|
hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar nati¬jasida hosil
bo'lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to'qimalardan qonga o'tib,
o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Nafas olish a'zolarining
tuzilishi |
Nafas olish a'zolariga:
burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar
va plevra pardalari kiradi (1-rasm).
Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori,
pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo'shlig'i
o'rtasidan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda
bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib,
ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon
tomirlari va nerv tolalariga boy.
|
|
1-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi.
1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya);
5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari;
8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda
kapillyar qon tomirlar;
10- plevra pardasi; 11- diafragma.
|
riga boy. Burun
bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi. Ular
nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib
qolib, organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.
Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo'shlig'i orqali
o'tganda iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi.
Shundan keyin bu havo halqum orqali hiqildoqqa o'tadi.
Hiqildoq. Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan.
U old tomondan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan
qon tomirlari va nerv tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan.
Hiqildoq havo o'tkazuvchi nafas yo'li vazifasini bajarishdan
tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning
ichki qavati tuldi shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog'ay
va muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o'rtasida tovush
boylamlari va muskullari joylashgan bo'lib, ularning harakati,
qisqarishi va bo'shashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi
yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi.
Hiqildoq uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik
tog'aydan va uch juft mayda tog'aydan tashkil topgan. Hiqildoqda
uch guruh muskullar bo'lib, ularning bir guruhi tovush teshigini
kengaytiradi, ikkinchi guruhi toraytiradi, uchinchi gu¬ruhi
tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning
pastki qismiga tutashgan nafas yo'liga, ya'ni kekirdakka o'tadi.
Kekirdak (traxeya) va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning pastki
qismidan, ya'ni VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib,
V ko'krak umurtqasi ro'parasigacha davom etadi va shu joyda
o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Uning uzunligi odamning bo'yiga
qarab, 9-13 srn gacha yetadi.
Kekirdakning devori 16-20 ta aylanasimon tog'aylar va paylardan
tashkil topgan. Aylanasimon tog'aylarning orqa qismi silliq
muskullardan iborat. Kekirdakning ichki qavati tuksimon shilliq
pardadan tashkil topgan bo'lib, unda mayda bezchalar joylashgan.
Ulardan ajralgan suyuqlik havoni namlab o'tkazadi. Tuksimon
silliq parda esa havodagi chang zarrachalarini ushlab qolib,
tashqariga chiqarib yuboradi.
Bronxlar. V ko'krak umurtqasi ro'parasida kekirdakning ikkiga
(o'ng va chap bronxlarga) bo'linishidan hosil bo'ladi. Bronxlar
o'pka to'qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o'xshab, juda
ko'p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va born-born alveola pufakchalarini
hosil qiladi.
Kekirdak va bronxlar nafas yo'li hisoblanib, ular havoni ilitib,
namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o'pka alveolalariga
o'tkazadi.
O'pka. O'pka bir juft bo'lib (o'ng va chap o'pka), konussimon
tuzilgan. Ular ko'krak qafasining ikki tomonida joylashgan.O'ng
va chap o'pkaning o'rtasida kekirdak, qizilo'ngach, qon tomirlari,
ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda
yurak joylashgan.
O'ng o'pka chap o'pkadan kattaroq bo'lib, u yuqorigi, o'rta
va pastki bo'lakdan iborat. Chap o'pka esa yuqorigi va pastki
bo'lakdan tashkil topgan. O'pkalar pastki tomondan diafragma,
orqa tomondan umurtqa pog'onasi, oldingi tomondan to'sh suyagi
va atrof tomondan qovurg'alar bilan chegaralangan.
O'pka to'qimasi daraxtsimon shakldagi o'rtacha, mayda va eng
mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alveolalardan tashkil
topgan. O'pka to'qimasi bronxlar va alveolalardan tashkil topganligi
tufayli, u g'ovaksimon tuzilgan bo'ladi.
O'pka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi. Ulaming
dev'1ri bir qavatli epiteliy to'qimasidan iborat bo'lib, atrofi
mayda qon tomirlari - kapillyarlar bilan to'rsimon shaklda o'ralgan.
Alveolalarning soni ikkala o'pkada 750 mln atrofida bo'ladi.
Alveolalarning umumiy sathi 100 m kvni tashkil qiladi. Ular
yuzasining bunday katta sathga ega bo'lishi o'pka bilan tashqi
muhit o'rtasida hamda alveolalar bilan qon o'rtasida gazlar
almashinuvi tczlashuvini ta'minlaydi.
O'pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o'ralgan. U ikki
qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo'lib, ular orasida torgina
plevra bo'shlig'i hosil bo'ladi.
Plevra bo'shlig'i ichidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan
kam, ya'ni manfiy bo'ladi. Bu esa nafas olgan paytda o'pka to'qimasining
kengayishiga va undagi alveolalarga havo kirishiga, nafas chiqarganda
esa torayib, alveolalardagi havoni qisib chiqarishga imkon beradi.
O'pkalar katta qon aylanish doirasidan kelgan bronxial arteriya
tomiri orqali oziqlanadi. Kichik qon aylanish doirasining tomirlari,
ya'ni o'pka arteriyalari va o'pka venalari o'pka to'qimasini
oziqlantirishda ishtirok etmaydi. Bu tomirlardagi qon o'pka
alveolalariga o'zidagi karbonat angidridni berib, ulardan kislorod
qabul qiladi, ya'ni venoz qon arterial qonga aylanadi.
|
Ovoz apparati |
Yuqorida aytilganidek,
asosiy ovoz apparati hiqildoqda
joylashgan. Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari
bilan birga, ovoz hosil bo'lishida til, lablar, og'iz bo'shlig'i,
burun
94 bo'shlig'i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan
qo'shimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va o'pkalar
ham ishtirok etadi.
Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining
teshigi ochiq holda bo'ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab
so'zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo'ladi. So'zlashganda,
kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o'pkadan nafas bilan chiqariladigan
havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta'sir qilib, ulaming
tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Ovoz boy¬lamlari
o'pkadan chiqariladigan havo ta'sirida bir sekundda 80 martadan
10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko'p
bo'lsa, ovoz shuncha kuchli bo'ladi (2-rasm).
Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga
bog'liq. Ayollarda ulaming uzunligi o'rtacha 18-20, erkak¬larda
20-22 millimetr. Shuning uchun ayollaming ovozi o'tkir bo'ladi.
Bundan tashqari, ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo'lmaydi.
Qo'shiqchilarda ovozning kuchi boshqalamikiga nisbatan ancha
katta bo'ladi.
Ba'zi qo'shiqchilar kuylaganda, shipgailingan qandilni teb¬ratib
yuborganligi tarixda ma'lum. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan qo'shiqchilar
xuddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har xil ovoz
chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qismlari¬dan har
xil ovoz chiqarish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Har bir kishining ovozi o'ziga xos xususiyatga ega. Hatto cha¬qaloqning
yig'laganidagi ovozi ham o'ziga xos ohangga, JnJsusiyatga ega
bo'ladi va shu orqali ona o'z bolasining ovozini boshqa chaqa¬loqlar
ovozidan farq qiladi. Albatta hayot davomida odamning turli
yosh davrlarida ovoz ma'lum darajada o'zgaradi. Ayniqsa, o'smirlarda
(12-18 yoshda) ovozning o'zgarishi juda sezilarli darajada bo'ladi.
Chunki shu yoshda hiqildoq va ovoz boylamlari¬ning uzunligi
o'g'il bolalarda ikki, qizlarda bir yarim baravar ortadi. Buning
natijasida, ayniqsa, o'smir yoshdagi o'g'il bolalarda ovoz qo'pollashib,
do'rillab qoladi. Bundan havotirlanmas¬lik kerak. Bu fiziologik
xususiyatga ega bo'lib, o'smirlik davri o'tgandan keyin ovoz
normal holga keladi. Lekin o'smirlik davrida ba'zi gigiena qoidalariga
amal qilish zarur, ya'ni qattiq gapirmaslik, baqirmaslik, kuchli
ovoz bilan ashula aytmaslik, chekmaslik, spirtli ichimliklar
iste'mol qilmaslik, shamollashdan saqlanish, achchiq taomlarga
ruju qilmaslik kerak va hokazo. |
2-rasm. Ovoz apparati:
1- gapirganda va ashula aytgan vaqtda ovoz boylamlari oralig'idagi
teshikning
yopiq holatda ko'rinishi;
11 - pichirlab gapirganda ovoz teshigining yarim ochilgan holatda
ko'rinishi;
III- gapirmagan vaqtda ovoz teshigining ochig holatda (uchburchak
shaklda) ko'rinishi.
1- hiqildoq; 2- halqum; 3- halqumning burun teshigi; 4- og'iz
bo'shlig'i
va uning qo'shimcha kovaklari; 5- burun bo'shlig'i.
|
|
Ba'zilarning fikricha,
yosh bola qancha qattiq va ko'p yig'lasa, go'yo uning ovoz apparati
shuncha yaxshi rivojlanar emish. Bu noto'g'ri, chunki ko'p va
qattiq yig'lagan bola ovoz boylamlarining zo'riqishi natijasida
ularda mayda pufakchalar hosil bo'ladi. Buning oqibatida bolaning
ovozi qo'pol va xirillagan bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun
yosh bolani qattiq va uzoq yig'latmaslik lozim, ya'ni uni tezda
ovutish kerak.
|
Nafas harakatlari |
Nafas harakatiari
nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati
qovurg'alarning ko'tarilishi va diafragmaning pastga tushishi
orqali ta'minlanadi. Qovurg'aiarning ko'tarilishi bo'yin va
tashqi qovurg'alararo muskullaming qisqarishi natijasida yuzaga
keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqa¬rishi
natijasida sodir bo'ladi. Bu harakatlar natijasida ko'krak qafasining
hajmi kattalashadi, o'pka kengayadi va tashqi muhitdan o'pkaga
havo so'rib olinadi. Qovurg'alararo muskullarning faol ishtirok
etishi bilan nafas olish ko'krak bilan nafas oUsh deb ataladi.
Diafragmaning ko'proq harakatianishi orqali nafas olish qorin
bilan nafas oUsh deb ataladi. Erkaklarda asosan qorin bilan
nafas olish, ayollarda esa asosan ko'krak bilan nafas olish
harakatiari rivojlangan. Nafas olish hara¬katiarining ko'krak
yoki qorin orqali bajarilishi odamning holatiga, bajarayotgan
ishiga ham bog'liq. Masalan, odam og'ir yuk ko'targan vaqtda
ko'krak qafasi va umurtqa pog'onasi yuk uchun tayanch vazifasini
o'taganligi sababli ko'krak qafasining harakati qiyinlashadi.
Shuning uchun nafas olish harakatida asosan diafragma ishtirok
etadi. Homilador ayollarda esa diafragmaning pastga tushish
harakati qiyinlashadi. Shu sababli nafas olish harakatiari qovurg'alararo
muskullarning qisqarishi orqali ta'min¬lanadi. Nafas chiqarish
harakati ichki qovurg'alararo va qorin muskullarining qisqarishi
orqali ta'minlanadi. Ichki qovurg'alararo muskullar qisqarganda
qovurg'alar pastga tushadi, qorin muskullari qisqarganda diafragma
yuqoriga ko'tariladi. Natijada ko'krak qafasining hajmi kichrayib,
o'pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga
siqib chiqarilishiga sabab bo'ladi.Nafas olish va nafas chiqarish
harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida
ko'krak qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi
(atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past
bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati
vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi
qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga
so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik
yaratadi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni
nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak
qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera
bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi)
muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida
tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi. Bundan
tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi
qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga
so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik
yaratadi.
|
O'pkaning
tiriklik sig'imi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari
natijasida o'pkalarga, ya'ni ularning alveolalariga uzluksiz
ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi.
Odam tinch turganda o'rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni
chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa,
tinch nafas olgandagi 500 ml nafas hav'osining ustiga o'pkaga
yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo'shimcha havo). Odam tinch
nafas chiqarishdan so'ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas
chiqarsa, o'pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (rezerv havo).
Shunday qilib, nafas havosi 500 m1+ qo'shimcha havo 1500 ml
+ rezerv havo 1500 ml=3500 ml o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil
etadi. Erkaklarda o'pkaning tiriklik sig'imi 3500-4500 ml gacha,
ayollarda - 3000-3500 ml gacha bo'ladi. Jismoniy chiniqqan odamlarda
bu ko'rsatkich ko'proq bo'ladi. Qoldiq havo. Chuqur nafas chiqarilgandan
keyin o'pka alveo¬lalarida 1000-1500 ml havo qoladi, bu
qoldiq havodir.
O'pkaning tiriklik sig'imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr
ikki xii bo'ladi: suvli spirometr va havoli spirometr (36-rasm).
O'pkalarning tiriklik sig'imini aniqlash uchun odam chuqur nafas
olib, so'ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan
chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki silindrining yuqoriga
ko'tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko'rsatgan
raqamiga qarab,
|
|
3-rasm. Suvli spirometr yordamida
o'pkaning tiriklik sig'imini aniqlash. |
o'pkalarning
tiriklik sig'imi qancha ekanligini bilish mumkin. Jismoniy mehnat,
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanuvchi, chiniqqanodamlarda
o'pkaning tiriklik sig'imi ortib, 4500-6500 ml ga yetadi. Aksincha,
jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydigan odamlarda
o'pkaning tiriklik
sig'imi yuqorida ko'rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo'lishi
mumkin. O'pkalar tiriklik sig'imini kam yoki ko'p bo'lishiga
qarab, odamning jismonan chiniqqanligi yoki chiniqmaganligiga
baho berish mumkin.
O'pkalar ventilyatsiyasi. .Odam tinch turgan vaqtda bir minutda
16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera
havosi o'pkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir
marta nafas olganda o'pkaga kirgan havo mjqdoriga ko'paytirilsa,
o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi kelib chiqadi. Tinch
holatda o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi 8-9 I ga teng. Masalan,
bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o'pkaga
500 ml havo kiradi: 16'500=8000 ml.
|
O'pka va
to'qimalarda gazlar almashinuvi |
Nafas bilan qabul
qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi. Atmosfera havosi
tarkibida 20,94% kislorod, 0,03% karbonat angidrid, 79,3% azot
bo'ladi. Boshqa gazlar juda kam miqdordabo'ladi. Nafas bilan
chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod, 4% karbonat angidrid,
79,7% azot bo'ladi. O'pka alveolalari ichidagi havo tarkibida
14,2-14,6% kislorod, 5,5-5,7% karbonat angidrid va 80% azot
bo'ladi.
Nafas bilan chiqariladigan va o'pka alveolalari ichidagi havoning
tarkibi bir-biridan farq qilishiga sabab shuki, o'pka alveolalaridan
nafas bilan chiqariladigan havo nafas yo'llaridagi (bronxlar
va traxeyalardagi) havo bilan amlashadi. Nafas yo'llaridagi
havoning tarkibi atmosfem havosining tarkibiga yaqin bo'ladi,
chunki u nafas organi bilan qon o'rtasidagi gazlar almashinuvida
ishtirok etmaydi.
O'pkalarda gazlar aImashinuvi. Nafas organlarining
tuzilishimavzusida aytilganidek, odamning ikkala o'pkasidajuda
ko'p mayda pufakchalar, ya'ni alveolalar bo'lib, ularning soni
o'rtacha 750 millionga yaqin, umumiy sathi 100 m' dan oshadi.
Alveolalarning bunday katta sathi o'pkada gazlar almashinuvi
tez o'tishini ta'minlaydi.
Alveolalaming devori juda yupqa (0,004 mm) bo'ladi. Ularning
atrofini mayda qon tomirlari to'rsimon shaklda o'mb tumdi. Nafas
olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo'llari orqali alveolalar
bo'shlig'iga kimdi. Alveolalar va ular atrofini o'rab turgan
mayda qon tomirlari devori o'rtasida diffuziya yo'li bilan gazlar
almashinadi. Alveola bo'shlig'idagi havo tarkibidagi kislorod
qonga o'tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga
o'tadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi
kislorodning bosimi yuqori, qon tarkibida esa karbonat angidrid
gazining bosimi yuqori bo'lishidir. Tinch holatda odam bir minutda
atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi.
To'qimalarda gaz almashinuvi. O'pka alveolalaridan
diffuziya yo'li bilan qonga o'tgan kislorod qizil qon tanachalari
- eritro¬tsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam
tanasining barcha to'qimalariga boradi. Qon bilan to'qimalar
(hujayralar) o'rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o'pka alveolalari
bilan qon tomirlari o'rtasidagi gazlar almashinuviga o'xshab,
diffuziya yo'li bilan bomdi. Qonda kislorodning bosimi yuqori
bo'lganligi uchun u to'qimaga o'tadi, to'qimada esa karbonat
angidrid gazining bosimi yuqori bo'lib, u qonga o'tadi. Shunday
qilib, to'qimaga kelgan arterial qon kislorodni to'qimaga o'tkazadi
va to'qimadan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga
aylanadi. Bu venoz qon yuqori va pastki kovak venalar orqali
yurakning o'ng bo'lmasiga quyilib, undan o'ng qorinchaga o'tadi.
So'ngra o'pka arteriyasi o'pka alveolalariga boradi va o'zidagi
karbonat angidridni beradi. O'pkadan kislorod qabul qilib, arterial
qonga aylanadi. Bu qon o'pka venalari yumkning chap bo'lmasiga,
undan chap qorinchaga quyiladi. So'ngra aortaga o'tadi va arteriya
tomirlari hamda mayda kapillyarlarga bo'linib, tananing barcha
to'qima va hujayralarini kislorod bilan ta'minlaydi.
|
TurIi muhit
sharoitida nafas olish |
Atmosfem bosimi
760 mm simob ustuniga teng bo'lganida, odamorganizmidagi barcnil'
fiziologik amyonlar, jumladan, nafas olish jarayoni ham normal
o'tadi. Havo bosimining pasayishi yoki ko'tarilishi nafas olish
jarayoniga ma'lum damjada salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Atmosfera bosimi past bo'lganda, ya'ni baland tog'lar ustida,
samolyotda yuqoriga ko'tarilganda havo tarkibida kislorod kamayadi.
Bunday sharoitda organizmda kislorod yetishmasligi tufayli (gipoksiya)
odamda tog' kasalligining belgilari yuzaga keladi: nafas olish
va yurak urishi tezlashadi, bosh og'riydi, ko'z tinadi, ko'ngil
ayniydi. Agar bunda zarur miqdorda kislorod yetkazib berilmasa,
u hushini yo'qotishi mumkin. Shuning uchun ham samolyotda uchganda
havoga kislorod qo'shib beriladi.
Tog'li joylarda yashovchi odamlar shu sharoitga mosIashgan bo'ladi.
UIarning .qonida eritrotsitlarning soni .ko'payadi, bu esa havodagi
kislorodni ko'proq miqdorda o'zlashtirishga yordam beradi. Normal
atmosfem bosimi sharoitida yashaydigan odamlar tog'li joylarga
borishi zaruriyati tug'ilganda, ular balandlikka bir¬daniga
emas, balki asta-sekin, organizmini moslashtirgan holda ko'tarilishi
kemk. Shunda tog' kasalligining oldini olish mumkin.
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya'ni suv ostida, chuqur
g'orliklarda odam qoni tarkibida, to'qima va hujayra suyuqliklarida
erigan gazlarning n,iqdori ko'payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan
holda miyaning qon tomirlarida to'planadi. Agar odam bundaysharoitdan
juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga o'tsa, erigan azot
gazi mayda pufakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qoladi
va Kesson kasalligi yuzaga keladi. Bunda odamning boshi aylanadi,
ko'ngli aynib qusadi, hamma bo'g'imlarida va belida og'riq paydo
bo'ladi, ba'zan hushini yo'qotishi mumkin. Bunday hollarda yordam
ko'rsatish uchun bemomi yana suv ostiga yoki yuqori bosimli
boshqajoyga (maxsus kameraga) o'tkazish kerak. Bu kasallikning
oldini olish uchun yuqori bosimli joydan havo bosimi normal
sharoitga asta-sekinlik bilan o'tish kerak. Shunda qonda erigan
gazlar pufakchalarga aylanmaydi va qon tomirlariga tiqilib qolmaydi.
Bundan tashqari, suv ostida ba'zi ishlarni bajaradigan mutaxassislarga
maxsus ballonlarda nafas oladigan havosiga azot gazi o'miga
geliy gazi qo'shib beriladi. Chunki geliy gazi yuqori bosimli
sharoitda erimaydi va qon tomirlarida gaz pufakchalarni hosil
qilmaydi.
Jismoniy mashqlar bajarayotganda nafas olish.
Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug'ullangan¬da
nafas olish tezlashadi. Tinch holatda od am bir minutda 16-18
marta nafas oladi va o'pkalaming minutlik ventilyatsiyasi 8-
9 l ga teng bo'ladi. Jismoniy mashqlar bajarganda esa ularning
tezligiga qarab bir minutda nafas olish soni 40-60 martaga yetadi
va, hatto, undan ham ortishi, o'pkalaming minutIik ventilyatsiyasi
50-100 I gacha ko'payishi mumkin. Tinch .holatda bir minutda
odam organizmi 250-300 ml kis¬lorod o'zlashtiradi. Jismoniy
mashqlar bajarganda esa kislorod o'zlashtirish 4500-5000 ml
gacha ko'payishi mumkin. Bunday ko'p miqdordagi kislorodni o'pkadan
to'qimalarga yetkazib berish uchun yurak-qon tomirlari sistemasining
ish faoliyati kuchayadi. Masalan, tinch holatda yurakning sistolik
hajmi (yurak bir marta qisqarganda chiqariladigan qonning miqdori)
65-70 ml bo'la¬di, jismoniy mashq bajarganda 150-200 ml
gacha ortadi. Bir minutda yurak tinch holatda 70 marta qisqaradi,
jismoniy mashq bajarganda esaqisqarish tezligi minutiga 150-200
martagacha ko'payadi. Demak, tinch holatda yurak bir minutda
tomirlarga 5 I qon chiqarsa, jismoniy mashq bajarganda bu qonning
miqdori 20-30 I gacha ko'payadi. Shunday qilib, jismoniy mashq
bilan shug'ullanganda to'qimalaming kislorodga talabi ortadi.
Bu esa bir tomondan, nafas olishning tezlashishi va o'pkaning
minutlik ventilyatsiyasi ko'payishi, ikkinchi tomondan, yurakning
ish faoliyati kuchayishi, ya'ni qisqarish tezligining ortishi,
uning sistolik va minutlik hajmi ko'payishi bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport mashqlari
nafas olish hamda qon aylanish organlarining yaxshi rivojlanishiga,
chiniqishiga, odamning ish qobiIiyati ortishiga, va uning sog'lom
bo'lishiga olib keladi.
|
Nafas olishning
boshqarilishi |
Nafas olish orqali
od am organizmi barcha hujayra va to'qima¬laming kislorodga
bo'lgan ehtiyoji ta'minlanadi. Organizmning kislorodga ehtiyoji
odamning tin ch holatida kam, uxlagan vaqtida undan ham kam,
jismoniy mashq bajarganda esa ko'payib, tinch holatdagiga nisbatan
5-10 marta ortadi.
Odam turli holatda bo'lishiga qarab, nafas olish va chiqarish
harakatIari, nafasning yuzaki va chuqur bo'lishi avtomatik holda
o'zgarib turadi. Nafas harakatIarini bajaruvchi muskullar faoli¬yati
bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Bu bog'lanish nerv va
gumoral yo'l bilan boshqariladi.
Nafas olishning nerv sistemasi orqaIi boshqarilishi. Bosh miyaning
eng pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyada nafas markazi, orqa
miyaning bo'yin qismida diafragma harakatini boshqaruvchi nervlarning
markazi, orqa miyaning ko'krak qismida qovurg'alararo muskuUaming
faoliyatini boshqaruvchi nervlar markazi joylashgan.
Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har 4-5 sekund¬da
ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning bo'yin va ko'krak
qismida joylashgan diafragma va qovurg'alararo muskullar hara¬katini
boshqaruvchi nerv markazlariga ta'sir qilib, ulami qo'zg'a¬tadi.
Bu qo'zg'alish nerv tolalari orqali diafragma va qovurg'alar¬aro
muskuUarni harakatlantiradi. Natijada nafas olish va chiqarish
jarayoni avtomatik ravishda boshqariladi.
Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi bosh miya yarim
sharlari po'stlog'ida joylashgan. Bu oliy nerv markazi orqali
odam nafas olishni ma'lum vaqt davomida ixtiyoriy ravishda to'xtatib
turishi mumkin, lekin buning natijasida organizmda karbonat
angidrid ko'payib ketishi tufayli uzunchoq miyadagi nafas markazi
kuchli qo'zg'alib, avtomatiknafas olish yuzaga keladi.
Nafas olishning oliy nerv markazi odam turli holatIarda bo'lganda,
ya'ni so'zlaganda, kuylaganda, jismoniy mashq bajarganda, yurganda
nafas olish tezligini, uning yuzaki yoki chuqur bo'lishini muvozanatlashtirib
turadi. Bu markazda nafas olish shartli ret1ekslari hosil bo'
ladi. |
|
4-rasm. L.Frederik tajribasi |
|
Nafas olishning
gumoral boshqarilishi. Qon tarkibidagi kar¬bonat angidrid
miqdori nafas olishning boshqarilishida muhim rol o'ynaydi.
Qonda karbonat angidrid miqdori ko'paysa, u uzunchoq miyadagi
nafas markazini qo'zg'atadi va nafas olish tezlashadi. Agar
o`quvchilar deraza va eshiklari yopilgan sinfda uzoq vaqt o'tirsa,
sinf havosi tarkibida karbonat angidrid gazi miqdori ko'payadi.
Bunday havodan nafas olish natijasida ular qonida bu gaz miqdori
ortib ketadi va u nafas markazini kuchli qo'zg'atib, nafas olishning
tezlashuviga sabab bo'ladi. Bu hol da¬vom etaversa, o'quvchilarda
bosh aylanish, uyqu bosish, esnash, umumiy holsizlik va nafas
qisish kabi noxush belgilar yuzaga ke¬lishi mumkin. Bu holatlar
qonda va to'qimalarda karbonat angidrid ko'payishi hamda kislorod
kamayishi natijasida sodir bo'ladi.
Qonda karbonat angidrid miqdorining ko'payishi nafas mar¬kaziga
qo'zg'atuvchi sifatida ta'sir ko'rsatishini L. Frederik o'z
tajribasida aniqlagan. Buning uchun narkoz yordamida hushsiz¬lantirilgan
ikkita itning uyqu arteriyalari va bo'yinturuq venalari¬ni
kesib, bir-biriga shun day ulanadiki, bunda qon birinchi itning
tanasidan ikkinchi itning boshiga, ikkinchi itning tanasidan
birinchi itning boshiga oqib boradigan bo'lgan (4-rasm). Birinchi
itning traxeyasini barmoq bilan bosib, uning o'pkasiga havo
ki¬rishi to'xtatiladi. Shu vaqtda ikkinchi it go'yo unga
havo yetishma¬gandek tez-tez nafas ola boshlaydi, holbuki,
uning o'pkasiga havo kirishi to'silmagan. Buning sababi shundaki,
birinchi itning traxeyasi bosilib, o'pkasiga havo kirishi to'silganligi
tufayli uningqonida karbonat angidrid miqdori ko'payadi va u
ulangan qon tomiri orqali ikkinchi itning qoniga o'tib, uning
nafas markazini qo'zg'atishi nal;jasida nafas olishi tezlashadi.
Odam jismoniy mashq bajargan vaqtda uning qonida karbonat angidridning
miqdori ko'payadi va u nafas markazini qo'zg'atib, nafas olishni
tezlashtiradi. Mashqlarni bajarish tezligi qancha katta bo'lsa,
nafas olish shuncha tezlashadi. Qonda karbonat angidrid miqdori
kamayib, normaga kelishi bilan nafas olish sekinlashadi. Shunday
qilib, qon tarkibidagi karbonat angidrid miqdorining ko'payishi
yoki kamayishi gumoral yo'l bilan nafas markaziga ta'sir etib,
nafas olishning boshqarilishida ishtirok etadi.
|
Sun'iy nafas
oldirish |
Odam shikastlanganda,
suvga cho'kkanda va boshqa og'ir kasal¬liklarda miyadagi
nafas markazining ishi buzilib, nafas to'xtab qolishi mumkin.
Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun'iy nafas oldiriladi.
Sun'iy nafas oldirish ikki usulda: «og'izdan-og'izga,)
yoki (,og'izdan¬burunga» usulida amalga oshiriJadi.
Og'izdan-og'izga sun'iy nafas 01¬dirish quyidagicha bajariladi:
I. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning og'zidagi
ko'pik rezina balloncha yordamida so'rib olinadi yoki barmoqqa
bint o'rab artib olinadi (5-rasm, I). 2. Bemorning yelkasi ostiga
yupqa yostiq qo'yiladi. So'ngra yor¬dam beruvchi odam bir
qo'li bilanbemoming bo'ynini orqa tomonidan, ikkinchi qo'l bilan
boshining tepa qismidan ushlab, boshini orqa tomonga egadi.
Uning tili orqa tomonga ketib, burun-halqumini yopib qo'ymasligi
uchun u bir oz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi (5-rasm,
2).
3. Bemorning og'ziga ikki qavat bint yopiladi. Yordam beruvchi
uning yon tomonida o'tirib, bir qo'lini uning bo'ynini orqa
to¬monidan o'tkazib, ikkinchi qo'Ji bilan uning bumini qisadi.
O'zi chuqur nafas olib, labini bemor labiga qo'yib, bint orqali
uning og'ziga bor kuchi bilan puflaydi. Shundan keyin bemoming
bur¬nini qisishni to'xtatadi. Shu vaqtda bemoming ko'kragi
bir oz shishsa, puflagan havo uning o'pkasiga borgan bo'ladi.
So'ngra yor¬dam beruvchi odam o'zi yoki ikkinchi yordam
beruvchi ikki qo'li¬ning kaftini bemor ko'kragining ikki
tomoniga qo'yib bosadi. Shu vaqt uning o'pkasidagi havo tashqariga
chiqadi. So'ngra bemoming burnini yana qisib, og'zini og'ziga
qo'yib puflashni takrorlaydi. Puflash har 4-5 sekundda takrorlanadi,
ya'ni bir minutda 12¬15 marta puflanadi va ko'kragini bosib
nafas chiqariladi. Agar bemoming yuragi ishlab turgan bo'lsa,
to uning o'zi nafas ola bosWaguncha sun'iy nafas oldirish davom
ettiriladi (5-rasm, 3).
|
|
5-rasm. O`g`izdan - og`izga usulida sun`iy
nafas oldirish. |
|
Nafas olish
a'zolarining kasalliklari |
Nafas olish a'zolarining
kasalliklari ikki turga bo'linadi: 1. Nafas olish a'zoJarining
yallig'lanish kasalliklari. 2. Nafas olish a'zo¬Jarining
yuqumli kasalliklari.
Nafas olish a'zolarining yallig'lanish kasalliklari. Nafas olish
a'zolarining har bir qismi ichki yuzasini qoplab turuvchi shiIliq
parda tashqi ob-havo haroratining o'zgarishi, havo tarkibidagi
chang zarrachalari, kimyoviy moddalar ta'sirida yallig'lanishi
mumkin. Nafas olish a'zoJarining ayrim qismlari, ya'ni burun,
tomoq, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o'pkaJaming har biri alohida
yal¬Iig'lanishi yoki uJaming hammasi bir vaqtda yallig'lanishi
mumkin. Shunga ko'rn, yuzaga keJadigan kasallik belgilari turlicha
bo'ladi.
Burun ichki shiUiq pardasining yallig'lanishi (rinit) odamda
aksa urish, burundan suv oqishi, burun orqali nafas olishning
qiyinlashishi bilan namoyon bo'ladi. Bunda o'rta quloq bilan
burun¬halqum bo'sWiqlarini tutashtirib turuvchi yevstaxiy
nayining shilliq pardasi ham yallig'lanishi tufayli o'rta quloq
bo'sWig'ida havo bosimi o'zgaradi. Buning natijasida ayrim hollarda
quloqning no¬g'orasimon pardasi yallig'lanadi, taranglashib
og'riydi, ba'zan tana harorati ko'tariladi. Tomoq shilliq pardasi
yallig'langanda (jaringit) tomoqda, og'riq seziladi, ovqat yutish
qiyinlashadi. Ko'pincha tomoqdagi bodomsimon bezlar ham yallig'lanadi.
Bu kasallik angina deb ata¬ladi. Bunda bemor darmonsizlanadi,
tana harorati ko'tarilishi mumkin. O'z vaqtida davolash tadbirlari
ko'rilmasa, tomoq bez¬laridagi mikroblar limfa va qon orqali
yurak, buyrak va boshqa organlami zararlashi mumkin. Hiqildoq
shilliq pardasining yallig'lanishi (laringit) odamda quruq va
qo'pol, og'riqli yo'tal, tovushning bo'g'ilishi bilan ifodalanadi.
Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig'lanishi (traxeit
va bronxit) ko'pincha birga sodir bo'ladi. Yo'talish, yo'talgan
vaqtda to'sh suyagi orqa tomonining qirilib og'rishi, shilimshiq
balg'am ajralishi bu kasallikning asosiy belgisidir. O'pka to'qimasining
yallig'lanishi zotiljam kasalligi deb ataJa¬di. Bunda bemor
yo'taladi, nafas olishi tezlashadi, ko'krak qafasida og'riq,
darmonsizlik, tana haroratining ko:tarilishi kabi belgilar yuzaga
keladi. O'pkani tashqi tomondan o'rab turuvchi plevra pardasining
yallig'Janishi p/evrit deb ataladi. Plevrit ikki xii: quruq
va ekssudatli bo'ladi. Quruq p/evritda plevra pardalari yallig'lanishi
tufayJi ko'krak qafasida og'riq seziladi. Ekssudatli (ho 'I)
p/evritda ikki qavat pJevra pardasi orasiga suyuqlik to'planadi.
Bu suyuqlik o'pkani qisib qo'yishi tufayli bemoming nafas olishi
qiyinlashadi, uning labJari ko'karadi, umumiy holati og'irlashadi.
Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklari.
Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklaridan aholi o'rtasida
ko'p uchray¬digani gripp va o'pka silidir.
Gripp. Bu kasallikni maxsus gripp viruslari qo'zg'atadi.
Ular uch xii: (A, B, S) bo'ladi. Bulardan tashqari, adenovirus
deb ataluvchi viruslar ham grippga o'xshash kasallikni keItirib
chiqaradi.
Gripp kasalligi ko'pincha kuz va qish tasllarida tarqaladl.
Ob¬havoning sovishi odamning nafas a'zolari yallig'lanishiga
sabab bo'ladi. Yallig'langan shilliq pardalarda esa viruslarning
yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit tug'iladi. Bundan
tashqari, kuz va qish fasllarida odamlar ko'proq yopiq binolarda
bo'ladi. Bunda bitta bemordagi kasallik virusi ko'plab odamga
yuqishiga sharoit yaratiladi. Virus asosan havo-nafas yo'llari
orqali yuqadi.
Gripp kasalligi yo'talish, aksa urish, burundan suv oqishi,
holsizlik, bosh og'rishi, tana haroratining ko'tarilishi, qo'l¬oyoqlarning
qaqshab og'rishi, ishtaha pasayishi, ba'zida ko'ngil aynishi
va qusish kabi belgilari bilan xarakterlanadi.
Gripp kasalligi bilan og'rigan bemor, kasallik belgilari yuzaga
kelishi bilanoq alohida xonaga yotqizilishi kerak. U ko'chaga
chiqmasligi, hatto shifoxonaga ham bormasligi shart. Chunki
bitta bemor o'nlab va yuzlab sog'lom odamlarga kasallik yuqtirishi
mumkin. Shuning uchun shifokor uyga chaqiriladi.
Bemorni parvarish qiluvchilar og'iz-burunlariga to'rt qavatli
doka niqob tutishlari zarur. Uning idish-tovoqlari, sochiq va
boshqa buyumlari alohida bo'lishi shart. Xonaning eshik dastasiga
xloramin yoki xlorli ohakning 0,5% li eritmasiga namlangan doka
bog'lab qo'yiladi. Uning havosini tez-tez yangilab turish lozim.
O'pka sili. Sil (tuberkulyoz) yuqumli kasallik
hisoblanadi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikrobni 1882-yilda nemis
olimi Robert Kox aniqlagan, shuning uchun uning nomi bilan Kox
batsi/lasi deb ataladi. Kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob havo,
idish-tovoqlar, qaynatilmagan suv orqali yuqadi. Chunki sil
kasalligi bilan og'rigan bemorning balg'ami va tupuk tomchilaridagi
mikroblar havoga tarqalib, idish-tovoqlarni, sochiq va boshqa
buyumlarni zararlashi, ular orqali sog'lom odamlarga yuqishi
mumkin. Mikroblar kasallangan sigirning qaynatilmagan suti orqali
ham yuqishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, odam organizmiga
sil mikroblari tushganda hamma vaqt ham kasallik sodir bo'lavermaydi.
Odatda, zaiflashgan, chiniqmagan odam organizmida mikrob yashashi
va ko'payishi uchun qulay sharoit bo'ladi. Natijada bunday odam
kasallanadi.
Sil kasalligining belgilari quyidagilar: darmonsizlik, ishtaha
yo'qolishi, uxlagan vaqtda terlash, bOl-gan sari oza borish,
rangning oqarib-sarg'ayishi, bo'yin, qo'ltiq osti limfa bezlarining
mosh, no'xat hajmida kattalashib, barmoq bilan paypaslaganda
sezilishi. Bu belgilar paydo bo'lishi bilanoq kasallik aniqlanib,
unga davo qiIinmasa, asta-sekin bemor yo'talib balg'am ajrata
boshlaydi. Bu esa o'pka silining chuqurlashganini bildiradi.
O'pka siIidan tashqari, jag' osti limfa bezlari sili, ichak
va bUyrdk siIi, suyak siIi va boshqa a'zolarning sil kasalligi
bo'ladi. Sil kasalligining oldini olish uchun odam yoshlik chog'idanoq
kasallikka berilmaslik choralarini ko'rishi lozim. Shaxsiy gigiye¬na
qoidalariga. amal qilish, tartib asosida sifatli ovqatlanish,
badantarbiya, mehnat rejimiga rioya qilish zarur. Bulardan tashqari,
bolalar chaqaloqligidan bosWab to maktablli bitirgunicha ma'lum
muddatlarda silga qarshi emlanadi. Har yili bir marta tibbiy
ko'rikdan o'tib turishi lozim. Kasallikning yuqorida aytib o'tilgan
belgilari sezilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur.
|
Nafas olish
a'zolari gigiyenasi |
Nafas olish a'zolarining
normal rivojlanishi, ularni har xiI kasalliklardan muhofaza
qiIishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun avvalo har bir odam yosh¬likdan bosWab burun
orqali nafas olishga odatIanishi kerak. Chunki burun shilliq
pardasida mayda tukchalar bo'lib, ular havodagi chang zarrachalari,
mikroblar, viruslarni tutib qoladi va ichki nafas a'zolariga
o'tkazmaydi. Bundan tashqari, burun shilliq pardasi bir necha
qavatdan tuzilganligi uchun u juda katta sathga ega (2 m').
Burun shilliq qavatining bunday tuzilishi burun bo'shlig'i orqali
sovuq havo o'tayotganda uning isishiga imkon beradi. Bunday
isigan havo nafas olish a'zolarini shamollashdan saqlaydi. Shuningdek,
havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda namlanadi.
Odam yoshligidan, ayniqsa yurganda, chopganda, jismoniy mashq
bajarganda burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlanishi
kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi
qovurg'alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi,o'pkaning
tiriklik sig'imi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish,
sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish
kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga
yordam beradi.
Chekishning nafas olish a'zolariga zararli ta'siri. Chekish
eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan
ma'lum bo'lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko'proq
zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat
angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha a'zolariga,
jumladan, nafas olish a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatadi.
Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat angidrid qonning
eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya, yurak
va boshqa hayotiy muhim a'zolarning kislorod bilan ta'minlanishini
buzadi.
Tamaki tutuni tarkibida o'sma (rak) kasalligini yuzaga keltiruv¬chi
50 dan ortiq kanserogen moddalar bor. Shuning uchun chekuvchilar
orasida chekmaydiganlarga qaraganda o'pka o'smasi 20 marta ko'p
uchraydi. Chekuvchi o'z organizmini zaharlashidan tashqari,
atrofdagi odamlar sog'lig'i uchun ham katta zarar yetkazadi.
|
|
|
|