqozonda
juda qisqa vaqt (2-3 soat) saqlanadi. Me'dada spirtli ichimliklar
qonga tez so'riladi, shuning uchun ularning ta'siri tez seziladi.
Ovqatlanish tartibini tuzishda ovqatning me'dada hazm bo'lish
vaqti hisobga olinadi. Aralash ovqatlar 3-4 soatda hazm bo'lganligi
uchun har 4 soatda ovqatlanish kerak (uyqu vaqti bundan mustasno).
Ovqatlanish tartibining buzilishi, ya'ni 5-7 soat och yurib,
so'ngra birdaniga ko'p ovqat iste'mol qilish me'daning ichki
shilliq pardasini yallig'lantirib, gastrit va me'da yarasi kasalliklarini
keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarda me'da shirasida avvalo
xlorid kislota va fermentlar ko'payadi. Shuning uchun odam zarda
bo'ladi, nordon kekirish, me'da sohasida achishish va og'riq
seziladi.Kasallikning boshlanish davrida davolash chorasi ko'rilmasa,
me'da shirasi tarkibidagi xlorid kislota va fermentlar kamayadi,
me'dada ovqatning hazm bo'lishi buzilib, odamda yoqimsiz kekirish,
qorin sohasida og'riq sezish belgilari yuzaga keladi. Fermentlar
va xlorid kislota kam ajralganligi tufayli ovqatning parchalanishi
qiyinlashib, u me'dada uzoq vaqt (6-8 soat) turib qoladi. Shuning
uchun ham odamning ishtahasi pasayadi, ozadi, quvvatsizlanadi.
O'n ikki barmoq ichak. Bu ingichka ichakning
boshlang'ich qismi bo'lib, uzunligi o'n ikkita barmoq eniga
teng (25-30 srn) bo'ladi. Shuning uchun u o'n ikki barmoq ichak
deb ataladi. Bu ichak bo'shlig'iga me'da osti bezining shirasi
va jigarning o't suyuqligi quyilib turadi.
Me'da osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan
tripsin, yog'larni parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parcha¬laydigan
amilaza fermentlari bo'ladi. O'n ikki barmoq ichakka jigardan
quyiladigan o't suyuqligi ovqat tarkibidagi yog'larni emulsiya
holatiga keltiradi va lipaza fermentining faolligini oshiradi.
Katta yoshli odamda bir kecha-kunduzda o'n ikki barmoq ichakka
500-800 ml me'da osti bezi suyuqligi, 700-1200 ml o't suyuqligi
quyiladi. Shuning uchun ham bu ichakda ovqat hazm bo'lish jarayoni
juda faol o'tadi.
Ingichka ichak o'n ikki barmoq ichakning davomi
bo'lib, uning uzunligi katta odamda 5-6 m, kengligi 2-2,5 srn
bo'ladi. Devori uzunasiga va aylanasiga joylashgan silliq muskullardan
tashkil topgan. Bu muskullar ichakning mayatniksimon va pe¬ristaitik
(to'lqinsimon) harakatini ta'minlaydi. Ichakning ma¬yatniksimon
harakati natijasida ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi.
Bu ovqatning parchalanib, hazm bo'lishini ta'¬minlaydi.
Ichakning peristaitik, ya'ni to'lqinsimon harakati ovqat moddalari
ichak bo'shlig'i bo'ylab yuqoridan pastga tomon siljishini ta'minlaydi.
lngichka ichak shilliq qavati ostida juda ko'p mayda bezchalar
joylashgan. Ulardan 'ajraladigan suyuqlik tarkibidagi enterokinaza,
lipaza kabi fermentlar oshqozon osti bezi suyuqlig'idagi tripsin
va boshqa fermentlar ta'sirini faollashtiradi. lchak shilliq
qavati yuzasida mayda so'rg'ichlar - vorsinkalar bor. Ular juda
murakkab tuzilishga ega bo'lib, qon va limfa tomirlari bilan
yaxshi ta'minlangan. lchak shilliq qavatining 1- va 2 sathida
30-40 ta, ichakning blltun yuzasida esa 4 millionga yaqin vorsinka
bo'ladi (8-rasm).
Vorsinkalar ovqat modda- 3 larini ichak devorida (membrana orqali)
hazm bo'lishini ta' - 4 minlaydi. Buni akademik A. I. Ugolev
aniqlagan. Bu jarayonda avval ichak bo'shlig'ida chala parchalangan
ovqat moddalari ichak devoriga shimilgan oshqozon osti bezining
fermentlari ta'sirida, so'ngra esa ichak shilliq qavati bezlaridan
ajralgan y - amilaza, maltaza, ishqoriy fosfataza va boshqa
fer¬mentlari ta'sirida juda mayda molekulyar holatgacha
parchalanadi. Parchalangan ovqat moddalari vorsinkalar orqali
qon va limfa tomirlariga so'riladi. lngichka ichakda ovqatning
hazm bo'lishi 6-8 soat davom etadi. Bu jarayon kuchsiz ishqoriy
(pHi 7,5-8,0) sharoitda kechadi.
Yo'g'on ichak ingichka ichakning davomi bo'lib,
uning uzunligi katta odamda o'rtacha 1,5 m. U qorin bo'shlig'ida
ingichka ichakning atrofini o'rab turadi. Yo'g'on ichak quyidagi
qismlarga bo'linadi:
I) ko'richak va uning chuvalchangsimon o'simtasi (appendiks);
2) ko'tariluvchi chambar ichak; 3) ko'ndalang chambar ichak;
4) tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak; 6) to'g'ri
ichak.
Ko'richak ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tish
qismidajoylashgan bo'lib, uning pastki qismida chuvalchangsimon
o'simta (appendiks) osilib turadi. Appendiksning eni 6-8 mm,
uzunligi 3-9 srn, ba'zi odamlarda 18-24 srn gacha bo'lishi mumkin.
Bu o'simta qorin bo'shJig'ining o'ng tomonida, kindikdan bir
oz pastroqda joylashgan. Ko'richak o'simtasida qon va limfa
tomirlari ko'p bo'ladi. Bu esa qonga tushgan mikroblarning o'simta
to'qimasida ko'payishiga va uning yallig'lanishiga qulay sharoit
yaratadi. Buning natijasida appenditsit kasalligi kelib
chiqishi |
8-rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining
mikroskopik tuzHishi:
1- vorsinkalarning tashqi ko'rinishi; 2- vorninkalarning ichki
ko'rishi; 3¬vorsinka ichidagi limfa tomirlari; 4-vorsinka
ichidagi arteriya va vena qontomirlari.
|
|
mumkin. Tish,
tomoqning angina, quloqning yiringlash, ichaklarning yallig'lanish
kabi kasalliklarida mikroblar qonga o'tib, appenditsit kasalligini
yuzaga keltirishi mumkin. Buning belgilari quyidagicha: qorinning
o'ng tomonida kuchli sanchiq va g'ijimlovchi og'riq paydo bo'ladi,
ko'ngil ayniydi va bemor qay! qiladi. Bunday vaqtda tezlik bilan
jarrohga murojaat qilish kerak. Qoringa issiq grelka qo'yish,
si lash va og'riq qoldiruvchi dorilami iste'mol qilish yaramaydi,
chunki bular kasallikni og'irlashtiradi.
Yo'g'on ichak ichki shilliq pardasi ostida joylashgan bez su¬yuqligida
fermentlar kam, shilliq modda esa ko'p bo'ladi. Bu shilliq modda
ovqat qoldig'i bilan aralashib, uni silliqlashtiradi va ichakning
yuqori qismidan pastki qismiga o'tishini qulaylashtiradi. Yo'g'on
ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo'lmaydi. Shuning uchun
ovqat moddalarining so'rilish jarayoni ham ingichka ichakdagiga
nisbatan kam bo'ladi. Yo'g'on ichak devoridagi muskul qavatining
harakati ingichka ichakdagiga nisbatan sekin bo'ladi. Shu sababli
ovqat qoldig'i unda uzoq vaqt (18-20 soat) saqlanadi.
Yo'g'on ichakda asosan suv, mineral tuzlar so'riladi, oqsil¬laming
faqat 3% i, uglevodlarning 2% i so'riladi. Bu yerda ovqat qoldig'i
quyulib, axlat ko'rinishida to'g'ri ichak orqali tashqariga
chiqariladi. |
Jigar |
Jigar odam organizmidagi
eng katta bez bo'lib, massasi o'rtacha 1500 g. U qorin bo'shlig'i
o'ng tomonining yuqori qismida, ya'ni o'ng qovurg'alar yoyi
ostida joylashgan. U ikki bo'lakdan iborat: o'ng bo'lagi o'ng
qovurg'a yoyi ostida, chap bo'lagi qorinning yuqori qismida,
ya'ni to'sh suyagi ostida joylashgan. Jigar to'qimasi biriktiruvchi
to'qima pardasi yordamida juda ko'p mayda bo'lakchalarga bo'lingan.
Bu bo'lakchalarning soni 500 mingga yaqin. Har bir bo'lakcha
tarkibida bir nechtadan jigar hujayralari bo'lib, ular gepalotsit
deb ataladi. Jigar hujayralari o't suyuqligi ishlab chiqaradi,
bu suyuqlik o't pufagida to'planib, maxsus kanalcha orqali o'n
ikki barmoq ichakka quyilib, ovqat tarkibidagi yog'larning hazm
bo'lishida ishtirok etadi. Jigarda bir kecha¬kunduzda 700-1200
ml o't suyuqligi ishlanadi. Jigarning muhimvazifalaridan yana
biri qonni zaharli moddalardan tozalashdir. Me'da-ichaklardan
so'rilgan ovqat tarkibidagi zaharli moddalar qopqa vena orqali
jigarga boradi va uning hujayralarida zararsizlan¬tiriladi.
Bundan tashqari, jigar oqsil va uglevodlar almashinuvida ham
ishtirok etadi.
Jigarning yuqumli sariq kasalligida uning hujayralari yalliglanib,
yemiriladi va undan ishlangan o't suyuqligi o'n ikki barmoq
ichakka quyilmay, bevosita qonga o'tadi. Buning natijasi¬da
odamning ko'zi, tomog'ining shilliq pardalari va terisi sar¬g'ayadi.
|
|
Me'da osti
bezi |
9-rasm. Jigar va me'da osti bezining joylashish sxemasi: 1- jigar;
2- me'da osti bezi. |
Bu bez odam tanasidagi
barcha bezlar orasida hajm jihatidan, jigardan keyin ikkinchi
o'rinda turadi. Uning massasi 70-80 ri, qalinJigi 3-4 srn, bo'yi
17 'sm. U uch qismdan: bosh, tana va dumdan iborat. Bu bez qorin
bo'shlig'ining yuqori qismida, o'z nomiga muvofiq, me'da ostidajoylashgan
(9-rasm).
Me'da osti bezi funksiyasiga ko'ra aralash bez. Uning Langergans
orolchalari deb ataluvchi qismining hujayralari ir,sulin gor¬moni
ishlab chiqaradi. Bu gormon bevosita qonga quyilib, organizmda
qand almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bezning ko'proq
qismidagi hujayralardan ish lab chiqariladigan suyuqlik maxsus
kanalcha orqali o'n ikki barmoq ichakka quyiladi. Bu suyuqlik
tarkibidagi Iripsin fermenti ovqatdagi oqsillarni, lipaza fermenti
yog'larni, amilaza fermenti uglevodlarni parchalab, oziq moddalarning
ichakda hazm bo'lishida muhim ahamiyatga ega.
Ba'zi sabablarga ko'ra, ya'ni mikroblarning qon orqali ta'siri,
ovqat rejimining buzilishi Guda ko'p yog'li ovqat iste'mol qilish),
shamollash , tufayli me'da osti bezi yaUig'lanadi va o'tkir
pankreatil kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik to'satdan qorinning
|
yuqori va o'rta
qismida kuchli og'riq paydo bo'lishi, ko'ngil aynish, qusish
kabi belgilar bilan xarakterlanadi. Bunday vaqtda tezlik bilan
shifokorga murojaat qilish kerak.
Me'da osti bezining Langergans oro1chalaridagi hujayralarda
ishlab chiqariladigan insulin gormoni kamaysa, qandli diabet
kasalligi paydo bo'ladi. Bunda ovqat tarkibida qabul qilingan
uglevodlarning, ya'ni qand moddalarning organizm ehtiyojidan
ortiqcha qismi insulin gormoni ta'sirida glikogenga aylanishi
buzilib, qonda qand miqdori normadan ortib ketadi va siydik
bilan tashqariga ajrala boshlaydi. Shuning uchun odamda umumiy
quvvatsizlik, bosh aylanishi, ko'z tinishi, ko'p suv ichish,
tez qorin ochishi kabi belgilar yuzaga keladi.
Qand kasalligini yuzaga keltiruvchi asosiy sabablardan biri
asabning buzilishi, qattiq ruhiy iztirob chekish, shirinlik,
oq non, tort kabi uglevodlarga boy ovqatni ko'p iste'mol qilishdir.
Ovqat tarkibidagi ko'p qand moddasi bezdan ko'p miqdorda insulin
gormon ishlab chiqarilishini talab etadi. Bunday ovqatlanish'lzoq
vaqt davom etaversa, bez hujayralari zaiflashadi va gormon kam
ishlab chiqariladi. Natijada qandli diabet kasalligi yuzaga
keladi. Ba'zilarda bu kasallik nasldan-naslga o'tadi. Kasallikning
oldini olishda ovqatlanish tartibiga rioya qilish, asabni asrash,
shirinliklarni me'yorida iste'mol qilish muhim ahamiyatga ega.
|
Ovqat hazm
qilishning boshqarilishi |
Ovqat hazm qilish
organlarining funksiyasi nerv va gumoral yo'l bilan boshqariladi.
Ovqat hazm qilishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi.
Ovqat hazm qilishning nerv markazi uzunchoq miyada va oraliq
miyaning ko'rish do'mbog'i ostida (gipotalamusda) joylashgan.
Bu nerv markazi parasimpatik (adashgan) va simpatik nervlar
orqali ovqat hazm qilish organlari ishini boshqaradi.
Og'iz bo'shlig'i shilliq pardasida va tilda joylashgan ta'm
sezuvchi nerv tolalari (retseptorlar) og'iz bo'shlig'iga tushgan
ovqat ta'sirida qo'zg'aladi. Bu qo'zg'alish sezuvchi nerv tolalari
orqali uzunchoq va oraliq miyadagi ovqatlanish nerv markazlarini
qo'zg'atadi. Ulaming qo'zg'alishi parasimpatik nerv tolalari
orqali quloq oldi, til osti va jag' osti so'lak bezlarining
ishini kuchaytiradi va so'lak ajralishi ko'payadi. Bu og'iz
bo'shlig'ida ovqatning maydalanishi va yutilishini qulaylashtiradi.
Yutilgan ovqat me'da shilliq pardasidagi retseptorlar orqali
ovqatlanishning nerv markazlarini qo'zg'atadi. Natijada parasimpatik
nerv tolalari oshqozon osti va ichak bezlaridan ajraladigan
shira suyuqliklarini hamda jigardan ajraladigan o't suyuqligini
ko'paytiradi. Bu esa me'da va ichakda ovqat hazm bo'lishini
ta'minlaydi.
Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. Gipofiz bezidan
ajraladigan gormonlarning ba'zilari ovqat hazm qilish bezlari
ishini kuchaytiradi, qalqonsimon bezning tiroksin gormoni esa
bu bezlar ishini susaytiradi.
Bundan tashqari, ovqat hazm qilish shartli reflekslar orqali
ham boshqariladi. Bu reflekslaming markazi bosh miya yarim sharlarining
po'stloq qismida joylashgan. Ovqatlanishning shartli reflekslari
odam tug'ilgan vaqtda, ya'ni chaqaloqlik davrida bo'lmaydi.
TurIi ovqatlarning mazasi, hidi, tashqi ko'rinishiga nisbatan
odamning hayot tajribasi ortishi natijasida shartli reflekslar
paydo bo'la boshlaydi, ya'ni mazasini tatib ko'rgan ovqatga
nisbatan shartli refleks hosH bo'ladi. Bunday ovqatni ko'rish,
hidini sezish, hatto nomini eshitish, u haqda o'ylash oldin
hosil bo'lgan shartli refleks markazini qo'zg'atadi va so'lak,
me'da-ichaklarda shira
ajralishini kuchaytiradi. HayajonIanish, g'azablanish, qo'rqish,
og'riq kabi tuyg'ular retlekslar orqali bosh miya po'stlog'idagi
ovqatlanishning oliy nerv markazini tormozlaydi Bu vaqtda simpatik
nerv qo'zg'aladi. Bu esa so'lak va shira ajralishini kamaytiradi,
oshqozon-ichaklarning harakat funksiyasini pasaytiradi. Shuning
uchun hayajonlanganda, ayniqsa salbiy tuyg'ularda odamning ishtahasi
pasayadi.
|
Tashqi muhit
harorati yuqori bo'lganda ovqat hazm bo 'lishining xususiyatlari |
Tashqi muhitning
yuqori harorati odam organizmining fiziologik jarayonlariga
ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'zbekistonda yoz
faslining jazirama issiq kunlarida havo harorati soya joyda
+40 +47 gacha ko'tariladi, havoning nisbiy namligi esa anchagina
kamayadi. Bunday sharoitda nafas olish tezlashadi, ter ajralishi
ko'payadi. Natijada odam organizmi ko'p suv yo'qotadi, qon quyuqlashadi.
Hujayra ichidagi suyuqlikning bir qismi qon tomirlariga o'tishi
tufayli hujayra va to'qimalarda suv kamayadi. Shuning uchun
odam ko'p chanqaydi. Agar tez-tez yetarli miqdorda suv ichib
turilmasa, og'iz shilliq pardalari, til quriydi, tana qiziydi,
natijada tana harorati ko'tariladi va odam o'zini noxush sezadi,
ish qobiliyati pasayadi, tez charchaydi.
Tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish organlari
faoliyatiga salbiy ta' sir ko'rsatadi. Yoz faslida so'lak bezlari,
me'daichak shilliq pardasi ostida joylashgan mayda bezlar, me'da
osti bezining ish faoliyati susayadi. Bu bezlardan so'lak va
shira ajralishi kamayadi. Jigarda o't suyuqligining ishab chiqarilishi
ham pasayadi. Me'da-ichaklarning peristaltik va mayatniksimon
harakatlari sustlashadi.
Shuning uchun yozning issiq kunlarida odamning ishtahasi bo'g'iladi,
ayniqsa yog'li, go'shtli, qovurilgan ovqatlarning hazm bo'lishi
qiyinlashadi, qorin dam bo'ladi. Yoz kunlari odam orga¬
nizmi, asosan suv hamda suyuq ovqatlarni, meva va ko'katlarni
ko'proq iste'mol qilishni talab qiladi. Kaloriyaga boy yog'liq
ovqatlarni iste'mol qilish kamayganligi uchun odam yoz kunlari
tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi.
Yoz kunlarida me'da-ichaklarda shira ajralishining kamayishi,
ular harakat funksiyasining pasayishi ovqatning hazm bo'lishi
va so'rilishini sekinlashtiradi. Buning natijasida ichaklarda
mikroblarning ko'payishi uchun sharoit tug'iladi. Bundan tashqari,
issiq sharoitda tayyorlangan taomlar tez buziladi, chunki ularga
tushgan mikroblar tez ko'payadi va o'zidan zaharli moddalar
ishlab chiqaradi. Bularning barchasi yoz faslida aholi o'rtasida
yuqumli ichak kasalliklari ko'payishiga, qulay sharoit yaratadi.
|
Ovqat hazm
qilish a'zolari gigiyenasi |
Gigiyena qoidalariga
rioya qilish ovqat hazm qilish a'zolari¬ning ish faoliyati
normal bo'lishida va me'da-ichak kasalliklarining oldini olishda
muhim ahamiyatga ega. Hazm qilisit organlari gigiyenasi og'iz
bo'shlig'i gigiyenasidan boshlanadi. Og'iz bo'shlig'ini parvarish
qilish va toza tutish og'iz shilliq pardasini yallig'lanishdan,
og'izda yara paydo bo'lishidan, tishlarni kasallanishdan va
og'izda yoqimsiz hid paydo bo'lishidan saqlaydi. Tishlarning
sadafdek yaltirab turishi, milk va lablarning tiniq qizg'ish
rangda bo'lishi odamning sog'lig'idan dalolat beradi. Buning
uchun har gal ovqatlangandan keyin og'izni iliq suv bilan chayish
kerak. Kechki uyqu oldidan albatta tishni tish pastasi yoki
poroshogi bilan yaxshilab yuvish lozim. Bunda cho'tkani tishning
milk tomonidan uch tomoniga yuritish kerak. Ana shunda tishar
orasidagi ovqat qoldiqlari chiqib ketadi va milk massaj qilinadi.
Milkning massaj qilinishi tishlar ildizining qon bilan ta'minlanishini
yaxshilaydi.
Og'iz bo'shlig'i va tishni parvarish qilishga e'tibor berilmasa,
ular orasidagi ovqat qoldig'ida mikroblar ko'payadi. Tishlar
yuzasida sarg'ish rangli dog' paydo bo'ladi, og'izdan yoqimsiz
hid keladi, milk va tishlarga so'lak tarkibidagi mineral tuzlar
o'tirib, tishda tosh hosil qiladi. Bundan tashqari, tishar orasida
ko'paygan mikroblar milkni yallig'lantiradi, tishlarning kasallanishiga
sabab bo'ladi.
Ovqat hazm qilish a'zolarini kasalliklardan saqlashda tozalikka
rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Afsuski, ba'zilar eshik dastasi,
transport vositalari, pul va boshqa buyumlarni ushlagandan va
boshqalar bilan qo'l berib so'rashgandan keyin qo'lini yuvmaydi,
shuningdek, bozor va do'konlardan xarid qilingan mevalarni yuvmasdan
iste'mol qilaveradi. Bu esa ichburug' (dizenteriya), yuqumli
sariq kasalligi, salmonellyoz (ovqatdan zaharlanish), ich terlama
(qorin tift) kabi kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.Ovqat
hazm qilish a'zolarining faoliyati nonnal bo'lishida idish-tovoqning
tozaligi, taomlarning sifatli tayyorlanishi, tashqi ko'rinishi,
yoqimli hidi, ta'mi katta ahamiyatga ega. Did bilan tayyorlangan
taomlar va dasturxonning bezatilishi ko'rish va hid bilish a'zolari
orqali ovqatlanish shartli reflekslarini qo'zg'atadi. Bu esa
og'izda so'lak va me'da-ichaklarda shira ajralishini kuchaytiradi
hamda ishtahani ochadi.
Ovqat hazm qilish a'zolarining funksiyasi normal bo'lishida
ovqatlanish gigiyenasiga e'tibor berish muhim ahamiyatga ega.
Me'dada aralash ovqatlar o'rtacha to'rt soat davomida hazm bo'ladi.
Shuning uchun har to'rt soatda ovqatlanish zarur. Agar ovqatlanish
orasidagi vaqt to'rt soatdan kam bo'lsa, ovqat moddalari me'dadan
o'n ikki barmoq ichakka o'tib ulgurmaydi.
Buning oqibatida eski ovqat bilan yangi ovqat aralashib, me'daning
normal ish faoliyati buziladi va qorin dam bo'ladi. Aksincha
ovqatlanish orasidagi vaqt 4 soatdan ko'p bo'lsa, me'da bo'shab
qoladi uning bezlaridan ishlab chiqarilgan fennentlar va xlorid
kislota oshqozon shilliq pardasiga ta'sir etib, uni yallig'lantiradi.
Ovqatlanish tartibining buzilishi tez-tez takrorlanib tursa,
me'daning surunkali gastrit va yara kasalligi yuzaga kelishi
mumkin. |
Me'da-ichak
kasalliklari va uning oldini olish |
Me'da-ichak kasalliklari
ikki turga bo'linadi: 1 Me'da-ichaklaming yallig'lanish kasalliklari.
2. Me'da-ichaklarning yuqumli kasalliklari . Me'da-ichaklarning
yallig'lanish kasalliklari. Bularga me'da shilliq pardasining
yallig'Ianish kasalligi - gasfri!, ingichka ichak shilliq pardasining
yallig'lanish kasalligi - enferif, yo'g'on ichak shilliq pardasining
yallig'lanishi - kolif kabilar kiradi. B'1 kasalliklar davom
etishiga ko'ra, o'tkir va surunkali bo'ladi. O'tkir kasalliklar
birdaniga sodir bo'lib, bir necha kundan, 2-3 oygacha davom
etishi mumkin. Surunkali kasalliklar asta-sekin yuzaga kelib
bir necha yil, hatto odamning butun umri bo'yi davom etishi
mumkin.
Yallig'lanish kasalliklarining sabablari quyidagilar: ovqatlanish
tartibining buzilishi, taomlarning sifatsiz tayyorlanishi, ya'ni
ularning xom bo'lishi yoki haddan tashqari ko'p qovurish, ovqatva
suv tarkibida har xil kimyoviy moddalar ko'p bo'lishi (mineral
o'g'itlar, pestitsidlar), spirtli ichimliklarni muntazam ravishda
iste'mol qilish va hokazo.
Me'da-ichakning yallig'lanish kasaIliklarida odamning ko'ngli
ayniydi, ba'zan qusadi, qorinda og'riq va quIdirash, ich ketishi
kabi belgilar paydo bo'ladi.
Me'da-ichaklarning yuqumli kasalliklari. Bularga ovqafdan zaharlanish
(salmonellyoz, botulizm), ichburug' (dizenferiya), qorin fiji,
vabo (xolera) kabilar kiradi.
Ovqatdan zaharlanishning salmonellyoz deb ataluvchi turi eskirib
qolgan taomlarni iste'mol qilish tufayli paydo bo'ladi. Bu kasallikni
qo'zg'atuvchi mikroblar hatto muzxonada saqlangan taomlarda
ham yashashi, ko'payishi mumkin va zaharli moddalar ishlab chiqarish
xususiyatiga ega. Lekin taomning hidi, rangi, ta'mi o'zgarmaydi.
Bunday taomni iste'mol qilgandan keyin bir necha soat o'tishi
bilanoq odamning ko'ngli ayniydi, qusadi, qor¬nining yuqori
qismida og'riq seziladi. Odamda bunday belgilar paydo bo'lganda
zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur.
Ovqatdan zaharlanishning botulizm deb ataluvchi turini qo'zg'atuvchi
mikroblar havo kirmaydigan taomlarda yashaydi, ko'payadi, zaharli
moddalar va gaz ajratadi. Bu kasallik mikroblari bilan zararlangan
konserva qutisi ko'tarilib qoladi. Zararlangan kolbasa shishib
yumshoqlashadi, uning po'sti ajralib qoladi. Shun¬day o'zgargan
konserva va kolbasa singari oziq mahsulotlarini iste'mol qilmaslik
kerak. Bu kasallikning belgilari ko'ngil aynish, qusish, qorinda
og'riq paydo bo'lishi, og'iz va tilning qurishi kabilar bilan
namoyon bo'ladi. Konserva, kolbasa mahsulotlari¬ni iste'mol
qilgandan keyin yuqoridagi belgilar yuzaga kelsa, zudlik bilan
tez tibbiy yordam chaqirtirib, bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga
jo'natish kerak.
Ichburug' kasalligini bir necha xil mikroblar qo'zg'atadi. Bu
mikroblar idish-tovoq, yuvilmagan meva va sabzavotlar, zararlangan
tayyor taomlar orqali yuqadi. Mikroblar tarqalishida, ayniqsa,
qora(uy) pashsha katta ahamiyatga ega. Bitta pashshaning tanasida
6 million, ichagida 280 millionga yaqin har xil yuqumli kasalliklar
qo'zg'atuvchi mikroblar bo'lishi aniqlangan. Pashsha¬lar
bemorning idish-tovog'iga, chiqindilarga qo'nadi va mikrob¬larni
oyoqlari, tumshug'i, tanasiga ilashtirib, toza. idish-tovoq,
taomlarni ifloslantiradi.Yuqumli sariq kasalligi (virusli gepatit).
Bu kasallikni viruslar qo'zg'aiadi. Virusning A, B va C turlari
bo'lib, ularning yuqish yo'li har xil. Virusning A turi zararlangan
taomlar, idish-tovoq, qaynatilinagan ariq, hovuz, quduq suvi
orqali yuqadi. B va C turlari yaxshi sterillanmagan shprits
va ignalar orqali hamda bu kasallikning yengil turi bilan xastalangan
odamdan olingan qon va qon zardobini davolash maqsadida boshqa
odamga yuborish natijasida yuqadi.
Kasallik boshlanishi davrida odamning ko'ngli ayniydi, ishtahasi
pasayadi, darmonsizlanadi, ba'zida qusadi va qorni¬ning
o'ng tomonida, qovurg'a yoyi ostida kuchsiz og'riq seziladi.
Siydigi to'q sariq rangga kiradi, axlati esa rangsizlanib, oqaradi.
Bu belgilar paydo bo'lganidan keyin 3-4-kuni ko'zning oq pardasi,
tanglayning shilliq pardasi, so'ngra teri sarg'ayadi. Shuni
ta'kidlash lozimki, yuqumli gepatitning B turi og'ir kechadi
va uzoq davom etadi. Odamda yuqorida aytilgan belgilar paydo
bo'lishi bilanoq uyga shifokorni chaqirib, uning maslahatiga
ko'ra davolanish kerak.
Yuqumli sariq kasalligining oldini olish uchun har bir od am
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur. B va C turlarining
oldini olish uchun shifoxonalar va bolalar muassasalarini bir
marta foydalaniladigan shprits va ignalar bilan ta'minlash katta
ahami¬yatga ega.
Gijja kasa/liklari. Gijjalar (gelmintlar) odam, hayvon va o'simliklar
tanasida yashaydi. Odam tanasida uchraydigan gijjalarning turi
100 dan ortiq. Ular ko'pincha odam ichagida, jigarida, o'pkasida,
muskullari orasida yashaydi va ko'payadi. Gijjalarning ba'zilari
odam iste'mol qiladigan ovqatdan oziq¬lanadi, ayrimlari
esa od am qoni va to'qima suyuqligini so'radi. Ular ichak shilliq
qavatiga yopishib olib, uni jarohatlaydi va yara hosil qiladi.
Ichak devori jarohatlariga mikrob tushishi natijasida har xil
kasalliklar paydo bo'ladi. Gijjalar zaharli modda ajratadi.
Bu moqdalar qonga so'rilib, odamni zaharlaydi.
Gijja kasalligining asosiy belgilari qorinda vaqt-vaqti bilan
og'riq paydo bo'lishi, ba'zan ich ketishi, rangning oqarib-sarg'ayishi,
ozib ketish va umumiy quvvatsizlik bilan xarakterlanadi. Yosh
bolalarda uyqu buziladi, ba'zan tirishish hollari kuzatiladi.
Ichakda yashaydigan gijjalarning tuxumi axlat bilan tashqi muhitga
chiqadi va yerga, suvga tushib, meva va sabzavotlar orqali sog'lom
odamga yuqishi mumkin. Gijja kasalligining oldini olish uchun
tozalikka, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur.
Qo'l tirnoqlarini tez-tez olib turish, ovqatlanishdan oldin
qo'lni sovunlab yuvish, meva va sabzavotlarni toza suvda 3-4
marta yuvib, keyin iste'mol qilish, ariq, hovuz, quduq suvlarini
qaynatib, so'ng ishlatish, go'shtni yaxshilab pishirib yoki
qovurib yeyish kerak. |
Spirtli
ichimlik ichish va chekishning ovqat hazm qilish a'zolariga
ta'siri |
Spirtli ichimliklar
odam organizmining hamma hujayra, to'qima va a'zolariga zaharli
ta' sir ko'rsatib, turli kasalliklarga sabab bo'ladi. Iste'mol
qilingan spirtli ichimlik avvalo, me'daning ichki shilliq pardasini
yallig'lantirib, surunkali gastrit va me'daning yara kasalligini
yuzaga keltiradi. Bu kasallikka uchragan od am qornining yuqori
qismida achishish, ba'zan og'riq sezadi, zarda bo'ladi, kekiradi.
Qovurilgan taomlar, sho'r yoki nordon ichimlik va taom iste'mol
qilinganda bu belgilar ayniqsa kuchayadi.
Spirtli ichimlik me'dadan qon tomirlariga so'riladi va jigarga
boradi. Jigarda spirtning parchalanishidan sirka kislota va
boshqa zaharli moddalar hosil bo'ladi. Ular jigar hujayralarini
yallig'lantirib, surunkali gepatit kasalligiga sabab bo'ladi.
Bunday kasallikka uchragan odamning o'ng qovurg'asi ostida Uigar
joylashgan joyda) vaqti-vaqti bilan og'riq seziladi, yog'li
taomlar iste'mol qilganda, tez yurganda, chopganda og'riq zo'rayadi,
ko'ngli ayniydi, ba'zan qusadi.
Agar surunkali gepatit kasalligiga uchragan odam spirtli ichimlik
iste'mol qilishni davom ettiraversa, jigar hUjayralarining'ma'lum
qismi zahar ta'sirida yemiriladi va ularning o'rniga biriktiruvchi
to'qima hosil bo'ladi. Bu kasallikjigar sirrozi deb ataladi.
Jigarning hajmi kattalashib ketadi, uning ish faoliyati esa
mutlaqo buziladi. O'ng qovurg'a ostida qattiqlashgan va kattalashgan
jigar osilib turadi va u og'riydi. Bunday bemorning umumiy ahvoli
og'irlashadi, ish qobiliyati pasayadi.
Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Tamaki tutuni
tarkibidagi nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabizaharli
moddalar og'iz bo'shlig'idan boshlab odam organizmining barcha
to'qima va organlariga zararli ta'sir ko'rsatadi. Chekish ko'pincha
og'iz bo'shlig'i, tomoqda har xil o'smalar paydo bo'lishiga
olib keladi. Tamaki tutuni tarkibidagi kimyoviy moddalar me'daning
shilliq qavatini yallig'lantirib, surunkali gastrit kasalligini
keltirib chiqaradi. Tamaki tutuni ta'sirida og'iz bo'shlig'idagi
sezuvchi nerv tolalari, ya'ni retseptorlaming sezuvchanlik xususiyati
pasayadi. Shu tufayli chekuvchilarning ta'm bilish qobiliyati,
ishtahasi pasayadi.
|
|
|
|