|
Barcha ichki a'zolarda
taxminan I mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning
barcha o'zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.
Retseptorlar joylashuviga ko'ra ikki xil bo'ladi:
a) tashqi retseptorlar - bular tashqi muhit ta'sirini (o'zgarishlarini)
qabul qiladi. Bularga ko'rish, eshitish, muvozanat, teridagi
og'riqni, issiq-sovuqni, siypalashni sezuvchi, til va og'iz
shilliq qavatidagi ta'm bilish, burun shilliq qavatidagi hid
bilish retseptorlari kiradi;
b) ichki retseptorlar - bular odam tanasining ichki qismidagi
o'zgarishlarni qabul qiladi. Bularga me'da-ichak va boshqa ichki
a'zolarda, qon tomir devorlarida, tan a muskullarida, pay va
bo'g'imlarda joylashgan retseptorlar kiradi.
2. Analizatorning 0 'tkazuvchi qismi - bu sezuvchi nerv tolasidan
iborat bo'lib, u retseptordan ta'sirni qabul qiladi va uni analizatorning
markaziy qismiga o'tkazadi.
3. Analizatorning markaziy qismi bosh miya po'stlog'ining turli
sohalarida joylashgan sezuvchi nerv markazlaridan iborat. Bu
markazlarda muayyan sezgi a'zolaridagi retseptorlardan kelgan
ta'sir analiz va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko'ra javob
reaksiyasi hosil bo'ladi (1-rasm). |
|
1-rasm. Bosh miya po`stlog`ida sezgi a'zolari
markazlarining joylashuvi: |
1-
hid bilish markazi bosh miya po'stlog'i chakka qismining oldingi
yuqori sohasida; 2- ko'rish markazi ensa sohasida; 3- eshitish
markazi bosh miya, po'stlog'i chekka qismining pastki sohasida;
4- ta'm bilish markazi bosh miya po'stlog'i chekka qismining
yuqori o'rta sohasida; 5- barmoq terisidagi paypaslash markazlari
bosh miya po'stlog'i tepa qismining o'rta sohasida.
|
Analizatorning
yuqorida aytilgan uchala qismining qaysi biri shikastlansa (kasallansa),
muayyan sezgi a'zosining ish faoliyati buziladi. Shunday qilib,
yuqorida aytilganidek, odam organiz¬mining atrof-muhit bilan
munosabati, ya'ni tashqi muhitning rang-barang ta'siri va o'zgarishlarini
qabul.qilish - ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va
teri analizatorlari orqali ta'minlanadi. |
Ko'rish
a'zosi (ko'rish analizatori) |
Ko'rish
analizatorining ahamiyati. Ko'rish a'zosi - ko'z yordamida
odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi,
bir-biridan farqini ajratadi; o'simlik va hayvonot olamini o'rganadi;
rassomlik, me'morlik, haykaltaroshlik san'atlarining mahsulotlaridan
bahramand bo'ladi, tabiat go'zalliklaridan zavqlanadi. |
Ko'rish odamning
mehnat faoIiyatida muhim o'rin tutadi. Ko'rish orqali inson
o'qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o'rganadi,
bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko'rish orqaIi odamning
ichki dunyosi boyiydi, uning tevarakatrof, tabiat, san'at haqidagi
tushunchasi ortadi, fikrlash qobiliyati, aql¬idroki, ongi
rivojlanadi.
Ko 'zning tuzilishi. Ko'z bosh suyagining maxsus
chuqurchasida - ko'z kosasida joylashgan. Ko'z ko'z soqqasidan,
ko'rish nervi va yordamchi qismlardan (ko'z soqqasini harakatlantiruvchi
muskullar va ular¬ning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh
bezlari, qon tomirlari kabilardan) iborat (2-rasm). Ko 'z
soqqasi yumaloq tuzilgan bo'lib, oldingi va orqa qutblarga
ega bo'ladi.
|
|
Ko'z soqqasi tashqi
va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi -
fibroz, o'rta - qon tomir va ichki - to'rsimon pardadan tashkil
topgan. lchki qismiga ko'z ichi suyuqligi, ko'z gavhari va shishasimon
tana kiradi. Ko'z soqqasining tashqi - fibroz pardasi ikki qismga
bo'linadi. Uning oldingi qismi shox parda deb ataIib, u shishadek
tiniq, yorug'Iik nurlarini sindirish xususiyatiga ega. Tashqi
fibroz pardaning yon va orqa qismi ko'zning oq pardasi (sklera)
deb ataladi. Ko'z soqqasining qon tomir qavati nomiga monand,
qon tomirlariga boy bo'lib, ko'z to'qimalarini oziq moddalar
va kislorod bilan ta'minlaydi. |
2-rasm. Ko'z soqqasi:
1- ko'z soqqasining oq pardasi; 2- ko'z soqqasining shox
pardasi; 3- ko'zning qon tomir pardasi; 4- ko'zning rangli pardasi;
5- ko'zning oldingi bo'shlig'i (suyuqlik bilan to'lgan); 6-
ko'z qorachig'i; 7- ko'z gav¬hari; 8- gavharni o'rab turuvchi
kiprik¬simon muskul; 9- shishasimon tana; 10¬ko'zning
to'r pardasi; 11- ko'rish nervi. |
Bu qavatning oldingi
qismi rangli parda deb atalib, uning rangi hammada har xil (qora,
ko'k, sarg'imtir va hokazo) bo'ladi. Bu pardaning o'rtasida
yumaloq teshikcha bo'lib, u ko'z qorachig'idir. Teshikcha atrofida
ko'z qorachig'ini kengaytiruvchi va toraytiruvchi muskullar
bo'ladi. Ko'z soqqasi¬ning ichki - to'rsimon pardasi, ayniqsa
muhim ahamiyatga ega,chunki uning orqa qismida yorug'likni,
ranglarni |
|
qabul qiluvchi
retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo'lib,
tayoqcha va kolbacha shaklidadir. To'rsimon pardaning orqa qismida
ko'rish nervining tolasi kiradigan teshikcha bo'lib, u orqali
ko'rish nervi to'rsimon pardaga o'tadi va mayda tolachalarga
bo'linib, tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlarga tutashadi.
Ko'z soqqasining ichki qismi ko'z gavhari, ko'z ichi suyuqligi
va shishasimon tanadan iborat. Bularning hammasi tiniq, shishasimon
bo'lib, ko'zga tushadigan yorug'lik nurini sindirish xususiyatiga
ega.
Ko'rish nervining mayda tolachalari ko'z soqqasi ichki to'rsillion
pardasining orqa yuzasida joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon
retseptorlar (hujayralar) bilan tutashgan bo'lib, ulardagi qo'zg'alishni
qabul qiladi. Nerv tolachalari birlashib, ko'rish nervi tolasini
hosil qiladi va u to'rsimon pardaning orqa qismida joylashgan
maxsus teshikcha orqali bosh miyaga kiradi. U oldin o'rta miyaga
va oraliq miyaning ko'rish do'mbog'iga boradi. So'ngra bosh
miyaning o'tkazuvchi yo'llariga birlashib, bosh miya |
3-rasm. Ko'rish analizatorining qismlari:
1- ko'z to'r pardasida joylashgan yorug'lik sezuvchi
hujayralar (ko'rish analizatorining periferik qismi-retseptorlar);
2- ko'rish nervi (ko'rish analizatorining o'tkazuvchi qismi);
3- bosh miya po'stlog'ining ensa qismida joylashgan ko'rish markazi
(ko'rish
analizatorining markaziy qismi). |
po'stlog'ining
ensa qismida joylashgan ko'rish markazining nerv hujayralariga
tutashadi (3-rasm).
Ko'zning yordamchi qismlariga ko'z soqqasini harakatlanti¬ruvchi
oltita muskul va ularning nervlari, ko'z yoshi bezlari va ularning
kanalchalari, ko'z yoshi qopchasi hamda qovoq va kipriklar kiradi.
Muskullar ko'z soqqasini harakatlantirib, ko'rish doirasini
kengaytiradi. Ko'z yoshi bezlaridan ajraladigan suyuqlik
ko'zning shox pardasini namlab, uni changdan yuvib
turadi. Qovoqlar va kipriklar ko'z soqqasini
tashqi muhitning noqulay ta'sirlaridan himoya qiladi.
Ko'zning funksiyasi. Biz yuqorida ko'rish a'zosi
- ko'zning tuzilishi bilan tanishib chiqdik. |
Ma'lum bo'ldiki,
ko'z bajaradigan funksiyasiga ko'ra ikki qismdan: ko'zning optik
sistemasi va retseptor qismidan iborat ekan.
Ko'zning optik sistemasiga uning shox pardasi,
ko 'z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon
tana kiradi. Bular ko'zga tushadigan yorug'lik nurini sindirib
o'tkazadi va uni ko'zning ichki to'r pardasida joylashgan retseptorlarga
to'plab beradi. Yorug'lik nurini sindirib o'tkazishda ayniqsa
ko'z gavhari muhim o'rin tutadi. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda
gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi.
Gavhar shaklining bunday o'zgarishi akkomodatsiya deb
atalib, u gavhar atrofini o'rab turgan kipriksimon muskul tolalarining
qisqarishi va bo'shashishi orqali amalga oshadi. Demak, akkomodatsiya
ko'zning uzoqni va yaqinni ko'rish qobiliyatini ta'minlaydi.
Ko'z qorachig'i - ko'zning rangli pardasi o'rtasida
joylashgan teshikcha bo'lib, uning atrofi aylana va to'g'ri
yo'nalgan muskullar bilan o'ralgan. Ular parasimpatik va simpatik
nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ko'z qorachig'i gavharga va
to'r pardaga yorug'likni, faqat markaz qismdagi nurlarni o'tkazadi,
atrofdagi nurlarni esa o'tkazmaydi. Qorachiqning ana shu funksiyasi
tufayli buyumlarning shakli, rangi, ko'rinishi va boshqa xususiyatlari
ko'zning to'r pardasiga aniq o'tkaziladi.
Yorug'lik ko'p bo'lganda ko'z qorachig'i torayadi va to'r pardaga
o'tkaziladigan nur oqimi kamayadi, yorug'lik kam bo'lganda esa
qorachiq kengayadi va to'r pardadagi retseptorlarga o'tkaziladigan
nur oqimi ko'payadi. Bundan tashqari, odam hayajonlanganda,
qo'rqqanda, og'riq sezganda ko'z qorachig'i kengayadi. |
Bu simpatik nervning
qo'zg'alishi va buyrak usti bezining mag'iz qismidan ajraladigan
adrenalin, noradrenalin gormonlari ko'payishi tufayli ro'y beradi.
Odam yaqinga qaraganda (o'qiganda, yozganda) ko'z qorachig'i
kengayadi va ko'z ichidagi bosim ortadi, bu holat uzoq davom
etsa, ko'z toliqadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganda esa qorachiq
torayadi, ko'z ichidagi bosim pasayadi va ko'z dam oladi.
Ko'zning ichki to'r pardasida joylashgan tayoqchasimon retseptorlar
tashqi muhitda yorug'lik kam bo'lgan vaqtda qo'zg'alib ko'zni
qorong'ulikda ko'rishini ta'minlaydi (4-rasm). |
|
Kolbachasimon
retseptorlar esa tashqi muhitda yorug'lik yetarli bo'iganda
qo'zg'alib, ko'zning «kunduzi» ko'rish xususiyatini
ta'minlaydi. Bundan tashqari, kolbachasimon retseptorlar rang
bilish xu-susiyatiga ega. To'r pardada 100 mln dan ko'proq
tayoqcha-simon va 5 mln ga yaqin kolbachasimon hujayralar joylashgan.
Tayoqchasimon retseptorlar tarkibida rodopsin moddasi bo'lib,
u oqsil va A vitaminidan tashkil topgan. Kolbachasimon retseptorlar
funksiyasiga ko'ra uch xil: ko'k, yashil va qizil ranglami qabul
qiluvchi bo'ladi. Ular uchalasining turli kombinatsiyada qo'zg'alishi
boshqa ranglarni, uhalasining baravar qo'zg'alishi esa oq rangni
ko'rishga imkon beradi.
|
4-rasm.
Ko'z to'r pardasida joylashgan ko'rish retsep¬torlar;:
1- tayoqchasimon hujayralar; 2- kolbachasimon hujayralar.
|
|
Tayoqchasimon
va kolbachasimon retseptorlardagi qo'zg'alish ko'rish nervi
tolalariga o'tib, u orqali bosh miyada joylashgan ko'rish markaziga
boradi va nurni, ranglarni ko'rish - sezgi hosil bo'ladi.
Ko'rish o'tkirligi. Ko'rish o'tkirligi ikkita
buyum bir-biriga qo'shilib ketmasdan, alohida-alohida ko'rinishi
uchun zarur bo'lgan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi.
Ko'rish o'tkirligi normal bo'lgan odam 60 sekund burchak hosil
qilib
joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko'rish o'tkirligi
maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi. Aniqlash usuli
laboratoriya mashg'ulotida berilgan.
Ko'zning ko'rish maydoni. Ko'z soqqasini qimirlatmay
ma'lum bir nuqtaga (buyumga) qaralganda uning tasviri ko'zning
to'r parda qavatidagi markaziy chuqurchaga tushadi, bu markaziy
ko'rish bo'lib, markaziy chuqurchaning atrofiga tushgan
tasvirlar esa chetki ko'rish bo'lib hisoblanadi. Ko'zni
harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini
ko'ra olish xususiyati (markaziy va chetki ko'rish yig'indisi)
ko'rish maydoni deb ataladi. Ko'zning har xil rangdagi
buyumlarni ko'rish maydoni bir xil bo'lmaydi. Oq rangni ko'rish
maydoni eng katta, ko'k va sariq ranglarni ko'rish maydoni undan
kichikroq, qizil va yashil ranglarni ko'rish maydoni yanada
kichik bo'ladi. Ko'zning har xil ranglarni ko'rish maydoni turlicha
bo'lishi to'r qavatning turli qismlarida tayoqchasimon va kolbachasimon
retseptorlar har xil joylashishiga bog'liq. Ko'zning ko'rish
maydoni chegarasi perimetr asbobi yordamida aniqlanadi.
Ko'rish a'zosi funksiyasining buzilishi. Odamda ko'rishning
turlicha buzilish hollari uchraydi. Ulardan eng ko'p uchraydigani
yaqindan ko'rish va uzoqdan ko'rishdir. Bunga ko'z soqqasining
shakli, ko'zning shox pardasi yoki ko'z gavharining egriligi
normal bo'lmasligi sabab bo'ladi.
Yaqindan ko'radigan (miopiya) odamning ko'z soqqasi
cho'ziqroq shaklda bo'ladi. Shuning uchun uzoqdagi buyumlar
tasviri ko'zning to'r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa
tu¬shadi. Natijada uzoqdagi buyumlarning tasviri aniq ko'rinmaydi.
Bu holat ko'z gavharining do'ngligi ortib ketishi oqibatida
ham yuzaga kelishi mumkin. Miopiya holati rug'ma va hayotda
orttirilgan bo'ladi.
Uzoqdan ko'rish (gipermetropiya) asosan tug'ma bo'ladi.
Bunday odamlarda ko'z soqqasi qisqaroq bo'ladi. Bunda yaqindagi
buyumlarning tasviri ko'z to'r pardasiga emas, balki uning orqasiga
tushadi. Uzoqdan ko'rishning ikkinchi sababi ko'z gavhari do'ngligining
kamayishidir. Bu ko'pincha keksalarda hayoti mobaynida sodir
bo'ladi.
Ko'rish qobiliyatining yuqorida aytilgan buzilishlari sezilgan
zahoti ko'z shifokoriga murojaat qilish zarur.
Ba'zi odamlarda ko'zning ayrim ranglarni farqlash qobiliyati
buzilgan bo'ladi. Ular qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaydi.
Bu kasallik daltonizm deb ataladi. Buning sababi ko'zning to'r
pardasida joylashgan rang sezuvchi ko!bachasimon retseptorlarda
ma`lum rang ta'sirida qo'zg'aladigan nervlar bo'imasligidir.
Daltonizm kasalligi nasldan-naslga o'tadi. Bu kasallik erkaklar
orasida ko'proq uchraydi. Bunday odam transport vositalarini
haydashi mumkin emas, chunki ular svetoforning qizil va yashil
ranglarini farqlay olmaydi. Shuningdek, ular rassomlik kasbida
ham ish lay olmaydi. Shunga ko'ra, yoshlar kasb tanlaganida
ko'zining rang ajratish qobiliyatini hisobga olishi kerak.
Ko'rish funksiyasi buzilishiga yuqorida aytilganlaridan tashqari,
uning shox qavatida oq parda hosil bo'lishi, ko'z shikastlanishi
natijasida shox qavatining yaralanishi, ko'z gavharining kasallanishi
(katarakta), ko'z ichidagi bosimningoshishi (glaukoma) kabi
kasalliklar ham sabab bo'ladi.
Ko'z kasalliklarini o'rganuvchi oftalmologiya fani rivojlani¬shi
natijasida oftalmolog olimlar murakkab operatsiya usullarini
ishlab chiqdilar. Ular yordamida yuqorida ko'rsatilgan
kasalliklarga chalinib, ko'rish qobiliyati pasaygan yoki butunlay
yo'qolgan kishilar ko'pchiligining sog'lig'ini tiklashga muvaffaq
bo'lindi.
|
|
Ko'rish
gigienasi |
Ko'zning ko'rish
qobiliyati normal saqlanishi ko'p jihatdan har bir odamning
o'ziga bog'liq. Buning uchun quyidagi gigiena qoidalariga rioya
qilish zarur:
- ish, o'qish joyida yorug'lik yetarli (100-150 lyuks) bo'lishi
talab etiladi. Yorug'lik chap tomondan tushishini ta'minlashga
e'tibor berish kerak. Shu bilan birga, haddan tashqari kuchliyorug'lik
nuri ko'z to'r pardasidagi retseptorlarni o'ta qo'zg'atib, ko'zning
tez toliqib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ish joyida
qo'llaniladigan elektr lampasining usti soyabon bilan to'sib
qo'yiladi;
- o'qiganda, yozganda daftar va kitob ko'zdan 35-40 sm uzoqlikda
bo'lishi kerak. Shuningdek, chizmachilik, tikish va boshqa mayda
nozik ishlarni bajarganda ham shu qoidaga amal qilish kerak;
- o'quv-yozuv, chizmachilik, tikish kabi mashg'ulotlar bi¬Ian
shug'ullanganda har 12-15 minutdan keyin yarim-bir minut davomida
uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash lozim. Chunki yaqinga
qarab ish bajargan vaqtda ko'z qorachig'i kengayib, ko'z ichidagi
bosim ortadi va ko'z toliqadi. Uzoqqa qaraganda esa ko'z qorachig'i
torayib, ko'z ichidagi bosim pasayadi va ko'z dam oladi;
-avtobus, tramvay, metro, poezd va boshqa transport vositalarida
ketayotganda o'qish yaramaydi, chunki bu vaqtda qo'ldagi
kitob yoki jurnal, gazeta bir tekis turmaydi, balki qimirlab
turadi.
Bu esa ko'z gavhari shaklining uzluksiz o'zgarib turishiga sabab
bo'ladi va ko'zni toliqtirib, uning xiralanib qolishiga sabab
bo'ladi. Shuningdek, yotib o'qish ham zararli; uzoq vaqt davomida
televizor ko'rish ham ko'zni toliqtiradi; |
5-rasm. Golovin jadvali. |
- ko'zni quyosh
nuridan, yonib turgan olov shu'lasidan, changdan va shunga o'xshash
noqulay ta'sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko'zni
qo'l barmoqlari bilan ishqalash yaramaydi. Ko'z qichishsa, toza
bint yoki ro'molcha bilan avaylab qovoq ustidan silash mumkin;
- kundalik ovqat tarkibida A vitamin yetishmasligi tayoqchasimon
va kolbachasimon retseptorlar faoliyati buzilishiga va ko'rish
o'tkirligi pasayishiga sab.ab bo'ladi. Shuning uchun tarkibida
A vitamini bo'lgan taomlar Uigar, tuxum, sariyog', sabzi, qovoq,
baliq ikrasi kabilar)ni muntazam iste'mol qilish kerak;
- zararli odat bo'lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish,
giyohvandlik ko'zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab
bo'ladi;
- bolalar ko'zining har xil ranglarga sezuvchanligini oshirish
uchun ularga yoshligidan har xil rangdagi o'yinchoqlarni, rasmlarni
ko'rsatib, ularning rangini aniqlashga o'rgatib, chiniqtirib
borish kerak;
- ko'zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis,
basketbol, voleybol, futbol, otish kabi sport turlari bilan
shug'ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. |
Eshitish
a'zosi (eshitish analizatori) |
Eshitish
analizatorining ahamiyati. Odamning umri butunlay uzluksiz
tovushlar dunyosining ta'siri ostida o'tadi: qushlar, hayvonlar,
odamlarning ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining
tovushi - bularning barchasi odamning eshitish a'zosiga ta'sir
qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog'liq, chunki
bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish a'zosi normal
bo'lishi kerak, ya'ni u eshitgan so'zlarini takrorlaydi, natijada
uning nutqi rivojlanadi. Bola tug'ilishidanoq eshitish a'zosining
faoliyati buzilgan bo'lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan
so'zlarni takrorlay olmaydi, ya'ni uning nutqi rivojlanmaydi.
Shuning uchun ham tug'ma karlar gung ham bo'ladi. Shuningdek,
eshitish qobiliyati past bo'igan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi.
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotdagi
ba'zi voqealarni ko'rgandagiga nisbatan, ularning mazmunini
eshitganida to'liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektaklni
televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan
shu spektaklning mazmunini radio orqali eshitganida to'liqroq
tushunchaga ega bo'ladi.
|
6-(I) rasm. Quloqning tuzilishi. |
Binobarin, eshitish
a'zosining faoliyati normal bo'lishi avvalo har bir odamda bolaligidan
bosh lab nutq paydo bo'lishi va rivojlanishiga imkon beradi.
Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda
rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishida, hunar o'rganishida,
musiqa san'atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida
muhim o'rin tutadi.
Eshitish a'zosi - quloqning tuzilishi. Eshitish
a'zosi bo'igan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan.
U uch qismdan: tashqi, o'rta va ichki quloqdan iborat (6-rasm).
Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan
iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega bo'lgan tog'aydan
tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yo'lining
oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi
nog'ora parda bo'lib, u tashqi quloq yo'lini o'rta quloq bo'shlig'idan
ajratib turadi.
|
6- (II) rasm. Quloqning tuzilishi. |
6-rasm.
Quloqning tuzilishi:
I. 1- quloq suprasi; 2- tashqi quloq yo'li; 3- nog'ora parda;
4- nog'ora bo'shlig'i; 5- o'rta quIoq bilan halqumni tutashtiruvchi
kanal; 6- ichki quloqning chig'anoq qismi (bunda eshitish retseptorlarijoylashgan);
7- ichki quloqning dahliz va yarim aylana kanalchali qismi (bularning
ichida vestibulyar apparatning retseptorlari joylashgan). II.
1- chig'anoq, uning ichida eshitish retseptorlari joylashgan;
2- eshitish nervi; 3- bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining
chakka qismida joylashgan eshitish markazi.
|
O'rta quloq
bo'shlig'i Evstaxiy naychasi yordamida burun halqumga tutashgan.
O'rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish
suyakchalari (bolg'acha, sandon, uzangi) tovush to'lqinlari
ta'sirida nog'ora pardada hosiI bo'igan tebranishni ichki quloqqa
o'tkazadi.
lchki quloq - bo'shliq va ilonizisimon kanalchalar
sistemasidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning
ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo'shliqda
perilimfa suyuqligi bo'ladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa
suyuqligi bo'ladi. Suyak labirintda chig'anoq bo'lib, uning
ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari
joylashgan.
Suyak labirintning dahliz va yarim doira kanalchalar
deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining
fazodagi muvozanatini ta'minlovchi vestibulyar analizator retseptorlari
joylashgan.
Eshitish a'zosining funksiyasi. Yuqorida aytiIgan
tashqi, o'rta va ichki quloqning har biri o'ziga xos funksiyani
bajaradi. Quloq suprasi tovush to'lqinlarini to'plash va uni
quloqning tashqi yo'liga yo'naltirish vazifasini o'taydi. Ayniqsa
yuksak rivojlangan umurtqali hayvonlarda (it, ot, quyon, qo'y
va boshqalarda) quloq suprasi muskullari yaxshi rivojlangan
bo'lib, ular tovush kelgan tomonga quloqlarini ding qilib harakatlantira
oladilar.
Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo'lmasa-da,
u tovushni to'plash va uni quloq yo'li tomon yo'naltirish imkoniyatiga
ega.
Tashqi quloq yo'li tovush to'lqinlarini nog'ora parda tomon
o'tkazadi. Tovush nog'ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi
eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning 'chig'anog'i hamda
yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini
to'lqinlantiradi. Ularning to'lqinlanishi chig'anoq ichidagi
eshitish retseptorlarini qo'zg'atadi. Bu retseptorlar juda mayda
sezuvchi nerv tolalari bo'lib, endolimfa to'lqinlanganda ular
silkinadi va qo'zg'aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko'proq
bo'lib, ularning ayrim to'plamlari maxsus tovushlarni qabul
qiIish xususiyatiga ega (xuddi dutor yoki tanburning har qaysi
tori o'ziga xos tovush berganidek). Ma'Jum tovushni qabul qiIadigan
sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur
tovushni aniqlash qobiliyatini yo'qotadi. Bolalarni yoshlikdan
har xil musiqa ohanglarini tinglash va chalish ga o'rgatish
ana shu sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga im-. kon beradi.
Retseptorlarning qo'zg'alishi eshitish nervi tolasi orqali miya
ko'prigi, o'rta miyada joylashgan po'stloq osti eshitish markaziga,
undan esa bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining chakka qismida
joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo'zg'atadi. Bumarkazda
joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez
qilinib, uning mazmuni aniqlanadi. Odam sekundiga 16-20 ming
marta tezlikda tebranuvchi tovush to'lqinlarini qabul qilish
imkoniga ega. Yuksak rivojlangan hayvonlarda, ayniqsa, itlarda
tovush to'lqinlarini qabul qilish xususiyati, odamga nisbatan
ancha yaxshi rivojlangan bo'lib, ular odam eshitmaydigan kuchsiz
tovushlarni ham eshita oladi. Shuni ham aytish kerakki, yoshlarning
kuchsiz tovushlarni eshita olish qobiliyati yaxshi bo'lib, yosh
kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya boradi. Agar odamga kuchli
tovush har kuni uzoq muddat davomida ta'sir qilib tursa, u shovqinga
moslashib qoladi. Shuning uchun ham sershovqin korxonalarda
ishlaydigan odamlar kuchli tovushga o'rganib qolib, kuchsiz
tovushni yaxshi eshitmaydigan bo'lib qolishi mumkin. Kuchli
tovush ta'siriga moslashmagan odam esa sershovqin korxonalarda
bo'iganida o'zini yomon sezadi. Eshitish a'zosi gigienasi. Odam
eshitish a'zosining yaxshi rivojlanishi, sog'lom bo'lishi uchun
quyidagi gigiena qoidalariga rioya qilishi zarur: - yashash,
o'qish, ishlash va jamoat joylarida tinchlikni saqlashga qaratilgan
chora-tadbirlarni ko'rish lozim. Chunki yuqori kuchdagi tovush
(shovqin) to'lqinlari nog'ora pardaga salbiy ta'sir ko'rsatib,
bora-bora uning elastiklik xususiyati yo'qolishiga olib keladi.
Natijada odamning eshitish o'tkirligi pasayadi va u sekin tovushlarni
aniglash qobiliyatini yo'qotadi. Bundan tashqari, uzoq ta'sir
qiladigan kuchli shovqin nerv sistemasini haddan tashqari qo'zg'atib,
uyqusizlik, tez jahl chiqish, yurak sanchish, qon bosimining
ko'tarilishi kabi kasalliklarga sabab bo'ladi; Tashqi quloq
yo'lini qoplab turuvchi terida juda ko'p mayda bezlar bo'lib,
ulardan yog'simon sarg'ish suyqlik ajraIadi. Ba'zan shu suyuqlik
to'planib qolishi tufayli quloq bitadi, g'uvullaydi. Bunday
hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho'pi uchiga o'ralgan
bint (paxta) yordamida tashqi quloq yo'lini artib tozalash lozim.
Yuvinish paytida quloqqa suv kirganida ham shunday qilinadi.
Tashqi quloq yo'li kirlanishining oldini olish uchun haftada
bir-ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab,
quloq yo'lini artib turish maqsadga muvofiqdir. - odam og'iz,
burun, tomoqning shamollashi va gripp kasalJiklaridan saqlanishi
kerak. KasalJik paydo bo'lganida esa vaqtni kechiktirmasdan
shifokor maslahatiga binoan davolanishi zarur. Aks holda og'iz,
burun, tomoqdagi mikroblar shu yerdagi shilliq pardaning yallig'lanishi
natijasida hosil bo'ladigan shilimshiq suyuqlik bilan birga
Yevstaxiy nayi orqali tomoqdan o'rta quloq bo'shlig'iga o'tib,
uni yallig'lantiradi. Ba'zan o'rta quloq bo'shlig'ida yiring
to'planib, undan nog'ora parda zararlanib teshilishi mum¬kin.
Bu esa quloqdan yiringli suyuqlik oqishiga olib keladi. Ayrim
hollarda. o'z vaqtida davolanmaslik oqibatida yiring ichki quloqqa
o'tib, eshitish reseptorlarining zararlanishi tufayli kar bo'lib
qolish mumkin.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'rtaquloq bilan bosh miya
orasidagi suyak juda yupqa bo'iganligi uchun quloqning yiringli
kasalliklarida yallig'lanish jarayoni miya pardasini va to'qimasini
ham yallig'lantirib, meningit, ensefalit kabi og'ir kasalJiklarga
sabab bo'lishi mumkin.
|
Muvozanat
a'zosi (vestibulyar analizator) |
Muvozanat
a'zosining ahamiyati. Muvozanat a'zosi vestibulyar
analiza tor deb ham ataladi. U odam tanasining fazoda ma'ium
muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi. Tik turganda, yurganda,
yugurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga
ko'tarilganda va pastga tushganda, arg'imchoq uchganda, suvda
suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini
bajarganda, har xil transportda yurganda, ya'ni fazoda odam
tanasi eng oddiy holatdan eng murakkab holatga o'tganda tanasining
muvozanatini ta'minlovchi asosiy a'zo vestibulyar (apparat)
analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining
muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yo'qoladi.
Bu analizator juda qattiq zararlangan bo'lsa, opam hatto o'rnidan
turganida uning boshi aylanadi, ko'zi tinadi; ko'ngli ayniydi,
u tezda o'tirishga yoki yotishga majbur bo'ladi. Vestibulyar
analizator kuchsiz zararlanganda odam murakkab harakatlarni,
ya'ni tez yugurish, sakrash, aylanish, zinaga chiqib-tushish.
kabilarni bajarganda tanasini muvozanatda tutib turishi qiyinlashib,
o'zini noxush sezadi. Agar yoshligidan bosh lab odamning vestibulyar
analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, uning ishi ma'ium darajada
pasayadi. Bu, ayniqsa, odam tanasi fazoda murakkab hoiatlarda
bo'iganida seziladi. Chunonchi, mototsiklda, avtomashinada tez
yurganda, karuselda aylanganda, har xil transport vositalarida
yurganda boshi aylanadi, ko'ngli ayniydi, yuragi tez urib, rangi
oqaradi, ba'zida hatto hushini yo'qotishi mum kin. Muvozanat
a'zosining tuzilishi. Yuqorida esbitish a'zosi bayon etilganda,
ichki quloqning tuzilishi batafsil aytilgan edi. Chunonchi,
ichki quloq uch qismdan: chig'anoq, dahliz va yarim aylana kanalchalardan
iborat. Chig'anoqning ichida eshitish retseptorlari, dailliz
va yarim aylana kanalchalar ichida esa vestibulyar analizatorning
sezuvchi hujayralari (retseptorlar) joylashgan (6-rasmga qarang).
Retseptorlarning qo'zg'alishi v(:stibulyar nervga o'tib, miya
ko'prigidagi po'stloq osti muvomnat markaziga, undan miyachaga
va bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi muvozanat markaziga
boradi.
Muvozanat a'zosining ishi!. Odam tanasining turli xil harakat-larida,
uning fazodagi turli xil holatlarida vestibulyar analizator
retseptorlari qo'zg'aladi. Harakat tezligi qancha yuqori bo'lsa,
retseptorlar shuncha kuchli qo'zg'aladi. Shuni ta'kidlash kerakki,
ichki quloqning yarim doira kanalchahri va xaltasimon tuzilmalardagi
retseptorlarning har qaysisi ma'lum bir harakatlarda qo'zg'alish
xususiyatiga ega. Odamning muvozanat a'zosi normal rivojlangan
va sog'lom bo'lsa, uning turli xil murakkab harakatlari, fazoda
turli holatlarda bo'lishi biror noxush hollarni yuzaga keltirmaydi.
Bu a'z,o yaxshi chiniqtirilgan bo'lsa, odam har qanday silkinish,
tebranish, aylanish harakatlariga va samolyotda uchishga, suv
kemalarida yurishga bardoshli bo'ladi. Muvozanat a'zosi funksiyasining
buzilishi. Muvozanat a'zosining funksiyasi har xil kasalliklar,
shikastlanish hamda bu a'zoning yoshlikdan chiniqtirilmaganligi
tufayli buziladi. Bunda vestibulyar retseptorlar juda qo'zg'aluvchan
bo'ladi. Odam harakati bir oz tezlashganda, aylanganda, tebranganda,
transportda yurganda bu retseptorlarning o'ta sezuvchanligi
ularning miya ko'prigida joylashgan nerv markazida kuchli qo'zg'alishni
yuzaga keltiradi. Qo'zg'alishning vegetativ nerv sistemasi markaziga
tarqalishi ichki a'zolar ishining buzilishiga saba' bo'ladi.
Buning natijasida esa bosh aylanishi, ko'z tinishi, yurak urishi
tezlashishi, qon bosimi pasayishi, rang oqarishi, ko'ngil aynishi
va qusish, ba'zan esa hatto hushdan ketish mumkin. Muvozanat
a'zosi mutlaq chiniqmagan odam, hatto avto transportda yurganda
ham unda yuqoridagi holatlar yuz berishi mumkin. Vestibulyar
analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur.
Bolani beshikda va belanchakda tebratish, so'ngra velosipedda
yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish,
yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o'yinlari bilan
shug'ullanish, raqsga tushish kabilar bu a'zoni chiniqtiradi.
|
Muskul,
pay va bo'g'imlar orqali sezish (harakat analizatori) |
«Tayanch-harakatlanish
sistemasi» mavzusida aytilganidek, odamning barcha harakatlari
tananing ko'ndalang yo'lii muskullari, paylar va bo'g'imlar
orqali am alga oshadi. Har bir muskulning qisqarishi va tananing
ma'lum bo'g'imidan harakat o'tishi uchun bu to'qimalarda mazkur
qo'! yoki oyoqning fazodagi holati haqida sezish impulslari
hosil bo'lib, ular miya¬ning harakat markaziga o'tkaziladi.
Harakat markazi bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining oldingi
markaziy pushtasida joylashgan.
Muskul, pay va bo'g'imlarda retseptorlar bo'lib, ular proprio¬retseptorlar
deb ataladi. Muskul qisqarganda uning paylaridagi retseptorlar,
muskul bo'shashganda esa uning tolasi orasidagi retseptorlar
qo'zg'aladi. Bu retseptorlarda paydo bo'igan qo'zg'alish sezuvchi
nerv tolalari orqali bosh miyadagi harakat markaziga boradi.
Qo'zg'alish harakat markazida analiz va sintez qilingach, tananing
u yoki bu qismida harakat bajariladi, Muskul va paylardagi sezuvchanlikni
I. M. Sechenov chuqur o'rgangan. Odam yurganida u har bir qadamda
oyog'ini qanday qo'yish kerakligini ko'zi bilan qarab o'tirmaydi,
chunki oyoq muskuli va paylardagi sezuvchanlik xususiyati orqali
qadamlar o'z-o'zidan ishonch bilan tashlanaveradi. Qizig'j shundaki,
muskul va paylarning sezuvchanlik xususiyatini kishi bilmaydi
va II bu xususiyat asosan ko'rish, eshitish a'zolarining funksiyasi
deb o'ylaydi. Shuning uchun ham Sechenov muskul va paylardagi
sezuvchanlikni qorong'i yoki yashirin sezgi deb atagan. Bu
sezuvchanlik uzoq vaqt mashq qilinishi natijasida takomillashadi.
Masalan, malakali basketbolchilar ko'zi bog'langan Holda ham
to'pni savatga tushira oladi. Bu ularda nafaqat nozik harakatlarning,
balld muskul, paylardagi sezuvchanlikning nihoyatda takomillashganligidan
dalolat beradi. Proprioretseptiv analizatorni chiniqtirish natijasida
yuqori malakali sportchilar, sirk artistlari ko'zini bog'lagan
holda ham chang'i uchish, velosiped yoki mototsiklda yurish
kabi xilma-xil murakkab harakatlarni bajaradi.
|
Teri orqali
sezish (teri analizatori) |
Darslikning (,Teri»
mavzusida terining tuzilishi haqida ma'lumot berilganida uning
derma, ya'ni as] teri qavatida retseptorlar joylashganligi aytilgan
edi. Terida uch xil: og'riqni, haroratni, siypalash va bosimni
sezuvchi (taktil) retseptor lar bor (7-rasm). Og'riqni sezuvchi
retseptorlarning soni taxminan II millionga yaqin. Ular himoya
vazifasini o'taydi, ya'ni og'riq sezish tufayli odam o'zini
noqulay ta'sirdan chetga oladi, himoyalanadi. Mashhur fransuz
faylasufi Volter 200 yil muqaddam «hamma xavf-xatarda
og'riq odamning eng ishonchli qo'riqchisidir, u doim ehtiyot
bo'ling, hayotin gizni avay]ang va asrang, deb uqtiradi»,-
deb yozgan edi.Teridagi og'riqni sezuvchi retseptorlarning qo'zg'alishi
sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga,
ulardan oraliq miyadagi po'stloq osti markziga va nihoyat, bosh
miya yarim sharlari po'stlog'ining orqa markaziy pushtasida
joylashgan sezish markazlariga boradi. Markazdagi nerv hujayralarida
ta'sir analiz va sintez qilinib, og'riqning tabiati aniqlanadi.
Ta'kidlash lozimki, ichki a'zolarda sodir bo'lgan og'riq, shu
a'zolarning miyadagi markazlariga berilishi bilan birga, tananing
mazkur a'zo joylashgan teri sohasiga ham tarqaladi. Masalan,
yurak sanchib og'riganida ko'krak qafasining chap tomonida va
chap qo'l sohasida og'riq seziladi. Bundan tashqari, tananing
qaysi qismida og'riq paydo bo'lsa, mazkur to'qimalardagi retseptorlarning
qo'zg'alishi miyadagi og'riqni sezuvchi markazdan tashqari,
boshqa to'qima va a'zolarning markazlariga ham tarqaladi. Shuning
uchun ham tananing qaysi bir qismida og'riq paydo bo'lsa, juda
ko'p boshqa refleks reaksiyalari yuzaga keladi, ya'ni muskullarning
tarangligi ortadi, yurak urishi va nafas olish tezlashadi, qon
bosimi ko'tariladi, odam terlaydi, ko'z qora¬chig'i torayadi
va boshqa noxush belgilar paydo bo'ladi. Bunday holat simpatik
nerv sistemasining qo'zg'alishi, buyrak usti bezidan adrenalin
gormoni ajralishining ko'payishi tufayli sodir bo'ladi. Bu o'zgarishlar
odam organizmi o'zini himoya qilish, og'riqqa bardosh berish
uchun ichki rezerv kuchlarini safarbar qilganligini ko'rsatadi.
Teridagi haroratni sezuvchi retseptor]arning soni 300 ming atrofida
bo'lib, ulardan 30 mingtasi sovuqni, qolganlari issiqni sezadi.
Sovuqni sezuvchi retseptorlar terining yuzarog'ida, issiqni
sezuvchilari esa chuqurroq qavatida joylashgan.
Siypalashni va bosimni sezuvchi retseptorlar 500 ming atrofida.
Bu retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismiarida
bir xil emas. Burnn uchida, lab terisida, qo'l barmoqlari uchida
va oyoq osti yuzasida sezuvchanlik juda rivojiangan bo'ladi.
Shuning uchun ko'zi ojiz kishilar oyoqlari bilan paypaslab qulay
yo'lni topadi, qo'l barrnoqlari bilan paypaslash orqali pulni
va boshqa buyumlami aniqlaydi. Ko'rinib turibdiki, siypalash
retseptorlari ma'lum darajada ko'rish a'zosi funksiyasini bajarishi
mumkin.
Teri retseptorlarining muhim xossalaridan biri tashqi muhit
ta'sirlariga moslashishdir. Masalan, qo'l issiqroq suvga botirilganda
oldiniga issiqlik kuchli sezilib, so'ngra u bilinmay qoladi.
Bunga
|
|
7-rasm. Teri retseptorlari:
1- og'riqni sezuvchi retseptor; 2-siypalashni sezuvchi retseptor;
3-sovuqni sezuychi retseptor; 4- issiqni sezuvchi retseptor; 5-bosimni
sezuvchi retseptor.
|
harorat sezuvchi
retseptorning moslashuvi yokiadaptatsiya deb ataladi. Retseptorlarning
bu xossasi odam turli haroratda chiniqishiga imkon beradi. Muntazam
ravishda badanni sovuq suvga ho'lIan¬gan sochiq bilan artish,
yuvinadigan suv haroratini asta-sekin pasaytirib borish natijasida
odam sovuq haroratga moslashadi, chiniqadi.
Shuningdek, teridagi retseptorlar og'riqqa va bosimga ham moslashishi
mumkin. Boksyor sportchilar uzoq vaqt mashq qilishi natijasida
og'riqni kam sezadigan bo'lib qoladi.
Qichishish. Ayrim hollarda teri qichiydi. Mutaxassislarning
fikricha, qichishishni va og'riqni sezuvchi retseptorlar bir
xil bo'ladi. Chunki og'riqni kamaytiruvchi kimyoviy dorilar
og'riqni ham, qichishni ham kamaytiradi yoki yo'qotadi.
|
Hid bilish
a'zosi (hid bilish analizatori) |
Hid bilish retseptorlari
burun bo'shlig'i shilliq pardasida joylashgan. Ularning soni
o'rtacha 30-40 mln atrofida. Bu hujayralarda ko'plab mayda tukchalar
bo'lib, ularning uzunligi 1-2 mikronga teng. Burun bo'sWig'ining
hid biluvchi sathi 5 sm2. bo'lib, sezuvchi hujayra tukchalarining
ko'p bo'lishi hisobiga hid bilish sathi 100 - 150 marta ortadi.
Hid bilish retseptorlari tashqi muhit havosi tarkibidagi va
ovqatdagi kimyoviy moddalar ta'sirida qo'zg'aladi. Ularning
qo'zg'alishi hid bilish nervi tolasi orqali bosh miya yarim
sharlari po'stlog'ining ichki yuzasidagi hid bilish markaziga
boradi (8-rasm). Bu markazdagi nerv hujayralarida ta'sir analiz
va sintez qilinib, hidning tabiati aniqlanadi.
Hid bilishning odam uchun ahamiyati katta. Bu xususiyat yordamida
biz atrof-muhit havosining toza va itlosligini, iste'mol qilinadigan
taomlar va ichimliklarni hidiga qarab ularning sifatini, iste'mol
qilish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaymiz. Hayvonlarda
hid bilish sezgisi odamlardagiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan.
Shu xususiyatiga ko'ra ular ovqat izlab topadi, dushman yaqinlashayotganini
sezadi.
Odam hid bilish analizatori yordamida taomlarning yoqimli hidini
aniqlaydi, uning ishtahasi ochiladi. Hid bilish analizatori
ham moslashish, ya'ni adaptatsiya xususiyatiga ega. Biror hid
uzoq vaqt davomida muntazam ravishda ta'sir qilishi natijasida
burundagi hid bilish retseptorlari mazkur hid ta'siriga moslashadi
va odam |
|
|
8-rasm. Hid bilish a'zos;
A- buron shilliq pardasidagi hid bilish retseptorlari;
B- hid bilish analizatorlarining qismlari: 1-
hid bilish retseptorlari; 2- hid bilish nervi; 3- bosh miyada
joylashgan hid bilish
markazi.
|
bu hidga o'rganib,
unga e'tibor bermaydigan bo'lib qoladi. Hid bilish analizatori
upaelik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona xodimlarida,
oshpazlarda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Burun shilliq pardasining
tez-tez yallig'lanishi (tumov bo'lish) va uni o'z vaqtida davolatmaslik
hid bilishning buzilishiga sabab bo'ladi. |
Ta'm bilish
a'zosi (ta'm bilish analizatori) |
Ta'm bilish retseptorlari
til so'rg'ichlarida, yumshoq tanglay va tomoq shilliq pardasida
hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida joylashgan.
Ayniqsa, til uchida, uning yon va orqa qismida retseptorlar
ko'p bo'ladi. Retseptorlar ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar
ta'sirida qo'zg'aladi. Ularning qo'zg'alishi til-halqum nerv
tolalariga o'tib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi. Undan
oraliq miyadagi ko'rish do'mbog'i, so'ngra bosh miya yarim sharlari
po'stlog'i chakka qismining yuqori sohasidagi ta'm bilish markaziga
boradi. Bu markazda ta'sir analiz va sintez qilinib, uning tabiati
ta'm sifatida aniqlanadi (9-rasm).
Odam to'rt xil ta'mni: sho'r, nordon, shirin va achchiqni bilish
qobiliyatiga ega. Til uchidagi retseptorlar shirinni, yon tomondagilari
sho'r va nordonni, orqa qismidagi retseptorlar achchiqni sezadi.
Oshpazlarda ta'm bilish analizatori yaxshi rivojlangan bo'ladi.
|
9-rasm. Tildagi ta'm bilish retseptoriarining joylashishi
|
|
Ichki a'zolaming
sezuvchanlik xususiyati (ichki analizator) |
Ichki a'zolarda,
ya'ni o'pka, yurak, oshqozon, ichak, jigar, taloq, buyrak, siydik
pufagi hamda qon tomirlari devorida retseptorlar joylashgan
bo'lib" ular vistseroretseptorlar deb ataladi. Bu retseptorlar
mazkur a'zolarda sodir bo'ladigan mexanik, kimyoviy, harorat
va bosim o'zgarishlari ta'sirida qo'zg'aladi.Qo'zg'alish sezuvchi
nerv I.olalari (vegetativ nerv sistemasi) orqali orqa va bosh
miyadagi nerv markazlariga boradi. Markazlardagi nerv hujayralarida
analiz va sintez qilinib, ta'siming tabiati |
|
|
|