|
Hujayralarda
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar
va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga
o'tib, so'ngra o'rta, yirik vena tomirlari orqali yurakning
o'ng bo'lmasiga kelib quyiladi. Shunday qilib, yurak-qon tomir
sistemasi tananing hamma to'qima-hujayralariga oziq moddalar
va kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo'lgan qoldiq moddalami
qabul qilib, ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurakqon
tomir sistemasi tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.
Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani ba¬jaradi.
Agar yurak qisqa vaqt to'xtab qolsa, odamning hayoti ham to'xtaydi.
Yurak-qon tomir sistemasi yuqorida aytilganidek, bir necha qismlardan
iborat. Bu sistemaning faoliyatini mukammal o'rganish uchun
uning har bir qismining tuzilishi va funksiyasi bilan tanishish
maqsadga muvofiqdir. |
Yurak |
Yurakning tuzilishi
va joylashishi. Yurak qon aylanish siste¬masining markaziy
qismi bo'lib, muskullardan tashkil topgan kovak organdir. Har
bir odam yuragining hajmi mushtiga yaqin bo'ladi. Jismoniy mehnat
va sport bilan shug'ullanuvchi kishilar¬da yurakning muskullari
yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqa¬lar yuragining hajmiga
nisbatan kattaroq bo'ladi. Yurakning massasi erkaklarda 220-300
g gacha, ayollarda esa 180-220 g gacha bo'ladi.
Yurak ko'krak qafasida to'sh suyagining orqasida, ikkala o'pka¬ning
o'rtasida joylashgan bo'lib, uning ko'proq qismi ko'krak bo'sWig'ining
chap tomonida turadi. U orqa tomonidan qizilo'n¬gach va
aorta qon tomirining pastga tushuvchi qismi orqali umurtqa pog'onasidan
ajralib turadi. Pastki tomonidan esa diafragma orqali qorin
bo'shlig'idan ajralib turadi (3-rasm). Yurak devori uch qavatdan:
ichki - endokard, o'rta - muskul ya'ni miokard va tashqi - perikarddan
iborat. Tashqi pardasi
|
|
|
3-rasm. Yurakning joylashishi va tuzilishi.
I- yurakning ko'krak qafasidajoyJashishi; II- yurakning tashqi
ko'rinishi va tojsimon arteriyalari; III- yurakning ichki tuzilishi.
1- o'ng bo'lmacha; 2- o'ng qorincha; 3- chap bo'lmacha; 4-
chap qorincha; 5-6- yuqorigi va pastki kovak venalar; 7- yurakning
tojsimon venasi quyiladigan joy; 8- o'pka arteriyasi; 9- o'pka
venalari; 10- aorta; 11- perikard
qavati; 12- epikard; 13- muskul qavat; 14- endokard qavat.
|
perikard ikki
qavat bo'lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi,
u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni
o'rab turadi. lkkala qavat o'rtasidagi bo'shliqda suyuqlik bo'lib,
yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga qulaylik tug'di¬radi.
Yurak to'rt kameradan tashkil topgan: 0 'ng va chap bo'lmacha
0 'ng va chap qorincha. Bo'lmachalaming devori yupqaroq, qorin¬chalar,
ayniqsa chap qorinchaning devori qalin bo'ladi, chunki chap
qorincha aorta qon tomiriga yuqori bosim bilan qon haydab katta
qon aylanish doirasi orqali tananing hamma a'zo va to'qimalariru
arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Yurakda to'rtta klapan (qopqoq)
bo'lib, chap bo'lmacha bilan chap qorincha o'rtasida ikki tavaqali
klapan, o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha o'rtasida uch tavaqali
klapan, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o'rtasida hamda
o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida yarimoysimon
klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular
orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi, ya'ni qon bo'l¬machalardan
qorinchalarga, ulardan esa aorta va o'pka artetiyalatiga tomon
harakatlanadi.
Yurak yuqorida aytilganidek, qon aylanish sistemasining markaziy
organi bo'lib, u nasos singari qon tomirlardagi qonni to'xtovsiz
harakatlantiradi va tananing hamma organlari, to'qimalari va
hujayralarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. Uning
kameralari orqali bir minutda katta odamda 5 I qon o'tadi, lekin
bu qonning bir tomchisidan ham yurak o'z ehtiyoji uchun foydalanmaydi.
Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon
bilan ta'minlanadi. Bu tomirlar aortaning boshlang'ich qismidan
ajralib, yurak muskullari orasiga kiradi. Artetiya tomirlaridagi
qon yurak mus¬kullarini oziq moddalar va kislorod bilan
ta'minlab, vena qoniga aylanadi, ikkita yurak venasini hosil
qilib yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Katta yoshli odamda
tin ch holatda yurakning tojsimon arteriyasi orqali bir minutda
200-250 ml qon yurak muskullariga boradi. lismoniy mashq bajarganda
esa bu qonning miqdori 800-1000 ml gacha ortadi. Bir kecha¬kunduzda
tojsimon arteriyalar orqali 500 I qon yurak muskulla¬ridan
oqib o'tadi.
Yurakning ishlashi. Yurakning asosiy ishi nasos singari vena
qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga o'tkazish¬dan
iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va qorinchalari devoridagi
muskullarning titmik ravishda qisqarishi va kengayishi orqali
amalga oshadi. Bo'lmacha va qorinchalar muskullarining qisqarishi
sisfola, kengayishi diasfola deb ataladi. Yurakning b~'lmacha
va qorinchalarining bir marta qisqarib-bo'shashishi yurakning
bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi
bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi, uning har bir
qisqarib-kengayishidan bitta puls hosil bo'ladi. Shunday qilib,
yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning har
bir ish sikliga 0,8 sek. sarflanadi. lumladan yurakning ikkala
bo'lmachasi bir vaqtda 0,1 sek davomida qisqaradi, bu vaqtda
ulardagi qon qorinchalarga o'tadi. So'ngra bo'lmalar 0,7 sek
davomidabo'shashadi. Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sek davomida
qisqarib, o'ng qorinchadagi qon o'pka arteriyasiga, chap qorinchadagi
qon aortaga o'tadi. So'ngra qorinchalar bo'shashib, 0,5 sek
davomida tenizm holatida bo'ladi.
Yurakning sistolik va rninutlik hajrni. Yurak qorinchalari har
bir qisqarganida 65-70 ml qonni arteriya tomirlariga chiqaradi.
Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Tinch turgan holatda
katta odamning yuragi bir minutda 70-72 marta qisqarib-kengayadi.
Har bir qisqarganida undan chiqarilgan qon miqdori uning bir
minutda qisqarib-kengayishi soniga ko'paytirilsa, yurakning
mi¬nutlik hajmi kelib chiqadi. Masalan, bir marta qisqarganda
o'rta¬cha 70 ml qon chiqarilsa, uni bir minutdagi qisqarib-kengayish
soniga, ya'ni 70 ga ko'paytirilsa, yurakning minutlik hajmi
kelib chiqadi. U 4,9 I ga teng (70 ml X 70 marta =4,9 I). Bir
kecha¬kunduzda yurak o'rtacha 100 ming marta qisqarib-kengayadi
va 10 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Yurak ritmik ravishda
uzluksiz ish bajaradi. Uning bir kecha-kunduzda bajargan ishi
massasi 64 kg li yukni 300 m balandlikka ko'tarishga teng. Odamning
o'rtacha umr ko'rishi 70-80 yil deb olinsa, shu davr ichida
yurak aorta tomiriga chiqargan qon miqdori hisoblansa, u 5 km
uzunlikdagi kanalni to'ldirib, unda paroxod yurishi mum¬kin
bo'ladi.
Jismoniy mehnat, sport mashqlari bajarganda yurakning qisqarib-kengayish
soni mashg'ulotning sekin yoki tez bajari¬lishiga ko'ra
bir minutda lOO martadan 200 martagacha ko'payishi mumkin. Demak,
uning minutlik hajmi ham tinch holatdagiga nisbatan 1,5-3 marta
ortishi mumkin. Jismoniy mehnatda chiniqqan sportchilarda mashq
bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 65-70 ml o'rniga 100-150
ml gacha ortadi va bir minutda yurakning qisqarib-kengayish
soni 150¬200 martaga yetadi, ya'ni ulaicta yurakning minutlik
hajmi 15¬30 I gacha ortishi mumkin. Chang'i sportida 8 soat
davomida 100 km masofani o'tgan sportchining yuragi 35 t qonni
arteriya tomirlariga chiqaradi.
Yurak avtornatiyasi. Agar baqa yoki boshqa biror hayvonning
yuragini tanasidan ajratib olib, fiziologik eritmaga solib qo'yilsa,
u tanadan va nerv sistemasidan ajratilganligiga qaramay, ma'lum
vaqt davomida qisqarib-kengayib ishlab turadi. Yurakning o'z¬o'zidan
bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi deb ataladi.Odam
tanasidagi boshqa organlarning birortasi bunday xususiyatga
ega emas.
Yurak avtomatiyasini uning muskullari orasida joylashgan maxsus
nerv-muskul tuzilmalari (tugunlari) ta'minlaydi. Yurak o'ng
bo'lmachasining kovak venalari quyiladigan joydagi mus¬kullar
orasida Keys-Flyak nerv tugunchasi bo'lib, undagi qo'zg'alish
o'ng va chap bo'lmacha muskullari tolalariga tarqalib, ularni
qo'zg'atadi va qisqartiradi. So'ngra qisqarish bo'lmacha muskullaridan
o'ng bo'lmacha va o'ng qorincha o'rtasidajoylashgan Ashoff-
Tovar nerv tuguniga o'tadi, uning qo'zg'alishi Giss nerv tolasi
va Purkine tolachalari orqali o'ng va chap qorincha mus¬kullariga
tarqalib, ularni qisqartiradi.
Yurak biotoklari. Boshqa hujayra va to'qimalarda bo'lgani sin¬gari,
yurak muskullarida ham biologik tok (biotok) bo'ladi. Yurak
biotoki elektrokardiografyordamida maxsus lentaga yozib olinadi
va o'rganiladi. Lentaga yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma
(EKG) deb ataladi.
Yurakning har bir siklida, ya'ni bir marta qisqarib-kengay¬ganida
lentada elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo'ladi va
ular quyidagi harflar bilan belgilanadi: PQRST. EIektrokardiog¬rammaning
P tishi bo'lmachalar muskulining qo'zg'alishidan, qolgan QRST
tishlari qorinchalar muskulining qo'zg'alishidan hosil bo'ladi.
Elektrokardiogramma tishlarining shakli 4-rasmda tasvirlangan.
Jismoniy chiniqqan kishilarning elektrokardiogrammasida tishlar
yirikroq bo'ladi va bu yurak muskullarining qisqarish kuchini
ko'rsatadi. Aksincha, jismoniy chiniqmagan kishilarda tishlar
mayda bo'ladi. Bundan tashqari, yurak kasalliklarida ham elekt¬rokardiogramma
tishlarining hajmi, shakli va ular orasidagi masofa ka¬sallikning
turiga va yurak muskullarining qaysi qismi zararlanganligiga
qarab turlicha o'zgaradi. Agar bo'lmacha muskullari zararlangan
bo'lsa, P tish o'zgaradi, qorinchalar mus¬kuli zararlangan
bo'lsa, QRST tishlar o'zgaradi. Shunga qarab, kasallikka tashxis
qo'yiladi.
|
|
4 - rasm.
Yurakning elektrokardiogrammasi. |
|
Katta va
kichik qon aylanish doirasi |
Odam tanasida
qon juda ko'p yirik va mayda qon tomirlar bo'ylab harakatIanadi.
Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya'ni katta va kichik qon aylanish
doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi
ham yurakdan boshlanadi va yurakda tu¬gaydi (5 -rasm).
Katta qOD aylaoish doirasi. Bu qon aylanish doirasi yurak¬ning
chap qorinchasidan chiquvchi eng katta arteriya qon tomiri -
aortadan boshlanadi. Aorta oldin yuqoriga yo'naIib, ravoq hosil
qiladi, so'ngra umurtqa pog'onasi bo'ylab pastga - ko'krak va
qorin bo'shlig'i tomon yo'naIadi. Uning ravoq qismining o'ng
tomonidan nomsiz arteriya chiqib, ikkiga: o'ng umumiy uyqu arteriyasi
va o'ng o'mrov osti arteriyasiga bo'Iinadi. Aorta ravog'ining
o'rta qis¬midan chap umumiy uyqu arteriya chiqadi. Aorta
ravog'ining chap tomonidan chap o'mrov osti arteriyasi chiqadi.
O'ng va chap uyqu arteriyalarining har biri tananing bo'yin
qismida ikkiga, ya'ni tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo'linadi.
Tashqi uyqu arteriyalari bosh va yuzning terisini quloq muskul¬larini,
tilni, halqum, hiqildoq, so'lak bezlari va tanani bosh qismidagi
barcha to'qima va organlami, ichki uyqu arteriyalari esa bosh
miyani, ko'z soqqasini arterial qon bilan ta'minlaydi. O'ng
va chap o'mrov osli arteriyalarining har biri yelka va qo'ltiq
osti arteriyalariga bo'linib, bo'yin, yelka, bilak va qo'l panjasi¬ning
terisini, muskullarini, suyaklarini, shu sohadagi bo'g'im¬lami
arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortaning ko'krak qismidan qizilo'ngach, qovurg'alararo va bel
arteriyalari chiqib, ular qizilo'ngachni, ko'krak qafasi va
qorin devori to'qimalarini arterial qon bilan ta'minlaydi. Uning
qorin qismidan chiqadigan arteriya tomirlari oshqozon, ichaklami,
jigar, taloqni, buyraklar va buyrak usti bezlarini arterial
qon bilan ta'minlaydi. Aortaning qorin qismidan chiqadigan arteriyalar
to'g'ri ichak,
|
|
5-rasm. Odam tanasidagi qon
tomirlarning umumiy ko'rinishi.
1- bosh va bo'yin qon tomirlari; 2-qo'l tomir¬lari; 3- aorta;
4- o'pka venalari; 5- o'pka tomir¬lari; 6- me'da tomirlari;
7- taloq tomirlari; 8¬ ichak tomirlari; 9- oyoq tomirlari;
10- buyrak to¬mirlari; 11- jigar tomir¬lari; 12- pastki
kovak vena; 13- yurakning chap qorinchasi; 14¬yurakning o'ng
qorinchasi; 15- yurakning o'ng bo'l¬machasi; 16- yurakning
chap bo'lmachasi; 17¬o'pka arteriyasi; 18- yuqori kavak vena.
Izob: qizil rang - arteriya qoni; ko'k rang - vena qoni; to'q
qizil rang - aralash qon (ko'proq arteriya qoni). |
to'g'ri ichak,
siydik xaltasi, ayollarda bachadon hamda son, bol¬dir, oyoq,
tovon va panja terisi, muskullari, suyaklari va shu sohadagi
bo'g'imlami arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortadan chiqadigan yirik arteriya qon tomirlari o'z navbatida
o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga
bo'Iinadi. Bular organlar, to'qimalar orasiga kiradi. Kapillyarlar
odam sochidan 50 marta ingichka bo'ladi, ulami oddiy ko'z bilan
ko'rib bo'lmaydi, ya'ni faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Odam
tanasida 100-160 milliardga yagin kapillyar bor. Agar tanadagi
hamma kapillyarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 60-80
ming kilometr bo'lib, u bilan yer sharini ikki marta aylantirib
o'rash mumkin.
To'qimalardagi va hujayralardagi moddalar almashinuvi jara¬yoni
ana shu kapillyarlar orqali uzluksiz davom etib turadi, ya'ni
kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar,
gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralarda moddalar
almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat
angidrid vena kapillyar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida
bir-biriga qo'shilib, avval kichik, so'ngra o'rta va yirik vena
qon tomirlarini hosil qiladi. Bosh, bo'yin, ko'krak, qo'l kabi
organ¬laming vena tomirlari qo'shilib, yuqorigi kovak venani
hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a'zo va to'qimalaming
vena qon tomirlari bir-biriga qo'shilib, pastki kovak venani
hosil qiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng
bo'lmachasiga quyiladi. Shu bilan katta qon aylanish doirasi
tugaydi.
Qonning yurakning chap qorinchasidan chiqib, tananing bar¬cha
a 'zolaridagi arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo 'ylab
oqib, yurakning 0 'ng bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii katta
qon aylanish doirasi deb ataladi.
Shunday qilib, katta qon aylanish doirasi tananing barcha organlari,
to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar, gormon¬lar,
kislorod bilan ta'minlab, moddalar almashinuvi natijasida hosil
bo'lgan keraksiz va zaharli moddalami o'ziga qabul qilib, ularni
organizmdan chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
Kichik qoo aylaoish doirasi. Bu doira yurakning o'ng qorin¬chasidan
chiqadigan o'pka arteriyasi qon tomiridan boshlanadi. O'pka
arteriyasi ko'krak qafasida ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga
boradi. Ular o'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka
alveolalari atrofini o'rab oladi. Tashqi muhit havosi bilan
o'pka hamda qon o'rtasidagi gaz almashinuvi jarayoni shu
joyda o'tadi. Natijada vena kapillyarlaridagi qon kislorodga
to'yi¬nib, arterial qonga aylanadi, lekin u 0 'pka venasi
deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan ikkitadan) tomir orqali
yurakning chap bo'lmasiga quyiladi.
Qonning yurakning 0 'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar ka¬pillyarlar
va venalar bo 'ylab oqib (0 'pkalar orqali), yurakning chap
bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii kichik qon aylanish doirasi
deb ataladi. Shunday qilib, kichik qon aylanish doirasining
vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.
|
Limfa aylanishi |
Odam tanasida
qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo'lib,
ular bo'ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi limfa kapillyarlari,
mayda, o'rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan
iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shundaki,
limfa tomirlari a'zo va to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan
boshlanadi. Chunonchi, mayda qon tomirlari, ya'ni ka¬pillyarlardan
to'qimalarga o'tgan qonning suyuq qismi (suv va ba'zi bir erigan
moddalar)ning ortiqchasi to'qimalardan limfa kapillyarlariga
o'tadi. Limfa kapillyarlari bir-biriga qo'shilib, mayda, o'rtacha
va yirik limfa tomirlarini hosil qiladi.
Oyoqlardan, qorin bo'shlig'idagi organlardan, ko'krak, bo'yin
va boshning chap tomonidan hamda chap qo'ldan yig'ilgan limfa
tomirlari birlashib, yirik ko'krak limfa tomirini hosil qiladi
va u chap o'mrov osti vena tomiriga quyiladi. Boshning, bo'yinning,
ko'krak qafasining o'ng tomonidan va o'ng qo'ldan yig'ilgan
limfa tomirlari birlashib, yirik o'ng limfa tomirini hosil qiladi
va u o'ng o'mrov osti vena tomiriga quyiladi.
|
O'mrov osti venalari
yuqorigi kovak venaga birlashib, yurakning o'ng bo'lmasiga quyiladi.
Limfa tomirlari o'z navbatida tananing turli qismlarida joylash¬gan
limfa tugunlari orqali o'tadi. Limfa suyuqligidan mikroblar
va organizmga yot moddalar limfa tugunlarida ushlanib qoladi.
Limfa tugunlarida hosil bo'lgan limfotsitlar limfa tomirlariga
o'tadi. Limfa tugunlari deyarli hamma ichki organlaming darvoza
qismida bo'ladi. Bundan tashqari, ular boshning ensa qismida,
bo'yinda, jag' ostida, qo'ltiq ostida, qovuq sohasida va boshqa
joylarda ham bo'ladi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari
bor.Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo'lib o'rtacha
1¬2 llimfa suyuqligi bo'ladi. Bir kecha-kunduzda 1200-1500
ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vena qon tomirlariga quyiladi.
Buning o'miga to'qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo'lib
turadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda tanadagi
muskullarning ko'p harakatlanishi va kuchli qisqarishi tufayli
to'qimalardagi ortiqcha suyuqlik limfa kapillyariga o'tadi,
natijada limfa suyuqligi hosil bo'lishi ko'payadi. Aksincha,
kishi kam harakatlanganda, shuningdek, yurak, buyrak, jigar
kasalliklarida to'qimalardagi suyuqlikning limfa tomirlariga
o'tishi kamayadi va buning oqibatida tananing turli qismlarida
- oyoqlarda, qorinda, jigarda, bel-dumg'azada shish paydo bo'ladi.
Tananing yuza qismlarida joylashgan limfa tugunlari odamning
har xii ka¬salliklarida o'zgaradi va ularning o'zga¬rishi
kasallikni aniqlash uchun muhim belgi hisoblanadi. Masalan,
tomoq, tish og'riganda, ulardagi mikroblar limfa suyuqligiga
o'tib, limfa tomirlari orqali jag' osti va bo'yindagi limfa
tugunlariga borib, ularni yallig'lantiradi. Buning natijasida
bezlar kattalashadi va og'riydi. Qo'lning jarohatJanishi natijasida
yiringli yara paydo bo'lganida, undagi mikroblar limfa tomir¬lari
orqali tirsak bo'g'imi atrofidagi va qo'ltiq ostidagi limfa
tugunlariga borib, ularni yallig'lantirishi natijasida bu bezlar
kattalashadi va og'riydi. Demak, tananing turli qismlarida joylashgan
limfa tugunlari kattalashganda va og'riganda shifokorga murojaat
qilish kerak (tananing yuza qism¬laridagi limfa tugunlarining
joylashuvi 6¬rasmda tasvirlangan). Taloq. Bu ichki a'zo
bo'lib, funksiyasi jihatidan limfa sistemasiga yaqin turadi,
ya'ni taloqda limfotsitlar hosil bo'lib, ular limfa tomirlariga
chiqarib turiladi. Taloq qorin bo'shlig'i chap tomonining yuqori
qismida, ya'ni chap qovurg'alar ostida joylashgan. Uning massasi
katta odamda 140-200 g. Yuqorida aytilganidek, taloqda limfolsiilar
hosil bo'ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. LimfotsitJar
organizmga kirgan mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz)
xususiyatiga ega. Demak, taloq organizmning yuqumli kasalIiklardan
himoya qilish (immunitet) vazifasini bajarishda ishtirok etadi.
Bundan tashqari,taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda
to'planadi, ya'ni u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan
birga taloqda qonning yashash muddatini o'tagan shaklli elementlari
(eritrotsitlar va leykotsitlar) parchalanadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda taloqda lim¬fotsitlar
hosil bo'lishi ko'payadi. Demak, bunda odam organiz¬mining
yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immu¬nitet)
kuchayadi.
|
|
6-rasm. Odam tanasidagi ba 'zi limfa tugunlalining
joylashishi.
1- tirsak bo'g'imi atro¬fidagi limfa tugunlari; 2-qo'ltiqdagi
limfa tugun¬lari; 3- son-qovuq soha¬sidagi Iirnfa tugunlari;
4-bo'yinning old qismidagilimfa tugunlari. |
|
Qonning
tomirlar bo'ylab harakatlanishi |
Qonning qon tomirlar
sistemasi bo'ylab harakatlanishi ge¬modinamika qonuniyatiga
asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi
ikkita kuchga bog'liq. Ularning birinchisi qon tomirlar sistemasining
boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xii bo'lishi;
bu kuch qonning harakatlanish tez¬ligini ta'minlaydi. Ikkinchisi
tomirlardagi qarshilik kuchi, ya'ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi
va uning tomirlar devoriga ish¬qalanishidir. Bu kuch qonning
harakatlanish tezligiga qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga
muvofiq, arteriya qon tomirlari sistemasining yuqori qismida,
ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi
yuqori bo'ladi. Quyi qismida esa bosim past va qonning oqish
tezligi ham past bo'ladi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning
chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta bosim bilan aortaga
chiqariladi; ikkinchidan, tomirlar sistemasining quyi qismida
aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar
va kapillyarlarga) bo'linishi natijasida qon tomirlar devorining
umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning pasayi&higa,
~on tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab fbo'ladi,
qonning oqish tezligini sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon
tomirlari sistemasining eng tor qismi aorta hisoblanadi. Aorta
odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi bo'lsa ham, undan tarmoqlangan
arteriya tomirlari kengligining umumiy yig'indisi aorta kengligidan
bir necha marta ko'pdir. Tanadagi barcha 150 mlrd. kapillyar
aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo'ladi va ularning
umumiy kengligi aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir.
Shuning uchun aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillyarlardagiga
nisbatan yuqori bo'ladi. Qon oqishining o'rtacha chiziqli tezligi
aortada 40 smjsek, arteriyalarda 40-10 smjsek; arteriolalarda
- 10-0,1 smjsek, kapillyarlarda - 0, I smjsek, venalarda - 0,3-0,5
smjsek ga teng. Tinch holatda katta odam tanasi bo'ylab qon
bir mart a aylanib chiqishi uchun 25-30 sek. vaqt ketadi. Jismoniy
mehnat va sport bilan shug'ullanganda yurakning qisqarish soni
ko'payadi, qon oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib
chiqishiga sarf lanadigan vaqt qisqaradi. Tananing pastki qismlaridagi
vena qon tomirlarida bosim 5¬9 mm simob ustuni atrofida
bo'lib, ularda qonning oqish tezligi sekundiga 6-14 srn ga yetadi.
Vena tomirlarining yurakka yaqinlashgan qismida esa bosim tobora
pasayib, yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmasiga
quyilishi qismida nolga yaqin bo'ladi. Vena tomirlarining quyi
qismida yuqori qismiga nisbatan bosimning baland bo'lishi qonning
to'qimalardan yurakka tomon oqishiga imkon beradi. Muskullar
qisqarganda, nafas olganda ko'krak qafasi kengayib, uning nasos
sifatida so'rish kuchining ortishi vena tomirlaridagi qonning
ko'krak qafasi, ya'ni yurakka tomon oqishini ta'minlaydi.
Tomir urishi (puls). Qon tomirlari devorining
ritmik ravishda to'lqinlanib turishi tomir urishi, ya'ni puls
deb ataladi. Arteriya qon tomirlari devorining to'lqinlanishi
arterial puls, vena qon tomirlari devorining to'lqinlanishi
vena pulsi deb ataladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi
qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa arteriya tomirlariga
yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida ular devorining
tebranishidan hasil bo'ladi. Yurak minutiga necha marta qisqarsa,
arterial pulsining soni ham shuncha bo'ladi. Tinch holatda katta
odam pulsining soni bir minutda 70-72 marta bo'lad' Bolalarda
yurakning qisqarishiva pulsning soni kattalarnikiga nis atan
ko'proq bo'ladi. Bir yoshlik bolada puls soni minutiga 110 ta,
5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80 ta, 16 yoshda kattalarnikiga tenglashadi.
puls tana yuzasida joylashgan arteriya tomirlarida sanaladi.
Odatda, puls bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, ya'ni
kaft usti sohasidagi tomirda sanaladi. Bundan tashqari, tananing
boshqa sohalaridagi arteriya tomirlarida ham pulsni sanash mumkin
(7-rasm).
|
|
7.rasm. A- odam tanasidagi yuzaroq
joylashgan tomirliar; B- pulsni sanash. |
Pulsni sanash
yurak va qon tomirlar sistemasining ish faoliyatini aniqlashda
muhim ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, tinch holatda pulsning
soni minutiga 70-72 marta bo 'ladi. Odam hayajonlanganda, tik
turganda, yurganda, jismoniy ish va sport bilan shug'ullanganda
puls soni ko'payadi. Masalan, juda tez yugurganda puls soni
minutiga 180-200 marlagacha ko'payishi mum¬
kin Bundan tashqari, tan a haroratining normaga nisbatan har
bir dar ja ko'tarilishida puls soni 8-10 taga ko'payadi. A~miqsa,
yurak kasalliklarida puls juda tezlashadi, yuragi ojiz ki shilar
ozroq harakat qilsa ham, ya'ni tezroq yursa yoki chopsa, pulsi
juda tezlashib, yuragi o'ynab, nafas olishi qiyinlashadi. Shuning
uchun bunday kishilar jismoniy mashg'ulotlardan ozod qilinadi.
Qon bosimi.Qon bosimi qonning tomirlar devnriga
ko'rsat¬gan bosim kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ham
pulsga o'xshab ikki xii bo'ladi: arterial va vena bosimi. Odatda,
yumk-qon tomir sistemasining ish faoliyati asosan arterial bosimni
o'1chash yo'li bilan aniqlanadi. Arterial bosim ikki xii: maksimal
va minimal bu'ladi. Maksimal bosim yurakning chap qorinchasi
qisqarganda qonning aortaga va boshqa arteriya tomirlariga yuqori
bosim bilan chiqarilishi natijasida hosil bo'ladi. Maksimal
bosim yurak qorinchasi qisqargan (sistola) vaqtda hosil bo'lganligi
uchutl sistolik bosimdeb ham ataladi. Minimal bosim yurakning
chap qorinchasi kengaygan vaqtda aorta va boshqa arteriya tomirlarida
bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi. Minimal bosim
yurak qorinchasi kengaygan (diastola) vaqtda yuzaga kelganligi
uchun diastolik bosim deb ham ataladi.
Katta yoshli sog'lom odamda tinch holatda maksimal arterial
bosim 110-120 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm si mob ustuniga
reng. Arterial bqsim Riva-Rochchi sfigmomonometri yoki tonometr
asboblari yordamida, N. S. Korotkov usulida yelka ar¬teriyasida,o'lchanadi.
Buning uchun asbobning rezinali manjeti
I
bilakning ,tirsak bo'g'imidan yuqori qismiga o'raladi. So'ngra
as¬
bobning rezina ballonchasini qisish yo'li bilan manjet ichiga
havo yuboriladi'. Manjet havo bilan shishgan sari, u bilak arteriyasini
qisadi va q::mning pastga tomon oqishi to'xtaydi. Shtativdagi
simob ustuni esa ko'tarilib, 200 mm ga yetkaziladi. Shunda bilak
arteriya¬sida puIs s!~zilmay qoladi. Shu payt fonendoskop
asbobining bir uchini q11loqqa o'rnatib, ikkinchi uchini tirsak
bo'g'imining chuqurchasiga, ya'ni bilak arteriyasi ustiga qo'yilganda
hech narsa eshitilmaydi. Shundan \so'ng asbob ballonchasidagi
vintni ozroq bO'sha\tib manjetdan havo sekin-asta chiqariladi
va fonendoskop orqali bilak arteriyasi eshitib turiladi. Bu
arteriyada yurakning qisqarish tovushi eshitilishi bilanoq shtativning
simob ustun;3a
qaraJadi. U~ling kO'rsatg,tn raqami maksimal arterial bosim
bo'ladi. Arteriyani eshitish davom ettiriladi va unda yurak
qisqarishi tovushining; yo'qolishi bilanoq simob ustuniga qaraladi,
uning ko'rsatgan raqami minimal arterial bo~im bo'ladi. Odamda
arterial qon bosimining' normaga nisbatan ortishi gipertoniya,
pasayishi gipotoniy'a deb ataladi, ya'ni maksimal bosim 125-130
mm dan ko'tarilsa va minimal bosim 85 mm dan oshsagipertoi,iya
deb ataladi. Maksimal bosim 110 mm dan va minimal bosim 70 mm
dan pasaysa gipotoniya deb ataladi. Agar odam hayajonlansa,
achchiqlansa, qo'rqsa arterial bosimi vaqtincha ort2ldi, jismoniy
ish, sport mashg'ulotlari vaqtida, ayniqsa tez yugurganGla maksimal
arterial bosim 150-200 mm gacha ko'ta¬riladi, minim!al arterial
bosim esa 40-20 mm gacha, ba'zan 0 gacha pasayadi. Bu sog'lom
odamda normal holat bo'lib, 3-5 minut dam olgandari keyin yana
normaga qaytadi. Lekin yuragining ish faoliyati kuchi;izlangan
odam yuqoridagi kabi jismoniy harakat¬larni bajargan:da,
arterial bosimning o'zgarisl 5-10 minutda normaga qaytmaydi
va yuragi tez urishi, nafas qisishi, rangining oqarishi kabi
noxush belgilar yuzaga keladi. |
Yurak va
qon tomirlar faoliyatining nerv-gumoral boshqarilishi |
Yurak va qon tomirlar
faoliyati nerv-gumoral yo'l bilan, uning ishi esa simpatik va
parasimpatik (adashgan) nervlar orqali boshqariladi. Simpatik
nerv yurak faoliyatini kuchaytiradi, para¬simpatik nerv,
aksincha, yurak qisqarishini sekinlashtiradi. Shunday qilib,
bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi.
Qon tomirlarining devori ham parasimpatik va simpatik nerv tolalari
bilan ta'minlangan. Ayniqsa, aorta ravog'ida, uyqu va o'mrov
osti arteriyalarining devorida nerv tolalari juda ko'p bo'ladi.
Yurax va qon tomir sistemasining ish faoliyati uzunchoq va orqa
miyada joylashgan simpatik va parasimpatik nervlarning markazlaridan
tashqari, bosh miya yarim sharlari orasida joylash¬gan gi
potalamus va bosh miya yarim sharlarining po' stloq qis¬midagi
oliy nerv markazlari orqali ham reflektor yo'l bilan boshqariladi.
Odam tanasining barcha to'qima va organlarida tashqi muhit ta'sirini
qabul qiluvchi sezuvchi nerv uchlari - retseptorlar bo'ladi.
Ularning qo'zg'alishi miyadagi mazkur to'qima va organning ishini
boshqaruvchi nerv markazlariga o'tkazilishi bilan birga yurak
va qon tomirlar ish faoliyatini boshqaruvchi nerv markazlariga
ham tarqalib, yurak ishining reflektor yo'l bilan boshqarilishiga
ta'sir ko'rsatadi. Masalan, tashqi muhitning yuqori harorati
ta'sirida teridagi retseptorlarning qo'zg'alishi simpatik nerv
markazini qo'zg'atadi va yurak ishi tezlashadi. Aksincha, odam
sovqotganda, sovuq suvda cho'milganda parasimpatik nervning
markazi qo'zg'aladi va yurak ishi sekinlashadi. Odam hayajonlanganda,
quvonganda, achchiqlanganda, uyal¬ganda va shunga o'xshash
ruhiy holatlarda yurak ishi tezlashadi. Bu esa yurak ishi bosh
miya yarim sharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlari,
ya'ni oliy nerv faoliyati orqali boshqarilishini ko'r¬satadi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yo'l bilan ham bosh¬qariladi.
Buyrak usti bezining miya qismida ishlab chiqariladiganadrenalin
gormoni, xuddi simpatik nervga o'xshab, yurak ishini tezlashtiradi
va qisqarish kuchini oshiradi. Bu gormon qon tomirlatini toraytiradi
va arterial bosimni oshiradi. Gi pofiz bezi¬ning orqa bo'lagidan
isWanib chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarini toraytirib,
bosimni oshiradi.
|
Tashqi muhit
omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri |
Odam organizmi
o'zi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob-havo sharoitiga
moslashadi. Ob-havoning inson salomatligi¬ga, uning mehnat
qobiliyatiga va ruhi-kayfiyatiga ta'siri qadim¬dan ma'lum.
Odam kuchsizlanganda ba'zi surunkali kasalliklar bilan og'riganda
uning organizmi ob-havoning o'zgarishiga juda sezgir bo'lib
qoladi, uning organizmi go'yo barometr singari ob-havo bir oz
o'zgarsa ham ta'sirlanadi: ba'zi odamlarning boshi aylanadi
va og'riydi, boshqalarning bo'g'imlari og'riydi, ayrimlari yuragida
sanchish va g'ijimlab og'rishni sezadi, eski bitib ket¬gan
jarohatlar o'rnida ham og'riq paydo bo'ladi.
Odam salomatligining ma'lum darajada ob-havoga bog'liqligi¬ni
olimlar ko'pdan beri o'rganmoqdalar. Keyingi yillarda bu masalaga
e'tibor ancha kuchaydi. Bu odamdagi kasalliklarni iqlim omillari
yordamida davolash va oldini olish bilan shug'ullanadi¬gan
tibbiyot klimatologiyasi fanining rivojlanishiga sabab bo'ldi.
Buning natijasida ob-havo sharoiti qulay bo'lgan joylarda dam
olish zonalari, yoshlar oromgohlari, dam olish uylari va sanatoriylar
tashkil etish masalalari keng ko'lamda kun tartibiga qo'yilmoqda.
Respublika miqyosida ob-havoning har xii o'zgarishlari ba'zi
kasalliklar bilan og'rigan kishilarga qanday ta'sir etishi aniqla¬nadigan
meteoprofilaktika markazlari tashkil etilgan. Ob-havoning noqulay
o'zgarishlari ayniqsa yurak va qon to¬mir kasalliklari bilan
og'rigan odamlarga ko'proq ta' sir etadi.Dengiz sathida odam
tanasiga 1,033 kg srn' bosim ta'sir qiladi. Bunda o'rta bo'yli
odam tanasini taxminan I t massadagi havo bosib turadi. Ammo
odamga sezilmaydi, chunki gavdaning ichki bosimi tashqi muhit
havosining bosimiga qarshi ta' sir ko'rsatadi. Sog'lom odam
organizmining ichki bosimi bilan tashqi muhit havosining bosimi
o'rtasida normal muvozanat bo'ladi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhithavosining bosimi va odam
gavdasining ichki bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida farq paydo
bo'ladi. Bunday vaqtda ayniqsa, gipertoniya, revmatizm va yurakning
boshqa kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bosh og'rig'i,
bo'g'imlarda, yurakda og'riq seziladi. Arterial qon bosi¬mi
ko'tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko'tarilgan keksa odamlarda
miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyi¬lishi
mumkin. Buning natijasida qo'l-oyoqlar shol bo'lib qolishi,
odam gapirish qobiliyatini yo'qotishi mumkin.
Balandlikka ko'tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqt¬da
odam gavdasining ichki bo'sWiqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning
uchun baland tog'larga chiqqanda chiniqmagan odamlarda (,tog'
kasalligi» deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu kasallik
quyi¬dagi belgilar bilan xarakterlanadi. Odamning boshi
aylanadi va og'riydi, ko'ngli ayniydi, yuragi tez uradi, tana
harorati ko'tari¬ladi. Ayrim hollarda burundan, o'pkadan,
oshqozon va ichaklar¬dan qon kelishi mumkin. Radikulit va
revmatizm kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bel va quymich
sohalarida, bo'g'imlarda og'riq paydo bo'ladi, quloq shang'illaydi
va og'riydi.
Tashqi muhit harorati odam organizmiga doimiy ravishda ta'¬sir
ko'rsatib turadi. Odam o'zi yashaydigan ob-havo sharoiti haro¬ratiga
moslashadi. Buning natijasida uning organizmi xuddi rele o'rnatilgan
termostatga o'xshab ishlaydi. Organizmda moddalar almashinuvi
natijasida hosil bo'ladigan energiyaning tashqariga ajratiladigan
qismining miqdori tashqi muhit haroratiga qarab o'zgaradi. Shu
bilan issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi
ta'minlanadi. Organizmning bu xususiyati bosh miyaning gi potalamus
sohasidagi nerv markazlari tomonidan boshqariladi.
Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari kengayadi. Qon tananing
yuza qismidagi tomirlarda va to'qimalarda to'planib, organizmdan
tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko'payadi. Bu issiqlikning
nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug'lanishi
orqali amalga oshadi. Ammo tashqi muhit haroratining ko'tarilishi
bilan bir vaqtda havoning namligi ortsa ter bezlaridan ajraladigan
terning bug'lanishi qiyinlashadi va organizmdan issiqlik ajralishi
kamayadi. Natijada issiq urish holati ro'y beradi. Bunday vaqtda
odamning yurak urishi va pulsi tezlashadi, u holsizlanib o'zini
yomon his etadi, boshi aylanadi va og'riydi, ba'zan qayt qiladi,
tana harorati ko'tariladi. Ayrim hollarda odam hushidan ketadi.
Keksa odamJarda miya qon tomirlari yorilishi mumkin.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari tora¬yadi
va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday
vaqtda odamning terisi, ayniqsa yuzlari oqaradi, bir oz qaltiraydi
va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining doimiy¬ligi
saqlanib qoladi. Ammo yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari
bilan og'rigan odamlar uchun sovqotish ancha xavt1i. Chunki
sovuq sharoitda tanada qon aylanishini ta'minlash uchun yurak
normaga nisbatan ko'p ish bajarishga majbur bo'ladi va u zo'riqadi.
Havoning namligi odam organizmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Odamning yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va
harorati ma'lum bir muvozanatda bo'lishi muhim ahamiyatga ega.
Havoning nisbiy namligi 40-60%, harorati + l8x20° bo'lishi
odam organizmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Havo quruq bo'lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun
qon bosimi oshgan odamlar bunday sharoitda o'zini yomon his
qiladi. Havo namligi ortganda revmatizm kasalligi xuruj qiladi,
kasal odamning bo'g'imlari, boshi og'riydi, uyqu bosadi, kayfiyati
pasayadi, oyoq-qo'lIarida og'riq paydo bo'ladi, yurak urishi
tez¬lashadi.
Shamol ham kuchsiz va kuchli bo'lishiga ko'ra, odam orga¬nizmiga
.turlicha ta'sir ko'rsatadi. Yoz faslida esadigan kuchsiz shabada
odamga yoqimli ta'sir etsa, qattiq shamol salbiy ta'sir qiladi.
Ayniqsa, yurak-qon tomirlari kasallangan od am qattiq shamol
vaqtida o'zini yomon his etadi, darmoni quriydi, kayfiyati pasayadi,
arterial qon bosimi ko'tarilishi natijasida boshi og'riydi,
yurak urishi tezlashadi, nafasi qisadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining oldini
olish xalqimiz sog'lig'ini mustahkamlashda, ish qobiliyatini
yaxshilashda, o'rtacha umr ko'rishni uzaytirishda katta ahamiyatga
ega. Chunki odamning ish qobiliyati pasayib, nogironlikka o'tib
qolishining, umriqisqarishining sabablari ichida yurak va qon
tomir kasa.lliklari birinchi o'rinda turadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining ko'p uchraydigan tur¬lariga
ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog' va
tuz moddalari to'planishi oqibatida tomirlar qattiqJ;ashib,
mo'rtlashib va torayib qolishi), gipertoniya (arterial qon bosimi¬ning
ko'tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullari¬da
qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo'ladi), miokard
infarkti (qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining
ma'¬lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi)
knbilar kiradi. Bulardan tashqari, yoshlarda, ayniqsa maktab
yoshidagi bolalarda ko'p uchraydigan angina, surunkali tonzilit
(bodomcha bezlarining yallig'lanishi) va bular oqibatida kelib
chiqadigan yurakning yallig'lanish kasalliklari tufayli od am
yoshlik ch,:~g' i¬danoq ish qobiliyatini yo'qotib, o'zi
xohlagan kasbni egallay olmasligi mumkin.
Yuqorida aytib o'tilgan yurak-qon tomir kasalliklarini yuzaga
keltiruvchi sabablar turli-tuman bo'lib, ularning eng asosijllari
quyidagilardir:
- kun tartibiga organizmning chiniqishiga qaratilgan jismoniy
mashqlarga e'tibor bermaslik, ularni bajarmaslik, kam harakat
qilish (gipodinamiya). Buning natijasidayurak faoliyati asta¬sekin
kuchsizlanadi, uning har xii kasalliklarga beriluvchanigi ortadi;
- ovqatlanish qoidalariga amal qilmaslik, ayniqsa, mol yog'i
va tuzni ko'p iste'mol qilish (bir kecha-kunduzda iste'mol qiJ::l¬digan
tuzning miqdori 5 g dan, mol yog'i 30 g dan oshmaslilsi kerak).
Yog'li ovqatlar, uglevodlarga boy taomlar (shirinliklair, oq
non, xamirli ovqatlar)ni ko'p iste'mol qilishdan semirish ,Ja
buning oqibatida yurak muskullari orasida yog' to'planishi tufayli
yurak faoliyati zaiflashadi; - burun, tomoq, nafas yo'llarining
shamollashi, angina, su.. runkali tonzillit, tish kasalliklarini
o'z vaqtida davolatmaslil: kabilar yurak-qon tomir xastaliklari
yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Yurak-qon tomir kasalliklarining
oldini olishda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etish,
organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam
shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. Yurak-qon tomir sistemasini
chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg'ulotlari bo'lgan yurish
va yugurish, nafas olishni yax¬shilaydigan gimnastika mashg'ulotJarini
bajarish muhim ahamiyatga ega. Har bir maktab o'quvchisi har
kuni o'rtacha 20-25 ming qadam (12-15 km) yurishi yoki yugurishi,
katta odamlar esa kamida 10-12 ming qadam (8-10 km) yurishi
yoki yugurishi kun tartibiga kiritilmog'i lozim. Jismonan chiniqqan
odamning yurag.i anatomik va fiziologik jihatdan bir qator ijobiy
xususiyatlarga ega bo'ladi. Xususan, yurak muskullarida qon
aylanishining kuchayishi, ularning oziq moddalar va kislorod
bilan ta'minlanishining yaxshilanishi natijasida muskul tolalari
yo'g'onlashadi, yural, devori qalinlashadi, uning klapanlari
mustahkamlanadi va hajm i kattalashadi. Bu o'zgarisWar natijasida
yurakning qisqarish kucbi ortadi, uning ish qobiliyati yaxshilanadi.
Bunday odamlar jisffioniy mashq bajarganda yuragining sistolik
hajmi (yurak bir marta qisqarganda aortaga chiqaradigan qonning
miqdori) 120¬140 ml gacha ko'payadi (tin ch holatda 65-70
ml bo'ladi). Yurak¬ning minutlik hajmi 25-30 1 gacha ko'payadi
(tinch holatda 5 I). Yurakning qisqarish tezligi (puis soni)
150-200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yurak ishining
kuchayishi, undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdorining
ortishi, organizmda qon aylanishining tezlashuvi barcha to'qimalar
hamda Yurak muskullarini oziq moddalar, gormonlar, vitaminlar,
kislorod biJan ta'minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta'kidlash
kerakki, yurak-qon tomir sistemasini jismo¬niy mashqlar
bilan shug'ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi kerak.
Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar h~'ljmi kam bo'lib,
asta-sekin ko'paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqning
hajmi, ya'ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat
tezligi uning yoshini, jismoniy ri,vojlanish darajasini, sog'lig'ini
e'tiborga olgan holda belgilani¬shi kerak. |
|
|
|